Adabiyotlar sharhi
Jiydaning zarari va nojo‘ya ta’siri
Download 261.05 Kb.
|
adabiyotlar sharhi docx
Jiydaning zarari va nojo‘ya ta’siri
Homilador va emizikli ayollar uni iste’mol qilishdan o‘zlarini tiyishlari tavsiya etiladi. Jaloliddin Nuriddinov tayyorladi 25 yanvar 2017 yil JIYDAJIYDA (Elaeagnus L.) — jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Jan. Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shim. Amerikada o‘sadigan 40 ga yaqin turi bor. O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonda Jiydaning qarg‘ajiyda. (Ye. angystifola; yovvoyi holda o‘sadi), sharq jiydasi (Ye. orientalis), tikanakli Jiyda (Ye. pungens), kumushsimon Jiyda (Ye. argentea), non J. (Ye. cdulls) turlari o‘sadi. Sh a r q J. sining bargi oddiy, ensiz, kumushrang. Daraxti 8—10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz. Guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushbo‘y, efir moyli. Mevasi sarg‘ish, mag‘izsiz danakli, eti 31,2—88,7%, unsimon, xushxo‘r. Tarkibida 46—65% qand, 10% oqsil, 1,3% kislota, 200 mg% S vitamini mavjud. Jiydaning mevasi yangiligida yoki quritib iste’mol etiladi. Mevasidan spirt va kuchsiz alkogolli ichimliklar tayyorlanadi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Yog‘ochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfyumeriya sanoatida, gulidan efir moy olinadi. Jiyda qurg‘oqchilikka chidamli, yer osti suvlari yuza va sho‘r tuproqlarda ham o‘saveradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan ko‘payadi. Ko‘chati o‘tkazilgach, 3—5 – yili hosilga kiradi. May—iyun oyida gullaydi, mevasi sent. —okt. da pishadi. Bir tupi 50 kg gacha hosil beradi. Jiyda 60—80 y. yashaydi. Non Jiyda mevali daraxt sifatida ekiladi, o‘rta bo‘yli daraxt. Sernam yerlarda yaxshi o‘sadi. Serhosil. Mevasi yirik, mazali, qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli. O‘zbekiston o‘rmonchilik i. t. in-tida uning 20 ga yaqin navi ta’riflangan (Qizil J., Ra’no, Urganch, Xurmoy, Toshkent deserti, Cho‘li qandak, Kizil qandak va b.). Hoz. davrga kelib sanoat ahamiyatini yo‘qotdi. O‘zbekiston, Tojikiston va ko‘pgina mamlakatlarda ayrim tomorqa bog‘larida havaskorlar ekadi. Ko‘proq yo‘l yoqalari, kanal bo‘ylari, dala-ihota o‘rmon mintaqalari, tashlandiq yerlarga ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi. Azimov E., Non jiyda, T., 1967. Download 261.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling