Adabiyot toshkent – 2022 10
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
Sotiboldi Yo‘ldoshev tarjimasi
1. Muallif asarga Sancho Pansa obrazini nima maqsadda olib kirgan deb o‘ylaysiz? 2. Mazkur bobda Sanchoning xarakteriga xos qanday xususiyatlarni kuzatdingiz? 3. Dunyoning ko‘p tillarida “shamol tegirmonlariga qarshi kurashish” iborasi mavjud. Bu ibora nimani anglatadi? Javobingizni matn asosida izohlang. Don Kixot va Sancho Pansa haykali. Madrid, Ispaniya ? 141 MUHOKAMA QILAMIZ 1. Asar sizda qanday taassurot qoldirdi? Siz uni kulgili parodiya sifatida qabul qildingizmi yoki jiddiy asar sifatida? Fikringizni asoslang. 2. Sizningcha, don Kixot qanday obraz? U haqidagi dastlabki va keyingi qarashlaringizni qiyoslang. Nimalar o‘zgardi? 3. Don Kixot ideal deb bilgan, amal qil- moqchi bo‘lgan ritsarlik qonun-qoidalari va uni o‘rab turgan reallik o‘rtasidagi kontrast nimalar- da namoyon bo‘ladi? Don Kixot nima uchun re- allikni boricha qabul qilishni istamaydi? 4. Servantesning ushbu asari “donkixotlik” tushunchasining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu tushunchaga turlicha ta’rif berish mumkin. Siz “donkixotlik” tushunchasiga qanday ta’rif berasiz? Jadvalni davom ettiring. “Donkixotlik” tushunchasiga ta’rif Matndan misol reallik va o‘zlik o‘rtasidagi ichki qarama-qarshilik adolat o‘rnatish yo‘lidagi besamar harakat o‘z ideallari uchun kurash Sizningcha, “Donkixotlik” ijobiy hodisami yoki salbiy? Nima uchun? LOYIHA Guruhlarda ishlang. Tasavvur qiling, don Kixot va Sancho Pansa bu- gungi O‘zbekistonga kelib qolishdi. Ular nimadan hayratlanishgan, ni- madan esa g‘azabga tushgan bo‘lardi? O‘zbekistonliklar ularni qanday qabul qilgan bo‘lardi? Don Kixot va Sancho Pansaning O‘zbekistondagi bir kunini tasvirlab hikoya yoki sahna asari yozing. “Don Kixotning tasavvurlari”. Meksikalik rassom Oktavio Okampo ishlagan surat (1989-yil) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling