Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma
Download 0.54 Mb.
|
5 adabiyot dars konspektlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARSNING BORISHI
- III. YANGI MAVZU BAYONI. J onatan SVIFT 1667-1745
Mashg’ulot turi: Amaliy, og`zaki
Mashg’ulot jihozi: 2. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari 3. Doska, bo’r, daftar, ruchka Mashg’ulot jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut 2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut 3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut 4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut 5.O’quvchilarni baholash 3 minut 6. Uyga vazifa 2 minut DARSNING BORISHI: I.Tashkiliy qism: A)Salomlashish. B) Davomatni aniqlash. V) o`quvchilarni darsga tayyorlash II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH 1.Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi haqida so'zlab bering. 2.Shoirning qanday doston va she'riy to'plamlarini bilasiz? 3.Maqsud Shayxzodaning dramatik asarlaridagi tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar haqida so'zlab bering. 4.O'zbek adiblaridan yana kimlarning she'riy ertak-dostonlari sizga tanish? III. YANGI MAVZU BAYONI. J onatan SVIFT 1667-1745 Buyuk ingliz adibi Jonatan Svift 1667- yilda Irlandiyaning poy- taxti Dublinda tug'ildi. Otasidan erta ajralgan yosh Jonatan uzoq yil- lar muhtojlikda kun kechiradi. Badavlat qarindoshlarining ba'zan ko'rsatadigan yordamini hisobga olmaganda uning tirikchiligi nochor edi. Tabiatan tirishqoq, ilmga tashna Jonatan o'n to'rt yoshida mak- tabni bitirgach, Dublin universitetining diniy bilimlar fakultetiga o'qishga kiradi, uni bitirmay Angliyaga ketadi. U bir necha yil Qirol- likning sobiq ministri Vilyam Templning saroyida kotib bo'lib ish- laydi. Templning boy kutubxonasidan foydalanish Svift dunyoqara- shining kengayishida muhim omil bo'ladi. Keyinchalik Svift universi- tetni bitiradi, dissertatsiya yoqlab, magistrlik unvonini qo'lga kiritadi. Svift badiiy ijod bilan shug'ullana boshlaydi. Uning ilk asarlari tez- da xalq o'rtasida shuhrat qozonadi. Adibning ketma-ket «Kitoblar jan- gi», «Bochka cho'pchagi», «Movutfurush xatlari» kabi hajviy kitoblari nashr etiladi. Biroq Sviftga haqiqiy shuhratni uning «Gulliverning sa- yohatlari» romani olib keldi. Asarning to'liq nomi «Lemyuel Gulliver- ning jahondagi bir necha olis mamlakatlarga awalo jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari» deb atalib, u 1726- yilda yaratilgan. Roman ajoyib-g'aroyib voqealarga, kulgili holatlarga boy. Asar bir qarashda shunchaki kulgi uchun bitilgan bo'lib tuyulsa-da, uning zamirida achchiq kmoya, zaharxanda yotibdi. Muallif bu asar orqali Angliya davlatmmg tartib-qoidalari, urf-odatlari ustidan kuladi. «Gul- liverning sayohatlari» romani to'rt qismdan tashkil topgan. Birinchi qismda Gulliverning liliputlar - mitti odamlar mamlakatidagi sargu- zashtlari hikoya qilinadi. Mitti odamlarning hayot tarzi, davlat tartibla- ri Angliyanikiga o'xshash. Mitti odamchalar yashaydigan mamlakatda ham qirol, ministrlar, harbiylar, dengiz floti va turli-tuman qonunlar mavjud. Liliputiyada ham Angliyadagi kabi partiyalar bor. Ular ham Angliyadagidek o'z manfaatlarini o'ylab janjallashadilar, bahslashadi- lar. Bu partiyalar baland poshnalilar va past poshnalilar deb ataladi. Mazkur partiyalar vakillari qanchalik mitti bo'lsalar ularning maqsad va o'ylari ham o'zlari kabi arzimas va jo'n. Ularning siyosatlari orasi- dagi farq poshnalarining baland yoki past bo'lganligidadir. Liliputiya davlatining qo'shni Blefusku davlati bilan nizolari sababi ham arzimas va kulgili - ular tuxumni qaysi tomonidan chaqishda kelisha olmaydi- lar. Birlari tuxumni uch qismidan sindirish kerak desalar, birlari poy- nak qismidan sindirish kerakligini uqtiradilar. Svift ularning bu kelish- movchiliklari arzimas va bachkana ekanligi ustidan kular ekan, ayni paytda Angliyadagi diniy, siyosiy parokandalik sabablari hech qanday ahamiyatga molik bo'lmagan ixtiloflar ekanligini uqtirgandek bo'ladi. Romanning ikkinchi qismida Gulliverning ulkan odamlar yurti - Brobdingnegga sayohati hikoya qilinadi. Bu mamlakatda Gulliver tes- kari holatga tushadi - Liliputiyadagi odamlardan nafratlangan bo'lsa, ushbu mamlakat odamlarining tanti, oliyjanob, ma'rifatparvarligiga qoyil qoladi. Asarning uchinchi qismi Gulliverning olimlar mamlakati - Laputa- dagi sayohatlariga bag'ishlangan. Bu yerdagi Buyuk akademiya bilan tanishib, umri behuda sarflanayotgan olimlar ishini ko'radi. Ularning real hayotdan ajrab qolib, foydasiz ixtirolar bilan bandliklari muallif kulgisini qo'zg'aydi. Ayniqsa, bir olimning bodringdan quyosh ener- giyasini ajratib olib, undan yoz sovuq kelganda foydalanishga ahd qilganini, yana bir «alloma»ning uyni poydevoridan emas, tomidan boshlab qurish kashfiyoti haqidagi loyihasi - buning isboti sifatida hasharotlar - asalari va o'rgimchak faoliyati misol qilib keltirilganini ko'rib kishi o'zini kulgidan tiya olmaydi. Yozuvchi haqiqiy olimlar ustidan emas, soxta fan kishilari ustidan kuladi. Romanning to'rtinchi qismi Gulliverning guigngnmlar mamlaka- tiga qilgan sayohati haqida. Muallif Gulliverning bu sayohatini o'tkir zaharxanda, nafratli kulgi bilan tasvirlaydi. Bu mamlakatda inson qiyo- fasidagi ikki oyoqli maxluqlar yexular va aqlli, dono, halol mehnat bilan kun ko'ruvchi otlar yashaydilar. Yexular jirkanch, hazar qiladigan darajada tuban kimsalar. Ular Sviftning Angliyadagi vatandoshlarini eslatadilar. Ular o'z manfaatlari uchun bir-birlarini halok qilishga tay- yor. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling