O’quv jarayoni uchun o’qituvchi texnologiyalarni tanlashda quyidagilarga muhim omillar sifatida e’tibor qaratish lozimligini alohida ta’kidlash mumkin:
o’quv jarayonida yangi texnologiyaning o’zi emas, balkim undan foydalanib ta’limning maqsadlariga erishishni ta’minlashning muhimligi;
eng zamonaviy va qimmat texnologiyalar bilan bir qatorda, arzon va an’anaviy texnologiyalar ham samara berishi mumkinligi;
o’qish natijalari telekommunikasiya yoki axborot texnologiyalarining turiga qarab emas, balki kurslarni yaratish va uzatish sifatiga bog‘liqligi;
texnologiyalarni tanlashda o’quvchining shaxsiy xususiyatlariga, alohida olingan fan sohasining o’ziga xos tomonlariga, o’quv mashg‘ulotlari, topshiriqlari va mashqlarining mazmuniga e’tibor qaratish lozimligi;
texnologiyalarni tanlashda, eng samarali yo’llardan biri - bu multimedia yondashuvidir.
Hozirda zamonaviy axborot texnologiyalari ta’limda faol qo’llanilmoqda. Shu bilan bir qatorda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda qator qiyinchiliklar mavjud. Bu quyidagilar bilan izohlanadi: - ta’limni axborotlashtirishga pedagogik jamoalarning еtarli tayyor emasligi; - kompyuter o’rgatuvchi dasturlarning imkoniyatlari haqida tasavvurlarning ozligi, ularni qo’llash bo’yicha metodik ishlanmalarning kamligi; - kompyuter texnologiyalari vositalarining qimmatligi; - ta’limda axborot texnologiyalari bo’yicha mutaxassislarning yеtishmasligi. Bugungi slaydlarga nisbatan talabalar o’zlarining fikrlarini yozish Slaydlarga nisbatan o’quvchilar o’zlarining fikrlarini yozadi va bu orqali ular axborotlar bilan ishlashning quyidagi malakalariga ega bo’ladilar: - grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki teskarisi; - o’zining o’quv-bilish faoliyatini rejalashtirish. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |