Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Адабиётлар 1. Д.Қуронов Адабиётшунослик назарияси асослари. – Тошкент: 2018. 2. Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. – Тошкент: Шарқ, 2002. 3
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
Адабиётлар
1. Д.Қуронов Адабиётшунослик назарияси асослари. – Тошкент: 2018. 2. Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. – Тошкент: Шарқ, 2002. 3. У.Норматов. // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. 2007. 51-сон. 4. Ғафуров И. Туганмас умр йўллари. Прозанинг шоири. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1981. 5. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: 2005. 6. Тимофеев Л.И. Основы теории литературы. – Москва: Просвещение, 1971. “YO‘QOTGANLARIM VA TOPGANLARIM”DAGI ESSE JANRI XUSUSIYATLARI Rohila SUVONOVA Samarqand davlat universiteti dotsenti. O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Said Ahmadning “Yo‘qotganlarim va topganlarim” nomli esselar to‘plami xalqimiz hamisha ardoqlab, e’zozlab kelayotgan o’zbek adabiyoti namoyandalari, taniqli ijodkorlar, ularning ham yorug‘, ham alamli-iztirobli kunlari haqida chin dildan hikoya qilingan yodnomalardan tarkib topgan asardir. Adibning “Yo‘qotganlarim va topganlarim” kitobi “Adabiyot tarixi”dan jonli voqealarning his-hayajonli, ehtirosli tasvir va talqinlari bilan farqlanadi. Undagi xotiralar butun bir davr adabiyotining darslik va qo‘llanmalarda umumiy tarzda aytiladigan ichki jarayonlari haqida teran va batafsil ma’lumot beradi. Shu ma’noda ustoz adibning bu asarini o’tgan asr o’zbek adabiyotining o’ziga xos 67 tarixi, desak yanglishmaymiz. XX asr o‘zbek publitsistikasi taraqqiyotida yozuvchi Said Ahmad ijodining o‘rni, yozuvchi esselalarining janr xususiyatlari haqida so‘z borar ekan albatta uning “Yo‘qotganlarim va topganlarim” to‘plami (1998)ga kiritilgan esselari kattaahamiyatga ega ekanligi va yuksak leksik vositalarning qo‘llanish xususiyatlari, bunday vositalarning matnda obrazlilik hamda ta’sirchanlikni oshirishdagi roli kabi masalalari ko’ndalang turadi. Mazkur kitob o‘zbek uslubiyati va publitsistik nutq uslubiyatini yangi fakt va dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmadning publitsistik asarlarini tilshunoslik nuqtai-nazaridan funksional-semantik va uslubiy jihatdan kengroq tadqiq etish uchun yangi imkoniyatlar ochib berdi. Keyingi yillarda o`zbek tilshunosligida badiiy adabiyot tili muammolari bilan shug‘ullanishning jiddiy tus olganligi til birliklarining adabiy asarda namoyon bo`lish xususiyatlarini tobora oydin tasavvur qilishimizga, ularning badiiy adabiyot shakllanishi va badiiy janrlarning ta’sirini kengroq doirada tushunishimizga sababchi bo`lmoqda. Har qanday yozuvchining ijodiy kamolotga erishuvi, eng avvalo, uning milliy g‘oya va qadriyatlarga sadoqati hamda ularni o‘z ijodida lingvopoetik jihatidan nechog‘lik mahorat bilan yuksak darajada ifodalay olish imkoniyatiga bog‘liq. Har qanday tushuncha va har qanday leksik ma’no ham umumlashtirish orqali hosil bo‘ladi. Lekin bunday leksik ma’no muhim va umumlashtiruvchi belgilar asosidagi tushunchani o‘zida aks ettirishi zarur. Tilimizdagi ma’nolarning shakliy va moddiy ifodalanishi, lisoniy birliklardagi turfa ziddiyat va shakldagi ma’nolarning o‘zgarishi, taraqqiyoti benihoya murakkab jarayon bo‘lib, tilday sirli olamning tabiiy takomilini ta’minlaydigan bu zaruriy jarayonlarning qonuniyatlarini kashf etish til ilmidagi azaliy vazifalardan eng muhimidir. Abadiylikka muhrlangan bu qonuniyat so‘z ma’no taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’ladi. Bu kuch ziddiyatlar va ularni ifodalovchi omillar natijasida namoyon bo‘ladi [S.Ahmad.,1998:304-bet]. 68 Tilshunoslikda voqealar rivojini to‘g‘ri va aniq tasvirlab berishda,hayotiy voqea- hodisalarni kishilar ongiga to’g’ri yetkazishda badiiy-publisistik janrlarning ahamiyati muhim rol o‘ynaydi. Esse janiri orqali barcha yozuvchi va shoirlarning ko‘rgan-kechirganlari bizgacha yetib kelgan. Esse janri ikki xil turda bayon etiladi: 1) Badiiy publisistik esselar; 2) Adabiy tanqidiy esselar; [Paluanov B.,2002:26-bet]. Esse – biror bir mavzuni olib talqin qiluvchi, unga aloqador shaxsiy taassurotlar va mulohazalarni bayon etish, tasvirlashga intiluvchi, uncha katta bo‘lmagan, erkin kompozitsiyali nasriy asardir.Buning talqini yozuvchi mahoratiga bog’liq [O‘zbek tilining izohli lug‘ati.2008: 57-bet]. Kitobning “Yo‘qotganlarim” deb nomlangan ilk bobida Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir singari ustoz va safdoshlari haqida muallifning qaynoq mehr bilan yozgan esselari jamlangan. Xalq e’tiboriga tushgan, ustozlarning shonli ijod yo‘lini davom ettirgan Ozod Sharafiddinov, Ne’mat Aminov, O‘tkir Hoshimov, Tog‘ay Murod singari taniqli olim va adiblar haqida muallif cheksiz quvonch va iftixor bilan yozadi. Uning hamqadam, hamkor yozuvchilar, ayniqsa shogirdlari ijodidan tuygan sevinchi, mehri, e’tibor va e’tiroflari bilan kitobning “Topganlarim” bobidagi hayotiy esselarida tanishish mumkin. Ma’lumki, esse janirini o‘rganish badiiy nutqning nasriy matnlarda ifodalash mumkin bo`lmagan tomonlarini ham aniqlashga yordam beradi. Mazkur kitobda badiiy matnda esse janirining ta’sirchanlikni ifodalash imkoniyatlarini o`rganish, so’z estetik imkoniyatlarining badiiy matn mazmunini shakllantirishdagi o`rnini belgilash masalalari yaqqol ochib berilgan.Yozuvchi xotiralari hayotiy yoritilgan. Said Ahmadning Yo‘qotganlarim va topganlarim esse janirida yozilgan asarida tilshunoslikning barcha qirralarini qamrab oluvchi misollarni topish mumkin. Jumladan badiiy tasvir vositalari, fraziologizm, maqolalar, leksik variantlar va ayniqsa esse janri keng va mukammal yaratilgan. “Yo‘qotganlarim va topganlarim” kitobi jonli voqealarning his-hayajonli, ehtirosli tasvir va talqinlari bilan farqlanadi. Undagi xotiralar butun bir davr 69 adabiyotining darslik va qo‘llanmalarda umumiy tarzda aytiladigan ichki jarayonlari haqida teran va batafsil ma’lumot beradi. Shu ma’noda ustoz adibning bu asarini o‘tgan asr o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos tarixi deb bilamiz va uni lingvistik nuqtai nazaridan tahlil qilish, o’rganish davr talablaridan biri hisoblanadi. Ustoz adib Said Ahmadning bu xotiralar-esselar kitobi yoshlar uchun, ayniqsa, badiiy ijod bog’iga kirib kelayotgan navqiron qalamkashlar uchun badiiy so’z olamining turfa sir-asroridan saboq beradigan o’ziga xos adabiyot darsligi, desak xato qilmaymiz. Bu esselar kitobi yosh ijodkorlarni yozishga, elga, yurtga munosib yozuvchi bo’lishga, xalqni sevishga, rostgo’ylik va samimiylikka o’rgatadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling