Adabiyot bu har bir inson qalbiga samimiyat yog’dusini taratuvchi va hayot yo’lini nurafshon qiluvchi mash’aladir


Download 88.91 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi88.91 Kb.
#1493107
1   2   3   4
Bog'liq
7-MAVZU

ASAR ANNOTASIYASI

  • Asar annotasiyasi (lat. Annotacio-xabar ma’lumot). Unda asarning qisqacha xarakteristikasi beriladi: uning mazmuni, ahamiyati juda siqiq tarzda bayon qilinadi. Ba’zida asarning qaysi kitobxonlarga mo’ljallangani ham aytiladi. Asar annotasiyasi, asosan, muayyan asar titul varag’ining ikkinchi betida joylashadi. Asar annotasiyasi (qisqa qaydlar yoki ma’lumotlar) hamma asarlarda ham bo’lishi shart emas. Lekin agar bo’lsa, u kitobxonni asarni o’qishga yetaklashi lozim.
  • Jumladan, Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” (2001) tarixiy romaniga shunday annotasiya berilgan: “Romanning “Jahon adabiyoti” jurnalida bosilgan birinchi qismi o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Yangidan yozilgan ikkinchi qismida Mirzo Ulug’bek va Alisher Navoiydek buyuk siymolarga mehrini bergan fidoiy ona – Gavharshod begimning fojeaviy taqdiri tasvirlanadi. Ma’rifatli ona umrining oxirigacha adolat uchun jasorat bilan kurashadi. Iste’dodli yoshlarni tarix sahnasiga chiqishlariga ko’maklashadi.”
  • Ko’rinadiki, tarixiy roman voqealari Gavharshod begim bilan, uning adolat yo’lidagi jasorati va fojeasi bilan bog’liq. U tarixda qanday kechganini bilishga qiziqishingiz ortadi va romanni varaqlashga ishtiyoqingiz uyg’onadi. Mana shu xislati bilan u asar arxitektonikasida tashkil qiluvchilik, qiziqtiruvchilik vazifasini bajaradi.

XULOSA

  • 1. Badiiy asar syujeti va kompozitsiyasi xuddi mazmun va shakl kabi alohida-alohida vositadir, ayni paytda, ular o’zaro bog’liqdir: syujet kompozitsiyaning ichida yashaydi (u mazmun hodisasidir), kompozitsiya syujetning vujudi (u shakl hodisasidir) hisoblanadi. Demak, jon va vujud birlashsagina ruh (g’oya) tiriladi, yashaydi, faoliyat ko’rsatadi.
  • 2. Syujet qahramonlar xarakterini va hayot ziddiyatlarini umumlashtiruvchi voqealar silsilasi bo’lsa, kompozitsiya ana shu hayotni betakror tarzda birbutun va yaxlit qilib quruvchi va go’zal gavdalantiruvchi vositadir.
  • 3. Kompozitsiya doimo syujetdan kengdir. Jumladan, “O’tgan kunlar” ko’p tarmoqli syujet yo’nalishiga ega (I.Sultonning ta’kidlashicha, “O’tgan kunlar”da xon va beklar o’z manfaatlarini ko’zlab, hokimiyat uchun kurashadilar va o’z maqsadlariga erishuv uchun qipchoqlarni qorachoponlarga qarshi qo’yadilar. Bu romanning asosiy syujet yo’nalishidir.

Download 88.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling