«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati
Download 1.83 Mb.
|
5 sinf adabiyot fanidan dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tgan mavzuni so’rash. a)
- Yangi mavzuni mustahkamlash
- «HAYRAT UL-ABROR» DOSTONIDAN
- Bilim: «HAYRAT UL-ABROR» DOSTONIDAN
Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) Yangi mavzu: Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tug‘ildi. Bu shahar hozirda Afg‘onistonning markaziy shaharlaridan. Alisherning otasining oti G‘iyosiddin Muhammad edi. Uni «Kichkina bahodir» ham der ekanlar. Onasining ismi ma’lum emas. Alisher juda kichik yoshlaridan she’r va musiqaga havas qo‘yadi, olim-u shoirlar davrasida ulg‘ayadi. Uning otasi temuriylar xonadoniga yaqin odamlardan edi. Ularnikiga zamonasining mashhur kishilari tez-tez kelib turar edilar. Yosh Alisher uch-to‘rt yoshlarida she’r yod olib, ko‘plarni hayratga soldi. Besh yoshida maktabga bordi. Bo‘lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o‘qidi. 1447-yilda mamlakat podshohi Shohruhmirzo vafot etib, yurtda notinchlik boshlandi. Alisherlar oilasi Iroqqa ko‘chadi. Olti yoshlik Alisher yo‘lda bir tasodif bilan zamonasining mashhur tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiyga duch keladi. Odob va muomala bilan buyuk tarixchi mehrini qozonib, duosini oladi. Alisher xonadoni Hirotga 1451-yilda qaytadi. Yo‘lda yana qiziq voqea yuz beradi. Ilgari shahardan shaharga karvonlar qatnar, bordi-keldilar shular yordamida bo‘lar va ular ko‘pincha tunda yurib, kunduzlari dam olar edilar. Xullas, tunda ot ustida mudrab borayotgan o‘n yoshdagi Alisher egardan yiqilib tushadi, uyqu zo‘ridan uyg‘onmay, karvondan ajralib qoladi. Ertalab uyg‘onsa, cho‘li biyobon. Nariroqda oti o‘tlab turibdi. Odam zoti yo‘q. Quyosh ko‘tarilib kelmoqda. Bir lahza uni qo‘rquv va vahima bosadi, biroq o‘zini tezda qo‘lga olib, yo‘lga tushadi. Ko‘p o‘tmay, uni izlab kelayotgan o‘z kishilariga duch keladi va eson-omon ota-onasi bag‘riga boradi. 1452-yilda taxtga Abulqosim Boburmirzo chiqadi va Alisherning otasi Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher Sabzavorda o‘qishni davom ettiradi. 1452-57-yillarda u dastlab Sabzavorda, so‘ng Mashhadda yashadi. She’rga, musiqaga mehri oshib bordi. Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Shayx Sa’diy, Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o‘qidi. Ayniqsa, Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi») kitobi yosh Alisherning xayolini tamom egallab oldi. Ota-ona tashvishga tushdilar. Kitobni bekitdilar. Lekin kitob tamom yod bo‘lgan edi. Bular beiz ketmadi. Bo‘lajak shoir yetti-sakkiz yoshlaridan she’r mashq qila boshladi. Ikki tilda she’r yozdi, o‘zbekchalariga «Navoiy», forschalariga «Foniy» taxallusini qo‘ydi. «Navoiy» «navo» — «kuy» so‘zidan olingan, «Foniy» esa forscha «vaqtincha» ma’nolarini berar edi. Shunday qilib, Navoiy 12 yoshlarida o‘z she’rlari bilan zamonasining eng mashhur shoirlarini hayratga soldi. Masalan, to‘qson yoshlik Mavlono Lutfiy uning:
Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh, — satrlari bilan boshlanadigan bir she’rini tinglab, qoyil qolgandi. She’r chindan ham go‘zal edi. Undagi xayol mislsiz edi. «Yor yuzini yopgach, ko‘zimdan har lahza yosh sochiladi. Bu go‘yo quyosh botganida yulduzlar paydo bo‘lgani kabidir», - deb yozgan edi yoshgina shoir. 1457-yilda Abusaidmirzo taxtga chiqdi. Alisherning maktabdosh do‘sti Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga tushib ketdi. Alisher Mashhad madrasalarida o‘qishni davom ettirdi.
Mavzu: «HAYRAT UL-ABROR» DOSTONIDAN Darsning texnologik haritasi
Darsning texnik chizmasi:
Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) Yangi mavzu: O‘NINCHI MAQOLAT (Nasriy bayoni) Har kim o‘ziga to‘g‘rilikni odat qilgandan keyin charxning teskari aylangani bilan uning nima ishi bor?! O‘qning uchishi to‘g‘ri bo‘lgandan so‘ng yerning egriligining unga nima ziyoni bor?! Yo‘l qancha to‘g‘ri bo‘lsa, maqsad shuncha yaqin, yo‘l egri bo‘lsa maqsad uzoqlashganiga ajablanish o‘rinsiz. Nay to‘g‘ri bo‘lgani uchun so‘fiylar uni yaxshi ko‘rishadi; to‘g‘ri bo‘lmasdan egri bo‘lsa, tanbeh uchun qulog‘i buraladi. Nayza to‘g‘ri bo‘lganidan doim boshi yuqori; arqon esa chirmash bo‘lgani uchun bog‘lashga ishlatiladi. Ayvonda yonayotgan shamning bo‘yi to‘g‘ri bo‘lgani sababli u kechasi qorong‘ida bazmning shohidiga aylandi. Egri uchish qilib parvona ko‘p aylangani uchun oxiri sham o‘tiga urilib yonib ketdi. Sarvning qomati to‘g‘ri bo‘lgani uchun xazon kulfatidan ofat ko‘rmay, doim ko‘m-ko‘k. Bog‘dagi toza sunbul har narsaga chirmashib o‘sgani uchun egrilik uning yuzini qora qildi. Sozlangan torning qili to‘g‘ri bo‘ladi; egri bo‘ldimi, sozlanmagani. Mistarning chizig‘iga yozuv to‘g‘ri kela bergach, qalam boshini ko‘tarmasdan yozgani-yozgan. Uning bitta chizig‘i egri bo‘lsa, xatga bitta dog‘ tushadi; ko‘chirilayotgan nusxada esa har sahifada qiyshiq xat bo‘ladi. Xatni to‘g‘ri yozadigan kishilar haqiqiy sog‘lom kishilardir; xat agar egri yozilgan bo‘lsa, demak, yozgan odam ham to‘g‘ri emas. Kimning qarashi to‘g‘ri bo‘lsa, o‘sha haq. Kimning qo‘li egri bo‘lsa, o‘zi ham o‘g‘ri bo‘ladi. Kimki qo‘li egrilik bilan foyda topgan bo‘lsa, xalq uning qo‘lini kesib to‘g‘ri qiladi. Ko‘z tug‘ilishidan egri bo‘lsa, uning odati bittani ikkita qilib ko‘rsatishdir. Kimki to‘g‘rilik yo‘lini bilmoqchi bo‘lsa, bilsinki, bu ikki xil bo‘ladi. Biri shuki, kishining so‘zi to‘g‘ri bo‘lsa, uning so‘zi bilan birga o‘zi ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Yana biri shuki, yolg‘on gapni ba’zilar taassuf bilan, uyalganidan «To‘g‘ri!» deydi. Oldingisi, hech shubhasiz, yaxshi, lekin ikkinchisi ham yomon emas. Kishi yolg‘onni gapirsa ham kam gapirsa! Qani endi shunday odam bizning zamonda ham topilsa. Lekin odamlarga Xudoning o‘zi ato qilgan bu to‘g‘rilik, qara, ulaming oldida xato bo‘lib ko‘rinadi. So‘zlashda xato gapirishga o‘rgangan odam noto‘g‘ri fikrni to‘g‘ri deb gumon qiladi. Kimki bu davrda to‘g‘ri gapirishga odatlangan bo‘lsa, u kambag‘allik, yetishmovchilikdan boshqa narsani bilmaydi. Bu davr istagi egrilik bo‘lgani uchun sen haqiqatni talab qilsang, unga yoqmaysan. Egrilikning ham, to‘g‘rilikning ham o‘z haqiqiy ta’rifi bor: yolg‘on egrilikdan, to‘g‘rilik haqiqatdan iboratdir. Sham o‘z to‘g‘riligi bilan xursand; boshdan oyoq kuysa ham, u nurga aylanadi. Yashin egrilikni odat qilgan bo‘lib, hamma yoqni yoritsa-da, yerning ostiga kiradi. Bog‘bon o‘z yeriga reja tortmas ekan, bog‘ning ko‘rinishi changalzorning ko‘rinishiga o‘xshab qoladi. Dehqon agar mola bosmasdan urug‘ sochsa, qancha bir xil sochmasin, ekini, bari bir, suvni tekis ichmaydi. Oynaning yuzi qancha tekis bo‘lsa, oy yuzlining yuzi ham shuncha to‘g‘ri ko‘rinadi. Temir qalpoqning yuzi qancha sayqallangan bo‘lmasin, yuzning tasviri unda cho‘zilgan holda aks etadi. Sokin turgan suvda quyosh to‘g‘ri aks etadi: chayqalgan suvda esa egri ko‘rinadi. Xato bilan yolg‘on gapirish hisobga kirmaydi; chunki uning yolg‘onligi bilingach, undan qochiladi. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob. Uyga vazifa. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish. O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________ «Adabiyot» 5-sinflar uchun «________»___________________20___ yil Mavzu: «HAYRAT UL-ABROR» DOSTONIDAN Darsning texnologik haritasi
Darsning texnik chizmasi:
Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling