Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65
Ko‘ryapmizki, hikoyaning maqsadi kimnidir qoralash
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
Ko‘ryapmizki, hikoyaning maqsadi kimnidir qoralash
yoxud fosh etish emas ekan. Muallifning asl niyati – turli sabablar jamuljam bo‘lib yuzaga kelgan murakkab vaziyatga tushib qolgan odamlar va ... hayvonlarning nozik kechinmalarini Siz-u bizga yuqtirishdir. Biz bekorga hayvonlarga nisbatan ham «nozik kechinmalar» degan iborani ishlatganimiz yo‘q. Chunki asarda, asosan, Baxshilla boshidan o‘tgan hodisalar hikoya etilayotgandek tuyulsa-da, xuddi shunday holatga do‘nan ot ham to‘la-to‘kis duchor bo‘lganini his qilish qiyin emas. Buni otning, xuddi egasi Baxshillaga o‘xshab, «ko‘zi bor» mehmonni o‘ziga yaqin yo‘latmay «menga tegma, nari tur» degandek chiyirilib yer tepinib turishidan, yot xonadonda hech ovqat yemagani, suv ichmagani, nuqul kishnayvergani, oxir-oqibat ozib, qovurg‘alari sanalib qolganidan ham bilsak bo‘ladi. Birgina farqi – agar Baxshilla bir kecha-yu bir kunduz yig‘lagan bo‘lsa, Do‘nan tinimsiz kishnaydi. Uning bu kishnashi jonivorning achchiq yig‘isi edi, desak to‘g‘ri bo‘lar harqalay. «Do‘nan» asari, yuqorida ta’kidlanganidek, ko‘pni ko‘rgan qariya Baxshilla maxsum tilidan hikoya qilinadi. Shunga ko‘ra, yozuvchi qahramonining yoshi, tajribasi, o‘ziga xos gapirish uslubiga mos so‘zlar, iboralar tanlaydi, gaplarni og‘zaki nutqqa mos tarzda tuzadi. Buni birgina quyida keltirilgan parchada ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin: «Matansoy degan soyimiz bo‘lardi, juda bug‘doy bitkuchiydi. Go‘ja olib chiqdim-u, birozgina mashoq tersin deb boshini qo‘yib yubordim. O‘zim g‘aram soyasida, g‘ir-g‘ir shabadada mast bo‘lib yotdim, nafas o‘tmay uxlab qolibman. Bir mahal uyg‘onsam, oftob og‘ib qolgan, Do‘nanboy, mashoq qayoqda, o‘sha turgan joyida hali ham bir xil holatda turipti». 5 2 Agar shu parchani adabiy tilning qoidalariga moslab tuzadi- gan bo‘lsak, mutlaqo boshqacha holat yuzaga kelishini Siz yaxshi bilasiz. Bunda, garchi, adabiy til qoidalari go‘yo to‘g‘ri- lansa-da, badiiy asar juda katta narsani yo‘qotishini ham sezib turibsiz. Chunki badiiy til har doim ham adabiy tilga to‘liq mos tushavermaydi. Ayniqsa, badiiy asar qahramoni tili, yuqorida ta’kidlanganidek, uning yashagan zamoni, yoshi, tajribasi, bi- limi, kasbi, jinsi, dunyoqarashi va yana boshqa o‘nlab xu- susiyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Buni teran his etgan yozuvchi o‘z asarida har bir qahramonning nafaqat tashqi ko‘rinishida, balki tili va gapirish uslubida ham o‘ziga xoslikni ta’minlashning uddasidan chiqqan. Xulosa qilib aytganda, iste’dodli adib Turob To‘laning «Yetti zog‘ora qissasi» va undan joy olgan «Do‘nan» hikoyasi Siz-u bizning dunyoqarashimiz, didimiz, insoniy tuyg‘ularimiz bo- yishiga kuchli ta’sir qilishi bilan qadrlidir. 1. Turob To‘laning hayotiy va ijodiy faoliyati to‘g‘risida gapirib bering. 2. Ota-onangizdan shoir she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar ha- qida so‘rang va bilib olganlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib bering. 3. «Do‘nan» asarida Sizga eng kuchli ta’sir qilgan epizod qaysi bo‘ldi? Buni izohlab berishga harakat qiling-chi. 4. Odam va otning bir-biriga bu qadar mehr qo‘yishining bosh sababi nimada deb bildingiz? 5. «Shang‘illab butun hovlini boshiga ko‘taradigan» Fayzi dastur- xonchi, Sizning nazaringizda, qanday odam? 6. Bolaning otasi mehmondan otni qaytarib olib kelmaganini qanday baholaysiz? U to‘g‘ri qildimi yoki aksincha? 7. Hikoyachining tili va gap ohangidan uning xarakterini ko‘rsa- tadigan o‘rinlarni topib, izohlab bering. 8. Turob To‘laning «Yetti zog‘ora qissasi» kitobini topib, to‘liq o‘qib chiqishga harakat qiling. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling