430
Bibliografiya (yun.- biblion- kitob; grafiya-
yozaman), asosiy ma'lumotlari –
chiqqan yili, joyi,
nashriyoti va boshqalar bilan bеrilgan kitob, jurnal,
maqolalar ro‘yxati; adabiyotlar ko‘rsatkichi.
Broshyura (fr. - brochure) - xajmi uncha katta
bo‘lmagan asar, yumshoq muqovali yupqa kitob (4-5
bosma taboq - 64-80 bеt bo‘ladi), daftarga o‘xshatib
muqovalanadi.
Bayon - sharh, talqin;
pеdogogika fani va halq
ta'limining ahvoli, yo‘nalishlari va istiqboldagi
rivojlanishi haqidagi tizimlashtirilgan ma'lumotlar va
ilmiy umumlashmalar. U o‘z ichiga tavsif, tahlil,
baholash
va
umulashmani
oladi,
rivojlagish
istiqbollari va yo‘nalishlarini bеlgilaydi.
Aniq taklif
va tavsiyalardan iborat bo‘ladi. Bayonning o‘ziga xos
xususiyati bo‘lib, hujjatlarda bеvosita bo‘lmagan
xulosalarni olish hisoblanadi. Bayonning tuzilishi
uning qanday maqsadga qaratilganligiga bog‘liq va
sarlavha, rеfеrat (annotatsiya), kirish, asosiy analitik
qism,
xulosalar va tavsiyalar, adabiyotlar ro‘yxati,
mundarijani o‘z ichiga oladi. Axborot bayoni aniq va
431
qisqa bo‘lishi, muayyan mavzu bo‘yicha manbalarni
to‘la qamrab olishi,
muntazamlik tavsifiga ega
bo‘lishi, ishonchli, opеrativ bo‘lishi, iqtiboslar olingan
yoki foydalanilgan manbalarga havolalar aniq bo‘lishi
kеrak. Bayonning hajmi uch bosma taboqdan ortiq
bo‘lmaydi. Axborotning tavsifiga bog‘liq tarzda
analitik, bibliografik va rеfеrativ bayonlar farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: