Adabiyod tanqid va adabiyodshinoslik
Ko’zing ne balo qaro bo’lubdur
Download 114.25 Kb.
|
ADABIYOD TANQID VA ADABIYODSHINOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. G’arb mumtoz adabiyotida adabiy-tanqidiy qarashlar taraqqiyoti
Ko’zing ne balo qaro bo’lubdur,
Kim jong’a qaro balo bo’lubdur. Zulqofiyatayndur va qofiyalari tardiakskim, javob aytmoq bu faqir qoshida maholatdindur (qiyindir, mushkuldir-H.U). Agarchi aning tiliga bu nav’ abyot ko’p o’tar erdi, ammo hargiz parvo qilib bir yerda bitimas erdi. Bu matlain faqir tugatib, aning yodgori devonda bitibman”. 7. XIX asrda O’rta Osiyoni Rossiya bosib olgach, gazeta va jurnallar nashr etila boshlandi. Vaqtli matbuotda – “Turkiston viloyatining gazeti”, “Sadoyi Farg’ona”, “Al Isloh”, “Oyna” kabi gazeta va oynomalarda adabiyotga doir maqolalar bosildi, bahs va munozaralar uyushtirildi. Xullas, adabiyotshunoslik va adabiy-tanqidiy qarashlarni ifodalovchi bu shakllar (ularning hammasini qayd qildik, degan xulosadan yiroqmiz) davr taqozasiga ko’ra rivojlanib, o’zgarib bordi, ayni paytda, badiiy adabiyotning kamolot sayin rivojiga hamkor bo’ldi. II. G’arb mumtoz adabiyotida adabiy-tanqidiy qarashlar taraqqiyoti G’arbda adabiyot haqidagi ilmiy ma’lumotlar falsafa fani doirasida maydonga keldi. Eramizdan oldingi IV asrda yashagan Aristotel (384-322) “Poetika” va “Ritorika” nomli asarlarida Gomer, Sofokl, Evripid, Aristofan kabi san’atkorlarning asarlarini tahlil etdi. Uning “Poetika” asari birinchi adabiyot nazariyasi kitobi sanaladi. Unda poeziya san’ati xususiyatlari-tasvirlash predmetining xilma-xilligi, aks ettirishning turli usullari, tragediya, komediya, dramaning mohiyati, ularning eposdan farqi, badiiy xarakter, til va fikr, turlar kabi nazariy muammolar izchil tekshiriladi. Ko’pgina masalalar haqqoniy tarzda tahlil qilinadi. Birgina isbotni ko’raylik, u yozadi: “Tarixchi va shoir shu bilan tafovutlanadiki, ularning biri haqiqatan bo’lgan, ikkinchisi esa bo’lishi mumkin bo’lgan voqea haqida so’zlaydi. Shuning uchun poeziya tarixga qaraganda falsafiyroq va jiddiyroqdir: poeziya ko’proq umumiy, tarix esa alohida voqealarni tasvirlaydi”.1 Uning adabiyot haqida ishlab chiqilgan dastlabki qoidalari yetuk ta’limot sifatida XVIII asrning oxirigacha estetik tushunchalarga nazariy asos bo’lib xizmat qildi. G’arbda Uyg’onish adabiyotshunosligiga Italiya gumanistlari Franchesko Petrarka, Jovani Bokkacho (XV) asos soldilar. Ular qatorida Aligyeri Dante, Erazm Rotterdamskiy kabi ijodkorlar badiiy adabiyotni real hayotni o’rganish bilan bog’liqlikda olib borishga intildilar. XVII asrga kelib klassisizm qodialari ishlana boshlandi. Fransuz adibi Nikola Bualo “Poeziya san’ati” (1674) nomli asarida klassisizmning makon, zamon va harakat birligi nazariyasiga asos soldi; tabiat go’zalligidan ilhomlanib, aqlu idrok va yuksak ahloqqa mos keluvchi asarlar yaratish tamoyillarini ilgari surdi. Fransuz Deni Didro (“Dramatik poeziya haqida”), nemis Gotxold Lessing (“Loakoon yoki tasviriy san’at bilan poeziya chegaralari haqida”)lar realistik dramaturgiya tamoyillarini yaratadilar; voqealar mohiyatini chuqur yoritgan holda realistik tasvirlash qoidasini ilgari surdilar. XVIII asrda G’arbda ma’rifatchilik g’oyalari keng tarqaldi. Nemis yozuvchilari I.Gyote, F.Shiller, adabiyotshunos I.Gerderlar adabiyotga hayotni o’zgartiruvchi, tushuntiruvchi vositalardan biri deb qaradilar; adabiyotni xalq ruhining in’ikosi tarzida baholadilar. XIX asrning boshlarida nemis faylasufi G.F.Gegel “Estetikadan leksiyalar”ida adabiyot nazariyasining muhim masalarini chuqur yoritdi, “Adabiyot obrazlar orqali fikrlash” san’ati ekanligini ishonchli asosladi. XIX asr rus revolyusion-demokratlari materialistik adabiyotshunoslikning yuzaga kelishiga katta hissa qo’shdilar. V.G.Belinskiy (1811-1848), A.G.Chernishevskiy (1828-1889),N.A.Dobrolyubov (1836-1861) larning adabiyot ning yuksak g’oyaviyligi, xalqchilligi, obrazliligi, estetik xarakteri, yaxlitligi, badiiyligi, badiiy asar pafosi kabi ta’limotlarini asosladilar. Ayniqsa, bu sohada V.Belinskiyning “Aleksandr Pushkin asarlari”, “Poeziyaning xil va turlarga bo’linishi”, “Gogolga xat”, N.Chernishevskiyning “San’atning voqyeylikka estetik munosabatlari”, N.Dobrolyubovning “Zulmat ichra nur”, “Haqiqiy kun qachon keladi” kabi asarlari materialistik estetikani anglashda, realizm va tanqidiy realizm metodlari qonuniyatlarini ilmiy tushunishda bebahodir. V.Belinskiy “G’oyasiz san’at-murdaning o’zidir” desa, N.Chernishevskiy “Eng go’zal narsa hayotdir” deb tasdiqladi. K.Marks, F.Engels, V.Lenin materialistik falsafaga asos soldilar. Shu ta’limotga tayanib, F.Engels “Mening fikrimcha, realizm detallarning haqqoniyligidan tashqari, tipik xarakterlarni tipik sharoitlarda haqqoniy tasvirlanishini ham taqozo etadi”, - degan ta’rifni 1888 yilda M.Garknessga yozgan xatida yaratdi. V.Lenin dunyoni badiiy (falsafiy, ilmiy) idrok etishning in’ikos nazariyasini ishlab chiqdi. Uning ta’limoti XX asr sovet adabiyoti uchun metodologik asos vazifasini o’tadi. XX asrga kelib Sharqu G’arb adabiyotshunosligi birlashdi: ularning yutuqlari umumlashtirildi. Natijada adabiyotshunoslikning biz yuqorida ta’kidlagan asosiy va qo’shimcha sohalari alohida-alohida fan sifatida shakllandi va rivojlandi. Birgina “Adabiyotshunoslikka kirish” fanini nazarda tutsak, bu fan qonuniyatlarini bevosita o’rganuvchi ko’plab darslik va qo’llanmalar yaratilganiga voqif bo’lamiz. Bular: Abdurauf Fitratning “Adabiyot qoidalari” (1926), N.Shukurov, N.Hotamov, Sh.Xolmatov, I.Mahmudovlarning “Adabiyotshunoslikka kirish” (1979) darsligi, To’xta Boboyevning “Adabiyotshunoslikka kirish” o’quv-metodik qo’llanmasi (1979), E.Xudoyberdiyevning madaniyat va san’at institutlari talabalari uchun “Adabiyotshunoslikka kirish” (1995) darsligi, Abdulla Ulug’ovning “Adabiyotshunoslikka kirish” (2000) o’quv qo’llanmasi, Hotam Umurovning “Adabiyotshunoslikka kirish dasturi, test va ko’rgazmalilik” metodik qo’llanmasidir. Biroq, istiqlol berayotgan tarixiy o’zgarishlar barcha ijtimoiy fanlarni, shu jumladan adabiyotshunoslikning ham mohiyatini qayta idrok etishga chorlamoqda. Milliy Istiqlol mafkurasiga tayangan holda yangicha ilmiy talqin va tahlil qilishni kun tartibiga chiqardi. Agar biz Prezidentimiz I.A.Karimov yozganidek, “Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechani va ertangi kuni o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani jamiyat mafkurasi deb bil1”sak, Milliy Istiqlol mafkurasi “xalqni-xalq, millatni-millat” qilishga safarbardir. Zero, mustaqillik va ozodlik, erk va adolat, tinchlik va Vatanga muhabbat, obodonchilik va farovonlik, qadr-qimmat va mehru oqibat, go’zallik va nafosat, sabr-bardosh va mehnatsevarlik, hurfikrlilik va diniy bag’rikenglik, ma’rifat va ma’naviyatparvarlik kabi insoniy xususiyatlarni yuzaga chiqarar va insonni yetishtirishga dahldordir. Shuning uchun ham “Milliy istiqlol mafkurasining asosiy tayanch nuqtasi ham ijtimoiy darajadagi milliy o’zlikni anglata olishidadir”.2 Mana shu mafkura asosida yotgan ulug’vor g’oyalarni ayniqsa, komil inson g’oyasini ham milliy, ham umumbashariy mohiyatini ochish, uni obrazli ifodalash-adabiyotni va adabiyotshunoslik ilmining vazifasidir. Shu asoslar sababidan Milliy Istiqlol mafkurasi adabiyotning partiyaviyligi va sinfiyligi tushunchalarini rad etdi. Adabiyot partiyaga emas, balki komil insonni yaratish uchun xizmat qilishi lozimligini-bosh haqiqatni tasdiqladi. Adabiyot hamma hazrati insonlarga-boyga ham, o’rtaholga ham, kambag’alga ham hayot darsligi vazifasini o’tashi lozimligini tushuntirdi. Adabiyotmizni diniy-mistik adabiyot, saroy-feodal adabiyoti, tasavvuf yoxud so’fizm adabiyoti, o’zbek jadid adabiyoti kabi bo’laklarga bo’lib, uni regressiv xarakteridagi yo’nalish deb atashning beburdligini (So’fi Ollohyor, Naqshband, Ahmad Yassaviy, Feruz, Husayn Boyqaro...) tayin etdi, ularni o’rganishni yo’lga qo’ydi. Xalq uchun ular ham darslik ekanini isbotladi. Badiiy asar tahlil va talqini-har jihatdan yetuk va komil inson tasvirini o’rganishga qaratilishi (sosialistik jamiyat kishisini-yasama obrazning tadqiqiga emas)-adabiyotning bosh vazifasi (insonning ezgu tuyg’ulari tarbiyasi)ni adabiyot ilmining mazmunini tamoman o’zgartirdi. Shunga o’xshash yangi asoslar, dalillar “Adabiyotshunoslikka kirish”ning zamonaviy nusxasini yaratishni talab etadi. Biz yaratilgan darslik va qo’llanmalarning mag’zidan, Izzat Sulton, O.Sharafiddinov, M.Qo’shjonov, U.Normatov, U.Xudoyberganov kabi o’zbek olimlarining so’nggi izlanishlaridan, jahon adabiyotshunoslarning tajribalaridan foydalanamiz. Milliy istiqlol mafkurasiga va adabiyotning mohiyatiga mos keladigan ilmni imkonimiz darajasida yaratishga, Siz aziz talabalar bilan birgalashib, Alloh nomi bilan kirishamiz. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot to'g'risidagi fandir. «Adabiyotshunoslik» atamasi «adabiyot» hamda «shinostan» so'zlaridan tarkib topgan bo'lib, «adabiyotni o'rganmoq, o'rgatmoq» ma’nolarini anglatadi. Umuman, «adabiyot» so'zi arabcha «adab» so'zidan olingan bo'lib, ilk bosqichlarda ushbu so'z yaxshi xulq, yaxshi tarbiya, yurish-turish ma’nosida qo'llanilgan. X11 asrdan bu so'z poeziya, uni o'rganuvchi grammatika, ritorika kabilarni anglatgan. XIX asr oxirlariga kelibgina ushbu atama san’atning bir sohasi bo'lgan badiiy adabiyotni anglatadigan bo'lib qoldi. Darhaqiqat, adabiyotshunoslik fani badiiy adabiyotni, uning mohiyatini, kelib chiqishi va ijtimoiy aloqalarini o'rganuvchi fandir. Adabiyotshunoslik - badiiy so'z san’atining o'ziga xos xususiyatlari, badiiy ijodning zamini, tuzilishni o'rganuvchi fandir. Adabiyotshunoslik fani tarixiy-adabiy jarayonning ma’lum davr yoki joyga xos bo'lgan hamda umumiy qonuniyatlari to'g'risidagi fandir. Adabiyotshunoslik o'z ichiga badiiy so'z san’atining barcha sohalarini qamrab oladi. Adabiyotshunoslik talabalarga badiiy adabiyot to'g'risidagi dastlabki ma’lumotlar berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Mazkur kursda adabiyot nazariyasining qoidalari bilan tanishtiriladi. Bundan maqsad, talabalarda badiiy adabiyotni tushunish, uni ilmiy o'rganish va baholay olish malakasini orttirishdir. Adabiyotshunoslik atamasi 1842 yilda Olmoniyada paydo bo'ldi. Atama keyinchalik Rossiyaga o'tgan (literaturovedenie). Adabiyotshunoslikning ob’yekti - muayyan tarixiy Sharoit bilan bog'liq ravishda olinadigan adabiy mahsulot va uning yaratilish jarayonidir. Adabiyotshunoslikning predmeti - badiiy adabiyotdir. Adabiy jarayon adabiyotning rivojlanish yo'lidir. Adabiyotshunoslik adabiyotni o'rganar ekan, mumtoz yozuvchi va shoirlar ijodi, ularning adabiyot haqidagi fikrlariga asoslanadi. Adabiyotshunoslikka kirish umuman badiiy adabiyot to'g'risidagi dastlabki va umumiy ma’lumotlarni beradi. Download 114.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling