Adabiy talimda ibroyim yusupov hayoti va ijodini òrgatish reja: Kirish


Ibroyim Yusupov Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi


Download 28.23 Kb.
bet3/7
Sana27.03.2023
Hajmi28.23 Kb.
#1299555
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Adabiy talimda ibroyim yusupov hayoti va ijodini rgatish reja

Ibroyim Yusupov Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi
Ibroyim Yusupov Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi uning o‘zbek tilida “Buloqlar qaynaydi” (1960), “Oltin qirg‘oq” (1962), “Sahro orzulari” (1967), “Cho‘l to‘rg‘ayi” (1972), “Rahmat senga, zamonim” (1979), “Qoratol” (1988), “Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting” (2009) kabi she’riy to‘plamlari chop etilgan bo‘lsa, rus tilida “Pesni gornogo ruchya” (1960), “Meridian? serdsa” (1966), “Glaza yashirits?” (1973), “Stixi” (1976), “Zvon stremeni” (1981), “Stremlyus vsey dushoy” (1986), to‘plamlari qirg‘iz va turkman tillarida bir qator kitoblari nashr qilindi. Uning she’rlari qozoq, ukrain, belorus, gruzin, latish, bolgar va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan.
Unga Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Berdaq nomidagi davlat mukofotiga loyiq ko‘rildi. U uzoq yillar mobaynida O‘zbekis-ton hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlislariga deputatlikka saylandi. Shoir O‘zbekiston Respublikasining “El-yurt hurmati”, “Do‘stlik” ordenlari, bir qator hukumat faxriy yorliqlari va medallari bilan mukofotlandi. Unga 2004 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvoni berildi. 

AYT SEN AJINIYOZNING QO‘SHIQLARIDAN

Ayt sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan,
Yig‘lasin yor ishqi bag‘rin teshganlar,
Bo‘zlasin yurtidan ayri tushganlar,
Ayt sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan.

Sozin sabo yodlab, so‘zin yel bilgan.


Bir shoir dunyoga keldiyu ketdi,
Majnuntol ortidan oyga termulgan,
Bir dilbar tushimga kirdiyu ketdi.

Qo‘shiq daryo-daryo nur bo‘lib oqsin,


Sevgisiz qalblarga ishq o‘tin yoqsin,
Qiz yigitga jilva-noz bilan boqsin,
Ayt sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan.

Ayt sen “Bo‘zatov”ni nag‘maga solib,


Dili yonmaganning bag‘ri tosh bo‘lsin,
Qoraqalpoqning ko‘hna dardi qo‘zg‘alib,
Bu kunga boqqani sari mast bo‘lsin. 

Shoir kezgan cho‘lda bo‘stonlar qator,


Bekor bo‘lib ketdi zamon nobakor,
Bir ilhom parisin ko‘rdim ishvakor,
Ayt sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan.

Men uni tinglasam qolmay toqatim,


Ko‘nglimda sayragan mastona bulbul.
Men uni tinglasam tuqqan elatim,
Yer jannati bo‘lib ko‘ringay butkul.

Yulduzlarni yerga qaratmoq bo‘lsang,


Yomon shoirlarni uyaltmoq bo‘lsang,
Agar men o‘lganda tiriltmoq bo‘lsang,
Ayt sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan.


Download 28.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling