Bayronning “Manfred”, Nozim Hikmatning “Inson manzaralari”, Mahmud Hodiyning “Ozodlik lavhalari”, Karlo Kaladzening “Dengiz xayoli”
6. “Eng uzoq yozilgan tarjimai hol” muallifi?
Rauf Parfi
7.Qo`lidan kelmaydigan ish…?
She’r yozmaslik
8.Niyati: tinish belgilari singari sodiq bo`lmoq. Nimaga?
Kasbiga, darslarga va orzularga
9.Abdulla Qodiriyning xotirasiga bag`shlab qaysi she’rni yozdi?
“Ona Turkiston”
10. “Ko`ringiz tarixni, ey turkiy xalqim,
Ko`zimda ertaning sevinchi xolos.
Ul Turondir. Turkistondir? U balkim
Ichimni kemirgan qadimiy qasos” misralari qaysi she’rda kelgan?
“Ona Turkiston”
11. “O`, ona Turkiston, kuylayman yonib,
Dunyo jur’atini berding qo`limga” misralari qaysi she’rida kelgan?
“Ona Turkiston”
12.Qanday she’rlarini bilasiz?
“Cho`lpon”, “Ona Turkiston”, “Abdullajon marsiyasi”, “Tong otmoqda”, “Yomg`ir yog`ar”
13. “Shu ojiz holimga shoirmanmi men?”deb kim aytadi?
Cho`lpon
14. “Boshida qora qish, oppoq bahorlar” satrlari qaysi she’rda uchraydi?
“Cho`lpon”
15. “Yomg`ir yog`ar, shig`irlab yog`ar,
Yog`a boshlar qog`ozga ko`ngil”, deganda yomg`ir nimaning ramzi bo`lib kelgan?
Ilhomning
16. “Ona Turkiston” she’rida fikr va tuyg`ular bayonchisi kim?
Abdulla Qodiriy
17. “Ishq so`zidan kuydi bulbul maskani.
Til bilan kuylanmas ona vatanim”
Misralari orqali qaysi tuyg`u ifodalangan?
Vatan ishqini yoniq yurak bilan kuylash istagi
18. “Tong otmoqda” she’rida tong o`z ma’nosidan tashqari yana qanday ramziy tushunchani ifodalaydi?
Yorqin kelajak, ozod hayot, erkin turmush, inson hurligi
19.Qaysi she’rida tabiat hodisasi so`zlar shakldoshligi va tovushlar takrori vositasida go`zal ifoda etilgan?
“Yomg`ir yog`ar”
20. Rauf Parfi qanday fikrlashda moyil shoir?
Do'stlaringiz bilan baham: |