Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
1.Абдуғафур Расулов. Бадиийлик – безавол янгилик. – Тошкент, Шарқ, 2007. 2. Саид Аҳмад. Қоракўз мажнун ҳикоялар тўплами. “Борса келмас дарвозаси” ва “Тақдир, тақдир, мунча шафқатсизсан?” ҳикоялари – Тошкент. 2016. 3. Дўстмуҳаммад Х. Қазо бўлган намоз. – Т.: Адабиёт ва санъат, 1996. 86 SAID AHMAD IJODIDA ONALAR OBRAZI Hаmdamova SHAMSHODA BuxDU mаgistri Insoniyat tarixida badiiy adabiyot yaralibdiki, ona obrazi uning bir qismi bo’lib kelmoqda.Jahon xalqlari adabiyotida onalar obrazi asosida yaratilgan roman-u qissalar, she’r va dostonlar buning yorqin misoli. Buyuk avar shoiri Rasul Hamzatov aytganidek: Cho‘qqilar ko‘p dunyoda, biroq, Cho‘qqi yo‘qdir onadan baland (Rasul Hamzatov. "Onalarni asrang". 354-b). Bu yorug‘ dunyoning, qolaversa, adabiyotning ham eng baland cho‘qqisi bo‘lgan ona siymosi o‘zbek adabiyotida-da salmoqli o‘rin tutadi. Jumladan, Said Ahmad ijodida ham turli taqdirga ega mushtipar onalar obrazi tasvirlangan. Adib “Oftoboyim”, “Qorako‘z Majnun” kabi hikoyalarida, “Ufq”, “Jimjitlik” romanlarida hamda “Kelinlar qo‘zg‘oloni” pyesasida ona siymosining turli qirralarini yoritib bergan. Aksar asarlarida o‘zbek onalarining ichki dunyosi, xarakter xususiyatlari hamda vatan, xalq va farzandiga muhabbati qalamga olingan bo’lsa, “Oftoboyim” hikoyasida yapon onasi obrazi orqali vatanparvarlik, xalqlar hamdo’stligi g‘oyalari ilgari surilgan. Yapon ayoli, go‘zallik tanlovlarining g‘olibasi, vataniga xizmat qiladigan Maniko xonim asar markazida turadi. Oftoboyim deb nom olgan bu go‘zal ayol ham ona. U urushda qo‘rqoqlik qilib, vatani uchun komikatzilik vazifasini bajara olmagan xoin Sudzening baxtiqaro onasi. Yaponlar bunday Vatan xoinining bo‘yniga yeb-ichishdan, yotishdan mahrum qiladigan g‘ildirak o‘rnatib, insonlik safidan chiqarib qo‘yib jazolar ekanlar. Hikoyada oq sut berib o‘stirgan farzandining xoinligidan boshi egilgan onaning ayanchli qismati yoritilgan. “Sudzening onasi o‘g‘lining xoinligidan nomus qilib, ko‘chaga chiqolmay, odamlarga qo‘shilolmay qoladi. Ozib-to‘zib, soch-soqoli o‘sib ketgan bolasining ahvolini ko‘rgan Manikoxonim bolaxonada 87 yig‘lagan ahvolda uni kuzatib turadi. U bolasining oldiga chiqmaydi, bo‘yniga osilib yupatmaydi. Sudze endi unga suyukli farzand emas, umumxalq la’natiga uchragan jirkanch bir kimsa edi. Oradan biron oy o‘tib, Manikoxonim chodraga o‘ralib ibodatxonaga bordi. Muqaddas budda poyiga qo‘yilgan tilla barkashga ro‘molchaga tugib kelgan oltin javohirlarini, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan zirag-u bilaguzuklarini – jamiki taqinchoqlarini jaranglatib to‘kadi. Tiz cho‘kib buddaga tavba-tazarrular qiladi.Tengsiz go‘zal, benihoya dono, butun Yaponiyaning fahri bo’lishga arziydigan bir malak – Oftoboyim rohibalar libosini kiyadi”. (Said Ahmad. “Qorako‘z Majnun”, 45-b). Xalqimiz o‘tmishidan ma’lumki, bu kabi ayanchli taqdir urush yillaridagi ayrim o‘zbek onalariga ham begona emas. Afsuski, o‘zbek yigitlari orasida ham urush dahshatidan qo‘rqib, ona xalqidan o‘z boshini aziz bilgan qochoqlar uchrab turgan. Taassufki, ularning onasi ham: “O‘g‘lim xalq koriga yarasin”, – deb niyat qilgan. Ana shunday jafokash o‘zbek onalarining badiiy adabiyot ko’zgusidagi aksi “Ufq” romanidagi Jannat xola obrazidir. Said Ahmad asarlarida yapon onasi Maniko xonim asirlikdan qaytgan yaponlar orasida o’g’lining ham bo’lishini umid qilsa, o’zbek onasi Jannat xola qochoq o‘g‘li Tursunboyning to‘qayda hayvonlarday kun kechirib, ovqatda zor bo‘lib o‘lib ketishiga chidab turolmaydi. Jannat xola nuridiydasining xoin emas, qahramon bo’lishini orzu qilardi. Ona uchun farzand aziz, ammo Jannat xola o‘g‘li Tursunboyning urushda jon berishini tirik turib o‘likday yashab yurganidan afzal biladi. “Jannat xola ko‘p o‘yladi. Bolasining, erining, o‘zining taqdiri haqida juda ko‘p o‘yladi. O‘yining oxiri shu bo‘ldi. Bu xilda yashab bo‘lmaydi endi. Bas. Tursunboyni insofga keltirishi kerak. Egilgan boshni qilich kesmaydi. Urushga borsin, o‘zini oqlasin, yagona yo‘l shu. Agar Tursunboy ko‘nmasa, uni o‘zim tutib beraman. Shunday qilaman. Onaning qarori shu bo‘ldi”.(Said Ahmad. Ufq, 327).Ammo bolasining jon talvasasida isitmalab yotganini ko‘radi. Yozuvchi mushtipar onaning o‘sha paytdagi holatini achchiq iztirob bilan tasvirlaydi.“Orzular shamolga uchdi. Homilalikdan to shu kungacha qilgan 88 umidlari tamom bo’ldi. Bolasining yo‘lga kirgan kundagi quvonch, tili chiqib birinchi marta aya degandagi olam saltanatiga teng shodliklar, dadasi opichlab guzarga olib chiqib ketayotganda eshik oldida orqasidan qarab qolgandagi hech narsaga teng ko’rib bo’lmaydigan baxt, birinchi bor maktabga kuzatganda oppoq ko‘ylak, g‘arch solib tikilgan etik kiyib chopqillab ketayotgandagi tongdek hech qachon ko‘rmagan tong – hammasi, hammasi ona ko‘z oldidan bir-bir o‘taverdi” (Said Ahmad.Ufq, 331). Onalar jigarbandlarini ne-ne umidlar bilan katta qiladilar. Umr, baxt, sharaf, oqibat tilab duo qiladilar. Rasul Hamzatov: Onam ko‘kka qarab qildi iltijo, Baland bo‘lsin burgut o‘g‘lim parvozi. Hamisha taratsin ajoyib navo, Aziz vatanimni kuylagan sozi, – (Rasul Hamzatov. Mening Dog ‘istonim, 354). deb yozganiday har bir ona farzandining Vatan, xalq koriga yarab, boshi baland bo‘lishini Ollohdan so‘raydi. Jannat xola obrazi urush sababli ana shunday orzulari poymol bo‘lgan jahon onalarining tipik vakili.“U yagona farzandidan umid uzolmay, uning baxtini ko‘rolmay, armon bilan chodirda jon bergan edi”.(Said Ahmad. Ufq, 332).Tursunboy esa zamon qiyinchiliklariga bardoshi yetmagan, onasining oq suti-yu xalqining non-tuzini oqlay olmagan insonlarnig badiiy aksi. “Ona unga faqat kiydirish, yedirish uchungina ona edi, xolos. Ona uning firoqida, dardida ado bo‘ldi. Bolasi esa bu to‘g‘rida o‘ylamasdi. Ona qazoyim yetib olamdan o‘tsam, bolam o‘z qo‘li bilan qabrga qo‘yadi deb umid qilardi. Ammo u o‘lganda bolasi hatto qabr boshiga kelmaydi, aksincha, bo‘riga oxshab to‘qaydan xunuk qarab turardi” (Said Ahmad. Ufq, 332). Qismat onalar boshiga ne kunlarni solmaydi. Tursunboy xalqiga xoinlik qilgan bo‘lsa, Bo‘rixonlar e’tiqodiga xoinlik qildi. “67-yilning kech kuzida bir musulmon bolasi dindan chiqdi” (Said Ahmad. Qorako‘z Majnun, 60). Adibning “Qorako‘z Majnun” hikoyasida ona tilini, ota-bobolar dinini unutgan tasbehni xochga, masjid mehrobini ibodatxona qo‘ng’irog‘iga, ona mehrini, ona yurtini, ona 89 tilini to‘rtta cho‘chqa-yu bir mesh aroqqa almashtirgan gumroh farzandning mushtipar onayizori qismati qalamga olingan. Ona uchun eng og‘ir baxtsizlik bu farzandidan tiriklay judo bo‘lgani. Saodat xola kofirlar haykaliga aylangan o‘g‘liga ona ekanidan afsuslanadi.“Bu bolani men emas, bo‘ri tuqqan” (Said Ahmad. Qorako‘z Majnun, 65), – deydi alam bilan.Saodat xolani bir tomondan Bo‘rixonning alami qiynasa, ikkinchi tomondan baxti qaytgan qizi Qumrining kelajagidan xavotirlanardi. Yozuvchi birgina jumla orqali Saodat xola obraziga jamiki onalarning qalbini, o‘y-fikrini, borlig‘ini jamlaydi. “Onalar shunaqa. Baxti chopmagan bolasi bilan birga bo‘ladilar”. (Said Ahmad. Qorako‘z Majnun, 61).Qumrining taqdiriga nisbatlab aytilgan bu jumlada yozuvchi ona obrazini jamiki baxtsizliklarga qarshi ulkan tayanch sifatida namoyon eta olgan. Mazkur hikoyada ona obraziga kindik qoni tomgan yurtga, o‘zligingni eslatib turadigan millatga muhabbat, e‘tiqodga sadoqat, milliy qadriyatlarga, ona tiliga hamda dunyoga keltirgan onaga ehtirom g‘oylari jamlangan. “Oftoboyim” hamda “Qorako‘z Majnun” hikoyalarida ikki din, ikki millat onalari qalamga olingan bo‘lsa-da, Manikoxonim va Saodat xola obrazlarida onalik mehri, o‘z e’tiqodiga, o‘z Vataniga sadoqat tuyg‘ulari ularga xos mushtarak jihatlar hisoblanadi. Chunki ona qalbi, ona mehri millat tanlamaydi. Said Ahmad mazkur asarlarida mehr berib o‘stirgan farzandi ro‘shnolik berolmagan onalar obrazini keng kitobxonlar jamoasiga havola qilgan. Toki kelajak avlod bundan xulosa chiqarsin uchun. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling