Adabiy tilning og’zaki va yozma shakli
Download 32.48 Kb.
|
referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- .Orfoepiya haqida umumiy ma`lumot .
Shakliy yoki etimologik yozuv. Bu tamoyilga asosan, so`zlar yoki grammatik shakllar qaysi xalqning tilidan va yozuvidan olingan bo`lsa, o`sha shaklni saqlab qolish tushuniladi. Masalan, an`ana, she`r kabi arabcha, student, rejisyor kabi baynalminal so`zlar manba tilda aslida qaysi shaklda yozilgan bo`lsa, o`zbek tilida ham o`sha shaklda yoziladi.
Farqlash (differentsialash ) yozuvi.Bu tamoyilga ko`ra, shaklan yaqin yoki o`xshash bo`lgan so`zlar yozuvda ma`lum sharflar kiritish orqali farqlab yoziladi. Masalan, asr-asir, afzal-abzal, asl-asil, she`r-sher, qad-qat, nasha- nash`a kabi va boshqalar. O`zbek tilining asosiy imlo qoidalarining tasdiqlash to`g risida 1995 yil 24 avgustda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori e`lon qilindi. Shu asosda professor Sh. Rahmatullayev tomonidan “O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari” nashrga tayorlandi (Toshkent, “O`qituvchi” nashriyoti, 1995 yil) U bilan alohida tanishib chiqish tavsiya e`tiladi 41s.Orfoepiya haqida umumiy ma`lumot .Orfoepiya -grek. “orfos”, “to`g`ri”epos “nutq” tushunchalarini bildiradi.Adabiy tilning to`g`ri talaffuz qilish qoidalari haqidagi qoidalar orfoepiya deyiladi. U milliy til (masalan, o`zbek milliy adabiy tili) doirasida yagona hamma uchun umumiy bo`lgan talaffuz me`zonlarini belgilab beradi. Adabiy til uchun to`g`ri yozish (orfografiya qanchalik muhim bo`lsa, to`g`ri talaffuz qilish ham shunchalik zarurdir. Chunki adabiy tilning mavjud bo`lishi uchun uning ham yozuv shakli ham og`zaki shakli bo`lishi shart va bularning birortasi bo`lmasa adabiy til mezonlari bo`lmaydi. So`zlarni to`g`ri talaffuz qilish u qaysi sheva shakilida bo`lishidan qat`iy nazar, radio,televedeniye, anjumanlar turli yig`imlardagi ma`ruzachilar uchun asosiy mezon bo`lishi shart. Ma`lumki, o`zbek tili xilma-xil shevalarga boy til va uchta dialektni: 1) qorluq, 2) qipchoq, 3) o`g`iz o`z ichiga oladi.Ularning har-qaysisida yozlab shevalar mavjud, ular ayrim fonetik, leksik, morfologik belgilari bilan o`zaro o`xshash va noo`xshash xususiyatlarga ega. Demak, ulardagi barcha noo`xshash belgilarrni adabiy til uchun me`zon qilib olib bo`lmaydi. Shuning uchun adabiy tilning talaffuz me`zonlari shu tilning tovush tizimi asosida yaratiladi.Tildagi tovush o`zgarishlari bilan yuzaga keladigan hodisalar ma`lum bir tartibga keltiriladi. Hozirgi o`zbek adabiy tilining asosiy orfoepik (to`g`ri talaffuz)me`zonlari quyidagilardan iborat. Download 32.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling