Adabiyotlar bilan ishlash


Download 25.09 Kb.
Sana18.12.2019
Hajmi25.09 Kb.

Reja:

  1. Adabiyotlar bilan ishlash

  2. Asosiy qism

  1. Kiyim-kechak, oyoq kiyimlarga qo’yilgan gigiyenik talablari

  2. Sintetik materiallardan tayyorlangan mahsulotlar

  3. Qo’llash gigiyenasi

  1. Xulosa

  2. Adabiyotlar ro’yxati

Bolalar va o‗smirlar gigiyenasi. Prof.G.I Shayxova tomonidan tahrir qilingan.


Toshkent 2004. Kiyim kechak biz uchun birinchidan ahloqiy ehtiyojni qondirish uchun zarur bo’lsa, ikkinchi tarafdan nomuvofiq, noqulay havodan asrovchi birdan – bir vosita hisoblanadi. Past harorat, quyosh nurining to’g’ridan – to’g’ri ta‘siri, qor, yomg’ir,shamol va boshqalar.Kiyish uchun tavsiya qilingan kiyim kechakdan birinchi navbatda tana haroratini boshqarish va tashqi muhit bilan hamkorliqda organism uchun mikroiqlim yaratish talablarga javob berishi nazarda tutiladi. Kiyim bosh juda og’ir va harakatini chegaralamasligi kerak.

“Umumiy gigiyena” B. A. Duschanov, Sh. T. Iskandarova. Toshkent-2008

Ayrim turdagi kiyimlarga bo’lgan gigiyenik talablar.

“Gigiyena amaliy mashg’ulotlar uchun qo’llanma” S. S. solixo’jayev Toshkent-1996 O‘rta Osiyo iqlimi quruq va keskin kontinentalligi bilan farq qiladi. Yoz faslida kunlar juda isib ketadi, namlik juda kam bo‘ladi. Bahor va kuz faslida havo harorati ancha o‘zgaruvchan bo‘lib, kuchli shamol esadi, namlik yuqori bo‘ladi. Qish faslida esa havo harorati past va oqimi kuchli bo‘ladi.

“Umumiy gigiyena bilan ekologiya” L. A. Ponomaryova Toshkent-2011

Oyoq qiyimlari – oyoq kaftini eng qulay holatini ta‘minlashi lozim hamda


oyoqni, sovuqdan, namliqdan ifloslanish va jarohatlanishdan saqlashi qeraq, 247 yurgan paytda oyoq panjalari 1,5 sm ga uzunlashib va 1,7 sm ga qengayadi, oyoq kiyimning tovon poshnasi 1,5 sm dan oshmasligi shart, ingichka tor va kalta oyoq kiyimlari oyoq panjalarini o’zgartiradi.

“Gigiyena” N. M. Demidenko Toshkent-2004

Ko’p holda yosh qizlarga va ayollarga ko’zimiz tushadi, ular baland poshnali,
to’lishig’i haddan tashqari ingichka va uzun yoki qisqa qilib aytganda ― modadagi tufli kiyganlar buni nimasi yomon Bunday oyoq kiyimini oyoq panjalarida qadoq paydo bo’lishi, oyoq barmoqlarini shaklini va joylashishini o’zgartiradi.

Nurmuxamedova M.X., Nazarova X.A. Gigiyena. ―O‗zR Fanlar akademiyasi‖


nashriyoti. T., 2007 y.

Havo harorati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, organizm haroratini muvozanatda saqlay olish xususiyati kiyimga qo‘yiladigan asosiy gigiyenik shart hisoblanadi. Kiyim, asosan, tabiiy (paxta,


zig‘ir), hayvon (jun, ipak), sun’iy (kapron, neylon, lavsan, shtapel va b.) tolalardan to‘qilgan matolardan tikiladi. Matoning havo o‘tkazuvchanligi qancha yuqori bo‘lsa, uning issiqni saqlash xususiyati shuncha past bo‘ladi.

Fayzullaeva Z.R., Qodirova D.E., Ataulaeva S.G‗. Gigiyena. ―Yangi nashr‖


nashriyoti. T. , 2011 y.

Allergik va teri kasalligiga duchor bo’lgan qariyalar va bolalar sintetik


tolalardan tikilgan kiyimlarni kiymasliklari kerak. Sintetik tolasi bor kiyimlarni
uzoq vaqt kiyib yurish mumkin emas, balki ularni har quni yuvib turish tavsiya
etiladi.

“Umumiy gigiyena va ekologiya” fanidan o’quv-uslubiy majmua

Faslga qarab ham har-xil kiyimlar kiyiladi, ya’ni qishda bir necha kiyim ustma-ust kiyiladi.

www.gigiyena.uz Muomulaga chiqarilgan oyoq kiyimlari kiyish uchun qulay va engil o’zidan


bug’ni yaxshi o’tkazuvchan, suvni kam o’tkazuvchan, kimyoviy jihatdan
mustahqam, tez tozalanadigan va iqlimga mos bo’lishi kerak.

www.wikipedia.com Umurtqa pag’onasining bel qismidagi egilgan joyi, ko’piroq egiladi va natijada


tazning uzunasiga kesimi kamayadi, homiladorliqda, tug’ishda biroz qiyin bo’ladi.

Kiyim kechak biz uchun birinchidan ahloqiy ehtiyojni qondirish uchun zarur bo’lsa, ikkinchi tarafdan nomuvofiq, noqulay havodan asrovchi birdan – bir vosita hisoblanadi. Past harorat, quyosh nurining to’g’ridan – to’g’ri ta‘siri, qor, yomg’ir,shamol va boshqalar.Kiyish uchun tavsiya qilingan kiyim kechakdan birinchi navbatda tana haroratini boshqarish va tashqi muhit bilan hamkorliqda organism uchun mikroiqlim yaratish talablarga javob berishi nazarda tutiladi. Kiyim bosh juda og’ir va harakatini chegaralamasligi kerak. Bundan tashqari kiyim kechak odamning badanini tashqaridan bo’ladigan ifloslanishdan saqlashi lozim.



Ayrim turdagi kiyimlarga bo’lgan gigiyenik talablar.
1. Ichki kiyimlar badanni turli tashqi qitiqlovchi, qo’zg’atuvchi ta‘siridan va turi tuman ifloslanishlardan saqlaydi.
2. Ichki kiyimlar issiqni himoya qiluvchi yumshoq, pishiq hamda oq rangda
bo‗lishi kerak.
3. Qish fasli uchun yupqa yoqi qanopli matolardan tikilishi kerak.
4. Issiq fasllar uchun viskozali matolardan tikilishi ma‘qul.
5. Kuylaklar- asosan paxta, ipak va sherst matolardan tikilgan bo’lishi kerak.
6. Kostyumlar - tabiiy asosga ega bo’lgan jun va sintetik tolalar aralashmasidan tikilgan bo’lishi kerak.
7.Tashqi muhit sharoitlariga organizmning holati va bajariladigan ishning turi va hususiyatiga mos kelishi kerak.
8. Kiyim boshni umumiy og’irligi tana og’irligining 10% gacha miqdorida
bo’lishi kerak.
9. Kiyim boshni tikilishi va bichilishi tana harakatini cheklamasligi kerak.
10. Chang va turli iflosliklardan oson tozalanishi lozim.
11. To’qilgan yoki tikilgan mato yumshoq, shu bilan birga pishiq bo’lsin.
12. Estetik talablarga javob berishi kerak.
Kiyimlar issiqlik o‘tkazishiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi.
Hayvon terisi va parranda patlaridan tayyorlangan kiyim issiqlikni juda kam o‘tkazadi. Ip, zig‘ir tolasi va shohi matolar issiqlikni ko‘proq o‘tkazadi. Jun va ip-gazmollardan tikilgan kiyimlar issiqlik o‘tkazish jihatidan o‘rtacha hisoblanadi. Faslga qarab ham har-xil kiyimlar kiyiladi, ya’ni qishda bir necha kiyim ustma-ust kiyiladi. Bunda kiyimlar orasidagi havo issiqlikni kam o‘tkazadi. Ayni vaqtda organizmni tashqi muhit haroratining o‘zgarishidan himoya qiladi. Kiyimni faslga qarab to‘g‘ri tanlash salomatlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega.
O‘rta Osiyo iqlimi quruq va keskin kontinentalligi bilan farq qiladi. Yoz faslida kunlar juda isib ketadi, namlik juda kam bo‘ladi. Bahor va kuz faslida havo harorati ancha o‘zgaruvchan bo‘lib, kuchli shamol esadi, namlik yuqori bo‘ladi. Qish faslida esa havo harorati past va oqimi kuchli bo‘ladi. Shuning uchun havo haroratiga qarab kiyimlarning gigiyenik xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlash maqsadga muvofiqdir. Kiyimlik mato o‘zida elektrostatik zaryadlarni mumkin qadar kam saqlaydigan, organizmga ta’sir qiladigan mayda zarrachalarni (chang, bakteriya va h.k) o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak. Ichki kiyim (badanga tegib = turadigan) namlikni, havoni yaxshi o‘tkazadigan hamda gigroskopik bo‘lishi lozim. Bunday kiyim organizmdan chiqadigan karbonat angidrid, ter hamda teri orqali ajraladigan boshqa moddalarni, jumladan, suvda eruvchi vitaminlarni, moddalar almashinuvida hosil bo‘ladigan zaharli birikmalarni tashqi muhitga chiqarib yuborish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, kiyimlik matoni yuvish va tozalash oson bo‘lishi lozim. Kiyim yil fasliga, kishining jinsi, yoshi, gavdasi, bo‘yi va bajaradigan ishi xususiyatiga mos bo‘lishi lozim.
Kiyimning gigiyenik xususiyatlari
Havo harorati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, organizm haroratini muvozanatda saqlay olish xususiyati kiyimga qo‘yiladigan asosiy gigiyenik shart hisoblanadi. Kiyim, asosan, tabiiy (paxta,
zig‘ir), hayvon (jun, ipak), sun’iy (kapron, neylon, lavsan, shtapel va b.) tolalardan to‘qilgan matolardan tikiladi. Matoning havo o‘tkazuvchanligi qancha yuqori bo‘lsa, uning issiqni saqlash xususiyati shuncha past bo‘ladi. Bu xususiyat, asosan, matoning xossasiga, qalinligiga, tolasining yo‘g‘on-ingichkaligiga, to‘qilishi va g‘ovakligiga bog‘liq. Namni yaxshi o‘tkazadigan matodan tikilgan kiyim terning bug‘lanishiga yordam beradi. Yupqa va silliq matolar namni tez bug‘lantiradi, jundan to‘qilgan kiyimlar esa, paxta tolasidan
to‘qilgan kiyimlarga nisbatan namni sekin bug‘lantiradi va organizm haroratini bir me’yorda saqlaydi. Namgarchilikda bir necha qavat kiyim kiygan ma’qul, chunki kiymlar orasidagi havo hisobiga u yerda o‘ziga xos „mikroiqlim“ hosil bo‘ladi. rorati ustki kiyimning o‘tkazuvchanlik xususiyatiga bog‘liq.

Oyoq kiyimlariga qo’yiladigan gigienik talablar.


Oyoq qiyimlari – oyoq kaftini eng qulay holatini ta‘minlashi lozim hamda
oyoqni, sovuqdan, namliqdan ifloslanish va jarohatlanishdan saqlashi qeraq, 247 yurgan paytda oyoq panjalari 1,5 sm ga uzunlashib va 1,7 sm ga qengayadi, oyoq kiyimning tovon poshnasi 1,5 sm dan oshmasligi shart, ingichka tor va kalta oyoq kiyimlari oyoq panjalarini o’zgartiradi. Oyoq kiyimlari tabiiy materiallardan charm, jun va sitetiq materiallardan tayyorlanadi. Foydalanishga chiqariladigan oyoq kiyimlarining 63 foizida sintetiq materiallar ishlatiladi. Oyoq kiyimlari qanday materialdan va qaysi formada ishlab chiqarilganidan qa‘tiy nazar, shu erning iqlimiga mos kelishi kerak. Issiq iqlim sharoiti uchun oyoq kiyimlarni tagligi charmdan ishlangani ma‘qul.
Muomulaga chiqarilgan oyoq kiyimlari kiyish uchun qulay va engil o’zidan
bug’ni yaxshi o’tkazuvchan, suvni kam o’tkazuvchan, kimyoviy jihatdan
mustahqam, tez tozalanadigan va iqlimga mos bo’lishi kerak.
Bizga ma‘lumki, odamni oyoq kafti gumbaz yoki kuba shakliga ega va uning
asosini va orqa tayanchini tovon suyagi tashkil qilib, old tarafdan 1 va 2 kaft
suyakdan va 100 tadan ortiq bo’g’indan iborat. Oyoq kaftni gumbaz shaklida
tuzilganligi, tana og’irligi butun kafti barobar taqsimlab, ressora kabi yurishdagi har bir siltovni yumshatib beradi. Shuning uchun kundalik kiyish uchun keng, past poshnali oyoq kiyimi bo’lishi kerak. Bu holda tana og’irligi oyoq kiyimiga bir hilda taqsimlanib, yurganda oyoqni charchatmaydi, oyoq panjalari bemalol joylashadi.
Ko’p holda yosh qizlarga va ayollarga ko’zimiz tushadi, ular baland poshnali,
to’lishig’i haddan tashqari ingichka va uzun yoki qisqa qilib aytganda ― modadagi tufli kiyganlar buni nimasi yomon Bunday oyoq kiyimini oyoq panjalarida qadoq paydo bo’lishi, oyoq barmoqlarini shaklini va joylashishini o’zgartiradi.
Tirnoqlarni noto’g’ri o’sishiga imkon yaratadi va yassi tovonlikni keltirib
chiqaradi. Baland poshnali oyoq kiyimi umuman zararli, qachon-ki uni doimo
kiyib yurilsa, ayniqsa yosh o’suvchi organizm uchun, baland poshnali tuflida
yurishni qadam tashlashni, omonat qilib oyoq bo’g’imlari va oyoq paylari buzilib
ketishi hafini tug’diradi. Bundan tashqari yurganda gavda orqa tomonga tashlanib
turadi. Chunki baland poshna siljiydi. Natijada mushaklar o’ta zo’riqadi, vaqt
o’tishi bilan gavdani holati ham o’zgarib, ichki organning siljishiga sabab bo’ladi.
Umurtqa pag’onasining bel qismidagi egilgan joyi, ko’piroq egiladi va natijada
tazning uzunasiga kesimi kamayadi, homiladorliqda, tug’ishda biroz qiyin bo’ladi.
SHuning uchun oyoq kiyimni xarid qilar ekanmiz, o‘zimizni oyoq panjalarining
kun davomida uzayib va torayib turishligini yoddan chiqarmasligimiz kerak.
Yomg’irli kunlarda mikropona poshnali ( suv o’tkazmaydigan ) etiklardan, yozda esa havoni yaxshi o’tkazadigan sandallardan foydalanish lozim.

Tabiiy tolalar. Turmushda tabiiy, ya’ni o‘simlik tolalari (paxta, zig‘ir va h.k)dan to‘qilgan matolarga ehtiyoj katta. Bir xil tolalardan har xil gigiyenik xossalarga (issiq, sovuq, qalin, dag‘al, g‘ovak va h.k.) ega bo‘lgan kiyim-boshlar tikiladi. Junning issiqlik o‘tkazmaslik xususiyati yuqori bo‘lib, zig‘ir va ipak tolasi undan keyingi o‘rinda turadi. Ip gazlamadan to‘qilgan kiyim yuvilganda yoki nam tortganda o‘zining dastlabki ko‘rinishini yo‘qotadi. Issiqni saqlash xususiyati ham kamayadi. Jundan to‘qilgan gazlamalarning gigroskopik xususiyati yuqori bo‘lib, boshqa tabiiy tolalarga nisbatan namni yaxshi shimadi. Pishiq to‘qilgan, yumshoq va g‘ovak matolar gigiyena talablariga mos keladi.


Sun’iy tolalar. Sun’iy tolalar o‘tgan asrda birinchi marta yog‘och sellyulozasidan olingan. Sun’iy tolalardan tikilgan kiyimlarning asosiy kamchiligi—nam tortganda uzoq vaqt quriydi va quriyotganda organizmdan issiqlikni ko‘p tortib oladi. Unda elektrostatik zaryadlar paydo bo‘ladi. Bu zaryadlar kishi badaniga noxush ta’sir qiladi: terini qichishtiradi, badanga va kiyimga yopishadi. Sintetik kiyimlar namni kam shimishi tufayli, ter va yog‘ bezlari faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Har xil teri kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.
Lavsan tolasi jun tolasidan 3 baravar mustahkam bo‘lib, issiqqa va kimyoviy ta’sirga, quyosh nuriga chidamli, yuvganda o‘zgarmaydi. Ko‘pincha tabiiy tolalar bilan sintetik tolalar qo‘shib to‘qiladi. Bunda mato pishiq, havo o‘tkazadigan, g‘ijimlanmaydigan va gigiyena talablarga javob beradi.

Polimer materiallarning – hozirgi vaqtda kundaliq turmushda plastika va


kimyoviy talablar, plyonkalar, emallar, laklar ko’plab ishlatilmoqda. Bu materiallar ko’p miqdorda uy- joy va sanoat qurilishlarida, santexnika jihozlarini tayyorlashda, mebel ishlab chiqarishda, oziq-ovqatda ishlatiladigan yangi idishlar, buyumlarni solishda ishlatiladigan qop va yashiklar, kiyim bosh va oyoq kiyimlari tayyorlashda keng ko’lamda ishlatilmoqda.
Polimer materiallari – deganda yuqori malekulali murakkab organik
birikmalar tushuniladi. Ko’pgina kartonlarni olishda asosiy mahsulot sifatida
ko’mir, neft, va tabiiy gaz ishlatiladi. Kiyim bosh tayyorlashda ishlatiladigan
su‘niy tolalar sellyuloza asosiy bunyodga keladi ( viskoza , atsetat, triatsetat).
Bundan tashqari sintetik poliakrilamid asosida nitron tolalari ham keng
ko’lamda ishlatiladi. Nisbatan kam miqdorda polivinilxlorifen ( xlorin)
polipropilenli, polivinil spirti tolalari qo’llaniladi.
Bo’shliqda harorat 34-37 0 S etar ekan. Havoning harorati pasayishi bilan
kiyim osti bo’shlig’i harorati ham pasaya borar ekan.
Paxtadan to’qilgan matolardan tikilgan kiyimlar osti bo’shlig‗idan xarorat
400S dan ham oshib ketar ekan va natijada organizmni issiqlab ketishini vujudga keltirar ekan. Shoyi o’zidan juda ham issiqlikni o’tkazadi, shuning uchun badanni sovuq olishdan himoya qiladi.
Sintetik gazlamalarda o’ziga namni olish hususiyati past. SHuning uchun
yilning issiq kunlarida sintetik tolalardan tikilgan kiyimlarda odam o’zining xuddi sovut kiyib olganday his qiladi.
Allergik va teri kasalligiga duchor bo’lgan qariyalar va bolalar sintetik
tolalardan tikilgan kiyimlarni kiymasliklari kerak. Sintetik tolasi bor kiyimlarni
uzoq vaqt kiyib yurish mumkin emas, balki ularni har quni yuvib turish tavsiya
etiladi. Bunday kiyimlarni kir holda ham saqlash mumkin emas, chunki kir
tolalarga shimishib qolib, uning rangini va ko’rinishini o’zgartirib yuboradi.

Xulosa. Kiyim-boshlar va oyoq kiyimlari gigiyenasini. Xo’jalikda sintetik polimer materiallaridan tayyorlangan va keng qo’llanadigan buyumlar, o’rov-bog’lab materiallari, idishlarni qo’llash gigiyenasini o’rganish talabalarda kiyim-bosh va oyoq kiyimlarni tanlashda ahamiyat berilishini tushunish osonlashadi.



Adabiyotlar ro’yxati

  1. . Bolalar va o‗smirlar gigiyenasi. Prof.G.I Shayxova tomonidan tahrir qilingan.
    Toshkent 2004.

  2. “Umumiy gigiyena” B. A. Duschanov, Sh. T. Iskandarova. Toshkent-2008

  3. “Gigiyena amaliy mashg’ulotlar uchun qo’llanma” S. S. solixo’jayev Toshkent-1996

  4. “Umumiy gigiyena bilan ekologiya” L. A. Ponomaryova Toshkent-2011

  5. “Gigiyena” N. M. Demidenko Toshkent-2004

  6. Nurmuxamedova M.X., Nazarova X.A. Gigiyena. ―O‗zR Fanlar akademiyasi‖
    nashriyoti. T., 2007 y.

  7. Fayzullaeva Z.R., Qodirova D.E., Ataulaeva S.G‗. Gigiyena. ―Yangi nashr‖
    nashriyoti. T. , 2011 y.

  8. “Umumiy gigiyena va ekologiya” fanidan o’quv-uslubiy majmua

  9. www.gigiyena.uz

  10. www.wikipedia.com


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling