―Adabiyot va san‘at, madaniyatni rivojlantirish xalqimiz ma‘naviy


Download 252.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi252.16 Kb.
#1390605
  1   2   3
Bog'liq
Diplom ishi



―Adabiyot va san‘at , madaniyatni 
rivojlantirish xalqimiz ma‘naviy 
olamini
yuksaltirishning mustahkam 
poydevoridir‖. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M. Mirziyoyev 
―The development of literature , art and 
culture is a solid foundation for the 
encouragement of the spiritual 
world of our people ‖. 
Sh. M. Mirziyoyev 
Presedent of the Republic of Uzbekistan . 
Sizga choy yoki qahva? 
- ...Menga tog‗lar, iltimos! 
O‗zbekiston o‗zining boy madaniyati, asrlarga ta‗tigulik urf-odatlari, g‗aroyib ob-
havosi va albatta betakror tabiati bilan mashhur. O‗zbekiston tog‗lari — bu, shahar 
shovqini ortda qolib, ranglar boyligi ko‗zlarni quvontiradigan yurt boyligidir.
 
O‗zbekiston tog‗lari chiroyli va ulug‗vor ko‗rinishga ega, shuning uchun ular 
haqida abadiy gapirish mumkin. Tog‗larga talpinmaydigan insonning o‘zi 
bo‗lmasa ham kerak. Tog‗larga tashrif buyurgan insonning o‗zgacha quvvatlanishi, 
tabiatning ajoyibotlaridan bahramand bo‗lish, Xudoning ajoyib yaratuvchi 
ekanligiga hech qanday shubha qoldirmaydi. 
Tog‗ tizmalarining maydoni yuz ming kvadrat metrga yetishi mamlakatimizning 
umumiy maydonidan 20% ni egallaydi, bu juda katta ko‗rsatgich. O‗zbekiston 
tog‗lari dunyodagi eng baland tog‗lar sirasiga kirmasa ham, ular eng go‗zallari 
qatoriga kiradi. Tog‗larning o‗rtacha balandligi ikki dan to‗rt ming metrgacha 
yetadi. To‗rt ming kishilik aholi vakillari yetib borish qiyin bo‗lgan joylarda 
istiqomat qilishadi va ulargacha yetishish juda qiyin vazifalardan biridir. Eng 
baland tog‗-Hazrat Sultonning tepaligi bo‗lib, Surxondaryo viloyati chegarasida 


Tojikiston bilan Hisor tog‗ tizmasida joylashgan, uning balandligi 4643 metrga 
yetadi. 
Ajablanarlisi shundaki, hatto baland tog‗larda ham ko‗plab qishloqlarni topishingiz 
mumkin. Shunisi diqqatga sazovorki, bunday qishloqlar Markaziy Osiyo 
qishloqlarining an'anasi bilan ajralib turadi. Agar siz ko‗p asrlik tog‗ qishloqlarini 
ko‗rishni istasangiz, eng yaxshi insonlar bilan tanishib, eng sof mahsulotlardan 
an'anaviy taomlarni tatib ko‗rishni va tog‗larning chiroyli ko‗rinishidan 
zavqlanishni xohlasangiz, O‗zbekistonning ajoyib tog‗lariga marhamat 
qiling!Shunday ajoyib to‘g‘lardan biri bu -Bobotog‘. 
BOBOTOGʻ — 
Surxondaryo viloyatining
 sharqidagi togʻ 
tizmasi. 
Oʻzbekiston
 va 
Tojikiston
 Respublikalari 
chegarasida, 
Surxondaryo
 va 
Kofarnihon
 daryolari oraligʻida shimoli-sharqdan 
janubi-gʻarbga tomon 
Amudaryo
 sohiligacha choʻzilgan. Uzunligi kariyb 125 km, 
eni 30– 40 km. Eng baland choʻqqisi — 
Zarkosa
 togʻi, 2290 m. 
Asosan 
paleogen
 va 
yura davri
 
ohaktoshlari

gil

alevrolit

qumtoshlardan
 tarkib 
topgan. Bobotog‘ning sharqiy yon bagʻri tik va ensiz, togʻ oldi tekisliklari 
Kofarnihon daryosi terrasalarida joylashgan. Gʻarbiy yon bagʻri ancha yotiq va 
keng, asosiy qismi past togʻlardan iborat. Bobotog‘ning yon bagʻirlari koʻplab 
quruq soylar bilan parchalangan. Bu yerda 
karst
 keng tarqalgan. Iqlimi quruq va 
keskin kontinental. Oʻrtacha yillik havo temperaturasi togʻ etaklarida 16°, oʻrtacha 
balandliklarda 8—10°. Yillik yogʻin miqdori 170 mm dan 350–400 mm gacha. 
Togʻ yon bagʻirlarida buloqlar, qish va bahorda toʻlib oqib, yozda qurib qoladigan 
soylar bor. Boʻz va jigarrang togʻ tuproqlarida xilmaxil efemer, efemeroid 
oʻsimliklar oʻsadi. 800–900 m balandliklarda naʼmatak, zirk, bodom va pistazorlar 
uchraydi. Undan baland joylarida (
Besharcha
, Zarkosa togʻlari) archazorlar bor. 
Bobotog‘ Oʻzbekistonning yovvoyi togʻ echkilari yashaydigan rayonlaridan biri. 
Togʻ oldilari mol boqiladigan yaylov. 
Qumqoʻrgʻon tumanining
 "Oqqopchigʻay" 
jamoa xoʻjaligida dunyoga mashhur sur qorakoʻl terisi olinadigan qorakoʻl qoʻylari 
boqiladi. Tokchilik xoʻjaliklari ham tashkil qilingan. Bobotog‘ning Kofarnihon 
vodiysida sugʻoriladigan dehqonchilik rivojlangan. Bobotog‘da inson xoʻjalik 
faoliyati taʼsirida eroziya, yaylov degressiyasi (yemirilishi) keng tarqalgan. 
Alohida muhofaza qilinishi zarur boʻlgan landshaft koʻp. 



Download 252.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling