63 bob, 20 maqolat, 3988 bayt
32.Maqolatlar “Xamsa”ning yana qaysi dostonida uchraydi?
Hech qaysi
33. Navoiy Yaratganning qaysi amrini birlamchi bilib,
“Barchasi bir yon-u, bu bir yon” deb hukmdorga uqtiradi?
Xalq g`amini yeyishni
34. “Zulm o`zinga fisqdur, ey hushyor,
Gum qil ani, bo`lsa sanga hush yor”
Qanday she’r san’ati qo`llangan?
Tajnis
35. “Shoh G`oziy” hikoyati “Xamsa”ning qaysi dostonida berilgan?
“Hayrat ul-abror”
36. “Shoh G`oziy” hikoyatidagi da’vogar kampir hikoyat so`ngida qanday nom bilan shuhrat topgan?
“Zoli zar” (“Oltin kampir”)
37.Kampir nima uchun o`z da’vosidan kechib, uzr so`radi?
Shoh adolatiga iqror bo`lib
38.Qozining talabiga ko`ra kampir keltirgan 2 guvoh nima?
Shohning adolati va insofi
39. “G`oziy” so`zining ma’nosi nima?
G`olib
40. “Mehr va Suhayl” hikoyati “Xamsa”ning qaysi dostonida keltirilgan?
“Sab’ai sayyor”
41. “Mehr va Suhayl” nechanchi iqlim yo`lidan kelgan musofir hikoyati?
Beshinchi
42.Jobir qayerlik?
Adan
43.Suhaylning otasi kim va u qayerning podshosi?
No`mon, Yaman podshosi
44.Mehrning otasi kim va u qayerning podshosi?
Navdar, “Bihishtsaro”
45. “Suhayl” so`zining ma’nosi nima?
Porloq yulduz
46. “Jobir” so`zining ma’nosi nima?
Jabr qiluvchi
47. “Mehr” so`zi qizning ismini bildirish bilan birga yana qanday ma’noni anglatadi?
Quyosh
48.Jobir dengizda kemalar ko`ringanidan qanday xabar topardi?
Diydabonlar orqali
49. “Diydabon” so`zining ma’nosi?
Kuzatuvchi
50. “Maylni qo`yki, volayi zor ul,
Jon berib vasliga xaridor ul” misralarida kim haqida so`z ketyapti?
Do'stlaringiz bilan baham: |