«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b)
Download 1.83 Mb.
|
5 sinf adabiyot fanidan dars ishlanma
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) Yangi mavzu: FANORCHI OTA (Hikoya) Tor, qiyshiq ko‘chaning o‘ksiz oqshomi Tursunqul akaning churuk darvozasi tepasiga o‘tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi. Uni har kuni kechqurun past bo‘yli, burushiq yuzli bir chol kelib, yoqib ketar edi. Biz uni «Fanorchi ota» der edik. U juda yuvosh, indamas kishiydi; kichkina narvonchasini chaqqon qo‘yib, allaqanday ustalik bilan chiqar, qo‘ltig‘idan kir ro‘molchasini olib, avaylab fanor oynalarini artardi. Fanorni yoqqach, yerga tushib, obkashdek bukilgan yelkasiga narvonchasini qo‘yib birpasda ko‘zdan yo‘qolar edi. Fanor qurilgan vaqtlarda butun mahalla quvonib, unga allaqanday mehr ila qaragan bo‘lsalar-da, faqat bu mehr uzoqqa cho‘zilmagandi. Keyincha har kim unga parvosiz bo‘la boshladi. Ayniqsa, mahalla bolalari ila fanor orasida anglashilmas dushmanlik uyg‘ondi. To‘planishib, avvalo bir-birimizning do‘ppimizni otishar, fanorga do‘ppi kiygizgan o‘rtoq merganligi ila kerilar edi. Keyincha bu ham bizni zeriktira boshladi, chunki piston qadalgan yoki har turli ipaklar bilan bezalgan do‘ppini kiyib olib, fanor chiroyli bir tus olar, bizni xafa qilgandek bo‘lar edi. Shuning uchun ham qo‘limizga tosh, kesak olib, fanorga hujum qilishni o‘rgandik. Bunda u juda kuchsiz edi: kichkina bir kesak yoki tosh parchasi bechora fanorning oyna ko‘zlarini o‘pirib tushirardi. Keyin-keyin Fanorchi ota haftada uch-to‘rt marta unga «yangi ko‘zoynak» taqib ketishga majbur bo‘lardi. U ketdi, darrov biz yangi «ko‘z»ni o‘yib olardik. Shunday bo‘lsa-da, Fanorchi ota «lom» deb og‘iz ochmasdi. Uning bu qilig‘i bizga sira yoqmas, tutib olish uchun poylasa, hatto birontamizni tutib ursa ekan, der edik. Ammo shu tilaklardan bittasi ham yuzaga chiqmasdi. Bir kun, namozshom vaqti, ko‘chada bolalar ko‘p edi. Ichimizda eng ko‘p qo‘rqmaydigan, eng battol Qosim cho‘loq: «Bolalar!» — dedi. Changga botgan yuzlarimiz yangi Sir narsa kutib, uning ko‘zlariga tikildik. —Fanorchi ota keladigan vaqt yaqin. Sindiramiz. Nima qilar ekan? — dedi-da, qo‘lga ilinadigan bir narsa qidira boshladi. Qo‘llarimizdan g‘izillab uchgan tosh-kesaklar fanorning hamma ko‘zlarini teshib o‘tgan edi. Uzoqdan Fanorchi otaning bukilgan kichkina qomati yaqinlasha boshladi. Narvoncha yelkadan tushib, ta’zim ila devorga suyandi. Fanorchi ota uning ustiga chiqdi-da, «chirt» etib gugurtni yoqdi: fanor to‘rt tarafdan qulagan uy kabi ajava tusda, yana bir tomonga qiyshayib turar edi. Biz hammamiz kerilib turar edik. Ba’zilar «piq-piq» kulishdi. Choi kasal odamga o‘xshab, sekin-sekin pastga tushdi. O‘siq qoshlari tagida qisilib yotgan ko‘zlari ila hammamizga yalingansimon qaradi-da, mayin bir tovush bilan: — Tentak bolalarim, bu qanday gap? Fanorga tegmasanglar, bir narsa bo‘ladimi? U yuqorida, sizlar pastda o‘ynay beringlar-da. Bolalar jim bo‘lgan edi. — Sizlar hali yosh, ko‘zlaringiz o‘tkir. Qorong‘i ham, yorug‘ ham baravar. Xufton bo‘lmasdan onalaringizning quchog‘ida pish-pish uxlab qolasiz hammangiz. Bizga o‘xshash qari-qartanglar uchun chiroq judayam kerak, — dedi. Bolalarning ko‘zi cholda edi. — Tunov kuni kechasi qattiq yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Bu yoqqa kelsam, ko‘cha qop-qorong‘i. Fanorning teshik oynasidan shamol kirib o‘chirib qo‘ygan. Ana u ariqning bo‘yiga borganimda bir nima suvni chapillatardi. Yopiray, nima ekan, deb fanorchamni ariqqa tutsam, mendan ham qari bir kishi ariqdan chiqolmay yotgan ekan. Darrov qo‘lidan tortdim, bir amallab chetga chiqardim, hamma yog‘i loy, jiq-jiq su Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob. Uyga vazifa. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish. O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________ «Adabiyot» 5-sinflar uchun «________»___________________20___ yil 6-NAZORAT ISHI TEST SINOVI Darsning texnologik haritasi
Darsning texnik chizmasi:
Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi TESTLARDAN NAMUNALAR 1. Bundan 2700 yil oldin bobolarimiz barpo etgan davlat qanday nomlanar edi? A) Saqalar davlati B) Massagetlar davlati C) Alplar davlati D) Turon davlati 2. Xitoydan Dunay daryosigacha cho’zilgan turkiy xalqlarning birinchi davlat uyushmasi qanday nomlangan? A) Saqalar davlati B) Massagetlar davlati C) Alplar davlati D) Turon davlati 3. Ahamoniylar asoschisi Kir turkiylarning qaysi shahriga Kirashata deb o’z nomini bergan edi? A) Qarshi B) Termiz C) Marv D) O’ratepa 4. Xitoyliklar ularni “temirchi millat” deb atashgan, hindlarning ”Mahabharata” dostonida temirning o’sha o’lkalardan olib kelinganligi aytilgan. Ushbu o’lka... A) Saqalar davlati B) Massagetlar davlati C) Alplar davlati D) Turon davlati 5. Mirkarim Osim tomonidan al-Xorazmiyning 1200 yilligiga bag’ishlab yozilgan hikoya qanday nomlanadi? A) “Jayhun ustida bulutlar” B) “Buyuk Xorazmiy” C) “Zulmat ichra nur” D) “Al-jabrning tug’ilishi” 6. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” asarida qaysi bobokalonimiz hayoti tasvirlangan? A) Beruniy B) Xorazmiy C) Navoiy D) Ibn Sino 7. “Jayhun ustida bulutlar” asari qaysi alloma hayotidan hikoya qiladi? A) Beruniy B) Xorazmiy C) Navoiy D) Ibn Sino 8. Boborahim Mashrabning murakkab va fojeali taqdiri Mirkarim Osimning qaysi asarida aks etgan? A) “Oshiqlar sultoni” B) “Oriflar sultoni” C) “Singan setor” D) “Vatanparvar darvesh” 9. “To’maris” hikoyasida aytilishicha massagetlar e’tiqodida nima yaxshilik alomatlaridan biri hisoblanar edi? A) quyosh tutilishi B) burgutning bosh uzra parvozi C) daryoning qirg’oqdan toshishi D) kun va tunning tengligi 10. “To’maris” hikoyasida aytilishicha jangda mag’lub bo’lgan Kayxusravning boshini massagetlar malikasiga kim keltiradi? A) Sparangiz B) Zarina C) Krez D) noma’lum askar 11. Shiroq yashagan urug’ boshlig’i… A) Rustak B) Saksfar C) Omarg D) Ronosbat 12. Shiroq haqidagi rivoyat bizgacha qaysi manba orqali yetib kelgan? A) Herodotning “Tarix” kitobi B) Poliyenning “Harbiy hiylalar” kitobi C) Kursiy Rufning skiflar haqidagi hikoyalari D) Homerning “Odissey” dostoni 13. Osmon, yer, suv parilarining ishlari, ruhlar, yovuzlik va ezgulik ilohlari, devlar, yer yuzida odamning paydo bo’lishi, olamning tuzilishi va hokazolar qaysi janrning asosiy mavzulari hisoblanadi? A) rivoyat B) afsona C) asotir (mif) D) ertak 14. Unda tarixiy hodisalar va ayrim shaxslar bilan bog’liq voqealar hikoya qilinadi. Ular u yoki bu voqea haqida xabar berish va uni tasdiqlash vazifafini o’taydi. Bu mulohazalar qaysi janr haqida? A) rivoyat B) afsona C) asotir (mif) D) ertak 15. Hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi og’zaki ijod turi…. A) rivoyat B) afsona C) asotir (mif) D) ertak 16. “Ertak” atamasi ilk bor bizga ma’lum qaysi turkiy manbada uchraydi? A) “Avesto” B) “Devoni lug’atit turk” C) “Huastuanift” D) “O`rxun Enasoy yodgorliklari” 17. Hamid Olimjonning 1929-yilda nashr etilgan ilk she`rlar to’plami qanday nomlangan? A) “Kimdir” B) “Sog’inch” C) “Ko’klam” D) “O’rik gullaganda” 18. “Xirs” so’zining ma’nosi… A) ochko’z B) nafs C) ayiq D) g’aflat 19. Sandiqqa solib oqizilgan Oygul qaysi shaharda ozod etiladi? A) Jarjon B) Jambil C) Susambil D) Sunbul 20. Hamid Olimjon o’z qahramoni Baxtiyorni sharqning qaysi buyuk qahramoniga qiyos etadi? A) Alpomishga B) Go’ro’g’liga C) Siyovushga D) Rustamga 21. “Oygul bilan Baxtiyor” ertagida zolim xonni soqchilar qayerda qo’lga tushiradilar? A) saroyda B) og’ilda C) haramda D) bozorda 22. Hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan didaktik g’oya tashuvchi og’zaki hikoyalar… A) rivoyatlar B) afsonalar C) asotirlar (miflar) D) ertaklar 23. Rivoyatlar mavzusiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) afsonaviy va mistik B) hayotiy va to’qima C) tarixiy va toponimik D) mifologik va tarixiy 24. To’maris va Shiroq haqidagi rivoyatlar qaysi rivoyat turiga kiradi? A) afsonaviy B) tarixiy C) toponimik D) mifologik 25. 1. Surxondaryo, Samarqand, Farg’ona 2. Buxoro atroflari 3. Xorazm 4. Toshkent a) cho’pchak b) ushuk d) matal e) varsaki Ertaklar qaysi hududda qanday nom bilan ataladi? A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e B) 1-d, 2-b, 3-e, 4-a C) 1-d, 2-e, 3-b, 4-a D) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d Uyga vazifa She’r yodlash Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish. Ilmiy bo’lim mudiri: ________________ «Adabiyot» 5-sinflar uchun «________»___________________20___ yil Mavzu: USMON NOSIR Darsning texnologik haritasi
Darsning texnik chizmasi:
Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling