Ra’noga sabr qilishi zarurligini tushuntirish uchun
18. Anvarni o`z ixtiyori bilan xon huzuriga borishdan qaytarolma-gan Qobilboy nima uchun ukasining xayrlashuviga javob bermay chiqib ketadi?
Gapiga kirmagan ukasidan xafa bo`ladi
19. Xon tomonidan Anvar o`limga buyurilgan lavhada kimning xatti-harakatini jasorat sifatida baholash mumkin?
Muhammad Niyoz
20. Qobilboy va uning ikki do`sti qanday qilib Anvarni qutqarishga muvaffaq bo`lishdi?
Xalq ularga yordam berdi
HAMID OLIMJON (1909-1944)
1. Onasi ?
Komila aya
2. Otasidan ajralgach, kimning qo`lida tarbiya topadi?
Bobosi Azimbobo
3. Birinchi she’rlar to`plami?
“Ko`klam” (1929-yil)
4. Dostoni?
“Zaynab va Omon”
5. Ertagi?
“Semurg`”
6. Qanday she’rlarini bilasiz?
“O`zbekiston”,
“O`rik gullaganda”,
“Holbuki tun”,
“Kuygay”, “Sevgi”
7. “Holbuki tun” she’rining ilk satrlaridagi qaysi so`z muayyan kayfiyat va musiqiy ohangni vujudga keltirishga xizmat qilmoqda?
Shag`irlaydi
8. Quyidagi misrada qanday she’riy san’at qo`llangan?
“Soyga tushdim, ko`kka chiqdi oy”
Tazod
9. “Holbuki tun” she’rida qanday holat tasvirlangan?
Tunda ham to`xtamaydigan hayot
10. G`azalning ikkinchi baytidagi “gulg`uncha” so`zining ma’nosi?
Ko`z
11. Na bo`lg`ay bir nafas men ham yanog`ing uzra xol bo`lsam,
Labing yaprog`idan tomgan ki go`yo qatra bol bo`lsam
Satrlar muallifi?
Hamid Olimjon
ZULFIYA (1915-1996)
1. Otasi?
Isroil degrez
2. Mening onam, o`zining ta’biricha, “usti butun-ichi tutun” ayollardan edi, deb kim aytadi?
Zulfiya
3. Birinchi she’rlar to`plami?
“Hayot varaqlari” (1932-yil)
4. Qanday she’rlarini bilasiz?
“Sen qaydasan, yuragim”,
“Ne baloga etding mubtalo!”,
“Sensiz”, “Oydinda”
5. Qayga ketding, yuragim,
Bitdi bardosh va toqat.
Suhbatingdir tilagim,
Tilda hasratim qat-qat
“Sen qaydasan, yuragim”
6. “Sen qaydasan, yuragim” she’rining lirik qahramoni?
Do'stlaringiz bilan baham: |