Adabiyotlar sharxi


Download 43.95 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi43.95 Kb.
#1574406
Bog'liq
adabiyotlar sharxi


Adabiyotlar sharxi
Bolalar va o‘smirlar oqilona ovqatlanishi ularning yaxshi o‘sishi , turli a’zolari va to‘qimalari morfologik tuzulishi va funksiyasining o‘z vaqtida yetilishi, psixomotor va aqliy rivojlanishining maqbul ko‘rsatgichlari, organizmning infeksiyalar va boshqa yomon tashqi omillar tasiriga chidamliligi oshishini ta’minlovchi eng muhim shartlardan biridir. Bolalarning oqilona ovqatlanishi, xuddi ularning sog’ligi kabi, davlatning alohida e’tiborida turmog’i lozim.
Bolalardagi asosiy almashinuv qiymati kata odamlardagi asosiy almashinuvga nisbatan 1.5-2 marta yuqoridur. Asosiy almashinuvning qiyosiy o‘lchami (1 kg. tana vazniga kilokaloriyalar hisobida) yosh o‘tgani sayin kichraya boradi. 2-3 yoshlilarda-55, 6-7 yoshlilarda-42, 10-11 yoshlilarda -33, 12-13 yoshlilarda-34, kattalarda-24 kilokaloriyani tashkil etadi.
Ovqatlanish gigyenasi sohasidagi mutahasislarning fikricha sog’lom ovqatlanish formulasi uchta teng tarkibiy qismlar –iqtisodiy imkoniyatlar, oziq-ovqatlarning xilma-xilligi va oqilona ovqatlanishborasidagi bilim darajasining yig’indisidan iboratdir. [Shayxova G.I. Bolalar_va_o‘smirlar_gigiyenasi. Toshkent_2011 y. 205-220 bet]
1.Bolalar ovqatlanishining fiziologik meʼyorlari ularning yoshlariga bogʼliq holda hisoblangan. Hozirgi vaqtda bolalarning sakkizta yosh guruhlari ajratiladi, ularning ovqatlanishi esa quvvatiy qiymati va 25 ta nutrientlar boʼyicha meʼyorlanadi. Qoʼshimcha ravishda olti yoshdagi oʼquvchilar guruhi ajratiladi, 11 yoshdan boshlab esa ovqatlanish meʼyorlarining jinsiy darajalanishi kiritiladi.
Maktabgacha muassasalarda ovqat ratsionlarini tuzishda bolalarning yoshi, ularning asosiy nutrientlarga boʼlgan ehtiyoji, salomatlik holati, individual xususiyatlari, shuningdek, yil vaqti, iqlimiy, milliy va boshqa oʼziga xos tomonlari hisobga olinadi. Hozirgi vaqtda maktabgacha taʼlim muassasalaridagi bolalar ovqatlanishlarini tashkil etish uchun bolalar guruhlarining yoshi boʼyicha va bolalarning qatnash tartibiga koʼra tabaqalangan tahminan 10 kunlik taomnomalar ishlab chiqilgan. Maktabgacha muassasadagi barcha bolalarga ozuqa moddalari va quvvatga boʼlgan sutkalik ehtiyojining 75 ... 80 % ini taʼminlovchi uch martalik ovqat olishlari kerak. Bola muassasada sutka davomida boʼlganida, sutkalik ratsionning 25 % ini tashkil etuvchi toʼrtinchi marta ovqatlanish kiritiladi. Maktabgacha yoshdagi muassasalarda tayyor taomlarning S vitamini bilan, zarurat tugʼilganida esa, boshqa vitaminlar bilan ham boyitilishi oʼtkaziladi. Bolalarning tashkillashtirilgan ovqatlanishini nazorat qilish tibbiy xodimlar (har kuni) va davsanepidnazoratni amalga oshirish uchun vakolatli boʼlgan hududiy muassasa xodimlari (rejali) tomonidan amalga oshiriladi. [OVQАTLАNISh GIGIENАSI. Shayxova G.I., Baxritdinov Sh.S., Salomova F.I., Аlimova 360-365 bet]
3.Ovqatlar bilan organizm oqsillar, yog'lar va uglevodlar kabi murakkab organik moddalarni oladi. Bu moddalar organizm tomonidan o‘sish jarayonida va atrofiyaga uchragan hujayralaming o‘rniga yangilarini hosil boiishida qurilish materiali sifatida foydalaniladi. To‘yimli moddalar organizmdagi energiya moddalar manbayi hisoblanadi. Ovqat hazmi jaravoni deb. oziq moddalarning fizik va kimyoviy qayta ishlanishi va ularni oshqozon-ichaklar tizimidan so‘rilishi. qon bilan tashilishi. organizm tomonidan o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan oddiy va eruvchan birikmalarga aylanish jarayoniga aytiladi. M e'da - ovqat hazmi nayining ancha kengaygan qismidir. U 2 / oziqani joylashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan egilgan xaltani eslatadi. Yangi tug'ilgan bolalar m e'da shirasining umumiy kislotaliligi unda mavjud bo‘lgan sut kislotasi bilan bog'liq. Xlorid kislotaning sintezlanish funksiyasi 2,5 dan 4 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda me'da shirasining umumiy kislotaliligi o‘rtacha 35,4 birlikni tashkil etadi, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu ko‘rsatkich 63 birlikka teng bo‘ladi. Yosh bolalarda ichaklar voyaga yetgan odamlarga nisbatan ancha uzun. Voyaga yetgan odamlarda ichaklarning uzunligi uning tanasi uzunligidan 4-5 marta uzun bo isa, emadigan bolalarda u 6 marta uzundir. Ichaklar bolalar 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrda, ya‘ni sutli oziqlardan aralash oziqlarda o‘tish davrida juda jadal o‘sadi, bunday holat 10 dan 15 yoshgacha bo‘lgan muddatda ham kuzatiladi. M e'daosti bezining o ‘sish va rivojlanishi 11 yoshgacha davom etadi, 6 oydan ikki yoshgacha bo‘lgan muddatdaanchajadal o‘sishi kuzatiladi. Jigar yosh bolalarda voyaga yetgan odamlarga nisbatan ancha katta; 8-10 oylik bolalarda uning massasi ikki martaga ortadi, ayniqsa, jigar 14-15 yoshdajadal o‘sadi va 1300-1400 g massaga ega boMadi. 3 oylik homilada o ‘t suyuqligining ajralishi qayd qilingan. Yosh ulg'ayishi bilan o*t ajralishi tezlashadi. Voyaga yetgan odamlardan farqli o‘laroq bolalar organizmining mo‘tadil o‘sishi va rivojlanishi uchun to‘g^'i tartib asosida oziqlanish yanada kattaroq ahamiyatga ega. To‘yib ovqatlanmaslik kabi m e’yoridan ortiqcha yeb qo‘yishning oldini olish maqsadida har bir ovqatlanish uchun (5-6 marta hayotning birinchi oyida, 2-3 oylikda - 5 marta, 1,5 yoshdan boshlab - 4 marta) m a’lum miqdorda ovqatlar taqsimlanishi kerak. 1,5 yosh bolalar 4 marta ovqatlanishga o‘tganidan keyin har kuni kamida 2-marta issiq ovqat yeyishi kerak. Bundan tashqari, bolalarni ovqatlantirishda oziq mahsulotlarining nisbati va ulardagi to ‘yimli moddalar hisobga olinishi zarur, 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrda bolalarga 75 % hayvonot dunyosi oqsillari va 25 % o‘simliklar dunyosi oqsillari (non, meva, sabzavotlar) berish kerak. 3 dan 5 yoshgacha 65 % hayvonot va 35 % o ‘simliklar oqsili, 5 yoshdan katta bolalarga 50 % hayvonot va 50 % o‘simliklar oqsillari (voyaga yetgan odamlarga esa 30 % dan kam bo‘lmagan hayvonot oqsili) berilishi kerak. Bolalar va cTsmirlarning organizmida iste'mol qilingan taomlarning to‘lig’icha hazmlanishida, ovqatlanish tartibining ham ahamiyati katta. Bola dastlabki 3 yoshida kundalik ratsionini taxminan bo‘lib kun bo‘yi olsa, kevinroq 7, 6, 5 va 4 martalik ovqatlanishga o‘tadi. Maktabgacha yoshda esa kundalik ovqatlanish ratsionini tuzayotganda, albatta, tushlikda qabul qilinadigan ovqat hajmi kengaytiriladi, biroq bu kengaytirish sekinlik bilan amalga oshiriladi. Chunki maktabgacha voshdagilar uchun bir keeha-kunduzlik ratsion teng hajmlarga bo‘lingani ma'qul. Chunki bunday yo‘l tutilganda bolaning ishtahasi ochiladi, bir kecha-kundizlik ratsion teng hajmlarga bo‘linadi (o‘smirlar uchun har 3-4 soatdan keyin ovqatlanish belgilanadi) va organizm faoliyati susaymasligi uchun, albatta, bola uxlashi lozim. Bolalar va o ‘smirlar butun yil davomida har xil xarakterdagi aqliy yoki jismoniy ishlar bilan mashg'ul boiadilar. Jismoniy ish bilan shug‘ullanganida o‘sm ir organizmining oqsilga (kaloriyaga) boigan talabi 10 % oshadi. Shuning uchun bunday hollarda, albatta. oqsilga boy taomlardan iste’mol qilish tavsiya etiladi. [Z. T. RAJAMURODOV, В. M. BOZOROV A. I. RAJABOV, D. G‘. HAYITOVYOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI TOSHKENT «TAFAKKUR BO‘STONI» 2013 323-352 bet]
1. Chaqaloq me’da osti bezining massasi 2-4 g atrofida. Ammo emizikli davrida, xususan 6-7 oylik bolalarda bez juda tez o‘sadi va 10-12 g ga yetadi. 5- 6 yoshda a’soning o‘sishida yana bir jadallashish kuzatiladi. 13-15 yashar o‘smirlarda bezning massasi kattalarnikidan (60-115 g) farq qilmaydi. Me’da osti bezining o‘sish jatayonida kattalashishi shira miqdorining ko‘payishiga zamin bo‘ladi. Atsinar to‘qimaning ko‘payishi, yangi atsinuslar hosil bo‘lishi, hujayralarning kattalashishi natijasida bezning massasi ortadi. Ajraladigan me’da osti bezi shirasining hajmi bir yil davomida 10 marta ortadi. Bu davrda shiraning amilolitik faolligi 25 marta ko‘paysa ham, kattalarda kuzatiladigan faollikdan ancha past bo‘ladi, chunki bolaning ovqatida amilaza parchalaydigan kraxmal va glikogen yo‘q. Bola polisaxaridlar iste’mol qila boshlaganidan keyin amilaza sekretsiyasi keskin ko‘payadi va 4-9 yashar bolalarda kattalardagidan yuqori bo‘ladi, keyin sekin kamayadi. Lipaza fermentining ajralishi ham 6-9 yoshda o‘z cho‘qqisiga yetadi. Bola o‘sishi jarayonida tripsinogen, ximotripsinogen, lipaza, peptidazalar va fosfolipaza ajralishi ham ko‘payadi. Nofaol proteazalar sekretsiyasi 4-6 yoshda yuqori darajaga yetadi.
Bolalarda ovqatning o‘ziga xos dinamik ta’siri katta yoshdagi odamlardagiga nisbatan sustroq namoyon bo‘lsada, uning kattaligi o‘sish energiyasi qiymati kabi bo‘lib, bolalikning turli davrlarida asosiy almashinuvning 10-13 % ini tashkil etadi. Bolalarda ham katta yoshdagi odamlardagidek asosiy almashinuv ko‘proq oqsilli ovqatlar hisobiga ortadi (15-18 % ga). Uglevodli ovqatlar almashinuvni 10 % ga, yog’li ovqatlar esa 5 % ga oshiradi. Katta yoshdagi odamda energiya sarfi ortishining darajasi oqsilli, uglevodli va yog’li ovqat iste’mol qilingach 30 %, 15 % va 10 % ni tashkil etadi. Ovqatning o‘ziga xos dinamik ta’sirining jadalligi faqat oqsillar, yog’lar va uglevodlar miqdoriga emas, balki ularning sifatiga ham bog’liq. Jumladan, ovqatning o‘ziga xos dinamik ta’siri sigir suti bilan boqilgan bolada sustroq namoyon bo‘ladi. Oqsillar – hayot uchun zarur bo‘lgan mahsulotlardan biridir. Oqsillar yetarli miqdorda bo‘lmasa, organizm me’yorida o‘smaydi, chunki yog’lar va uglevodlar ularning o‘rnini bosa olmaydi. Ular organizmdagi biologik suyuqliklarning faol reaksiyasi (pH) doimiyligini saqlashda qatnashib, bufer vazifani bajaradi. Nihoyat, oqsillar energiya manbai hisoblanadi: 1 g oqsil organizmda to‘la oksidlanganda, 4 kkal energiya ajraladi. Uglevodlar mukopilisaxaridlar ko‘rinishida biriktiruvchi to‘qima tarkibiga kiradi. Murakkab birikmalar (glikoproteidlar, lipopolisaxaridlar) ko‘rinishida esa hujayralarning tuzilma unsuri, shuningdek, ba’zi biologik faol moddalar (fermentlar, gormonlar, immun tanachalar) ning tarkibiy qismi hisoblanadi. Uglevodlar asosiy energiya manbaidir: 1 g uglevod to‘la oksidlanganida, 4 kkal energiya ajraladi. Glyukozaning qonda kamayishi glikogenolizni tezlashtiruvchi glyukagonning qonga o‘tishini ko‘paytiradi, glyukoneogenezni yuzaga chiqaradigan fermentlar faolligini oshiradi. Adrenalin, AKTG va kortikosteroidlar ham chaqaloq qonida glyukoza konsentratsiyasini oshiradi. Bularning ta’sirida bola hayotining birinchi o‘n kuni davomida glyukoza miqdori asta-sekin ortadi va chaqaloqlik davrininf oxirida 40-50 mg % ni, emizikli bolalarda 70-80 mg % ni, 7-8 yoshda – 80-100 mg % ni va 12-14 yoshda 90-120 mg % ni tashkil etadi. Ammo iste’mol qilinadigan uglevodlar miqdori kam bo‘lsa, bola 7 yoshga to‘lgunicha gipoglikemik reaksiya rivojlanish ehtimoli saqlanib qoladi.
Yog’lar organizmda quyidagi jarayonlar uchun zarur: 1. Hujayraning tuzilma-tarkibiy qismi sifatida; 2. Zahirada saqlanadigan energiya manbai; 3. Energiyaning tashiladigan shakli; 4. Himoya vazifasini bajarish; 5. Organizmning ba’zi faoliyatlarini yuzaga chiqarish uchun. Tarkibida yog’ kislotalari bo‘lgan oddiy yog’lar (neytral yog’lar, mumlar), murakkab yog’lar (fosfolipid va glikolipidlar) va izoprenning xosilalari (steroid va karotinoidlar) ajratiladi. Bola hayotining birinchi yili davomida yog’ hujayralari maksimal darajada ko‘payadi va kattalashadi. Natijada tanada yog’ miqdori 28 % gacha ortadi. Yog’ to‘qimasining tarkibi ham o‘zgaradi. Chaqaloqning yog’ to‘qimasida lipidlar miqdori 35,5 %, suv miqdori 56,5 % bo‘lsa, kattalarda bu nisbat teskari – lipidlar miqdori 71,7 %, suv miqdori 26,3 % ga teng. O‘sish jarayonida yog’larda to‘yinmagan yog’ kislotalarining miqdori oshib boradi. Bola 5 yoshga to‘lganida yog’ to‘qimasining tarkibi kattalarnikiga yaqinlashadi. Bola bir yoshdan oshganidan keyin yog’larga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi va 1- 3 yoshda 4,0-4,5 g/kg, 3-7 yoshda – 3,5-3,8 g/kg, 7-11 yoshda – 3,0 g/kg, 11-14 yoshda – 2,5 g/kg, 14 yoshdan keyin esa 2,0 g/kg ni tashkil etadi. Bu davrlarda iste’mol qilinadigan oqsil, yog’ va uglevodlar miqdorining nisbati 1:1:4 ga yaqin bo‘ladi. og’larning energiya sig’imini kattaligi ma’lum: 1 g yog’ organizmda oksidlansa, 9 kkal energiya ajraladi. [Qodirov U.Z., Abdumadjidov A.A., Askaryans V.P. Bolalar fiziologiyasi Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti]
1.Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni ovqatlanishi. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni organizmida tez o‘sish, aʼzo va tizimlarni shakllanishi davom etadi, almashuv jarayonlari yuqori tezlikda kechadi. Markaziy asab tizimi tezkor surʼatda rivojlanadi. Maktabgacha davrni oxirida bola barcha asosiy harakatlarni egallaydi va nutqi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ularga, ayniqsa, yuqori harakat faolligi xos va bu katta energiya sarflanishini talab etadi. Bola organizmini bunday rivojlanishi hujayralar tuzilishi uchun kerak bo‘lgan moddalar, birinchi navbatda oqsillar, vitaminlar va minerallarni ko‘p talab etadi. Shuning uchun maktabgacha bolalarni ovqatlantirish erta yoshdagi kichkintoylarni ovqatlantirishdan miqdori va sifati bilan farqlanadi. Bu yoshda bolalar to‘rt marotaba ovqatlantiriladilar - kunning birinchi yarmida ular, oshqozon - ichak tizimida uzoq vaqt ushlanib qoladigan oqsilli, ikkinchi yarmida esa – uglevodli, o‘simliklar va sutli masalliqlardan tayyorlangan oziq – ovqatlar isteʼmol qilishlari kerak O‘sib kelayotgan bola organizmiga to‘laqonli oqsil zarur (go‘sht, baliq, sutli mahsulotlar, tuxum) va u ratsionning umumiy quvvatini 15 % tashkil qilishi kerak. Yog‘lar maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar ratsioniumumiy quvvatining 30 – 35 % tashkil qilishi lozim. Ular fermentlar, gormonlar, xujayralar tarkibiga kirib mineral tuzlar, vitaminlar so‘rilishiga taʼsir ko‘rsatadi. Organizm ehtiyojlari birinchi navbatda sariyog‘ va o‘simlik moyi, qaymoq, sutlar bilan qondiriladi.
Uglevodlar bola organizmida asosan quvvat manbai vazifasini o‘taydi. Ularga bo‘lgan ehtiyoj o‘z tarkibida polisaxaridlar, tolalar, mineral moddalar, vitaminlarni tutgan sabzavot va mevalar hisobiga qondiriladi. Vitamin va mineral moddalar bola organizmini to‘g‘ri va muqobilrivojlanishini taʼminlab beradi. Oqsil, yog‘ va uglevodlarni nisbati 1:1:4 tashkil qilishi kerak. Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarda oshqozonda ovqatni hazm bo‘lishitaxminan 3 - 3,5 soat davom etadi. Bu davrni oxirida oshqozon bo‘shaydi va bolada ishtaxa paydo bo‘ladi. Ovqat berish oraliqlarida ularga boshqa mahsulotlar, ayniqsa, shirinliklar berish tavsiya etilmaydi[SOG‘LOM OVQATLANISH –SALOMATLIK MEZONISH.I. Karimov taxriri ostida]
1.Umumiy ovqatlanish bilan ta'minlangan boshlang'ich maktablarda, javoblar shuni ko‘rsatadiki, maktablarning 95%oziq-ovqat va ozuqaviy moddalarga asoslangan standartlarga mos edi ta'minlanmagan ta'minot uchun yarmi ma'lumot haqida xabar bera olmadi
birlamchi sektorda standartlar bajarilgan yoki bajarilmaganligi haqida. Bundaylarda
haqida xabar berilishi mumkin edi, deyarli barchasi standartlarga muvofiqligi haqida xabar berilgan.
umumiy ovqatlanish bilan ta'minlangan ikkilamchi sektorda taxminan 35% talablarga javob beradi
standartlar va deyarli yarmi yo‘q. Ta'minlanmagan mamlakatlarda to‘rtdan uch qismi "yo‘q" edi
maʼlum” va atigi 14% mos kelishi haqida xabar berilgan, biroq uni chizish qiyin
"Ma'lum emas" ning yuqori ulushi tufayli mazmunli xulosalar. Bu qadriyatlar
muvofiqlik ikkinchi darajali bo‘lgan 2009 yil sentyabridan yuqori bo‘lishi kutilgan edi
maktablar ozuqaviy moddalarga asoslangan standartlarga mos kelishi keraklarning yarmidan ozrog'i ta'minlanmagan maktablarda muvofiqlikni nazorat qildi
Taqdim etilgan, garchi bu mintaqaga qarab sezilarli darajada farq qilgan bo‘lsa ham
Bu qisman qonuniy talab qilinmasligi bilan izohlanishi mumkin.[ Nader PR, O‘Brien M., Houts R. et al. Identifying risk for obesity in early childhood // Pediatrics. — 2006. — 118 (3). — P. 594-601.]
1.Oziq-ovqat mahsulotlarini ma'lum bir yosh guruhi uchun zarur bo‘lgan komponentlar bilan boyitish 21-asr oziq-ovqat sanoatining eng muhim vazifalaridan biridir. Bunday mahsulotlarni ishlab chiqarish allaqachon amalga oshirilmoqda: bular xolesterin miqdori past, kaltsiyning yuqori bioavailability, muhim aminokislotalar va vitamin kompleksi bilan boyitilgan maxsus mahsulotlardir. Bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydali ingredientlarni olish va saqlash imkonini beruvchi eng yangi texnologiyalar qo‘llaniladi. Bu ekstrudirovka qilingan kraxmallardan foydalanish, suyuq komponentlarni mikrokapsulyatsiya qilish (omega-3, Q10, fitosterollar, beta-glyukan), qayta ishlangan zardobdan (alfa-laktalbumin, fosfolipidlar, sarum kaltsiy) ingredientlarni olish; yangi texno-probiyotik mikroorganizmlarning termostabil madaniyatini etishtirish imkonini beruvchi texnologiyalar; mahsulotlarning agregat holatini o‘zgartirmagan holda sut va sharbatlarni saqlash uchun past haroratli texnologiyalar va boshqalar. Bu haqda ma'lumot iste'molchiga taqdim etilishi va boyitilgan oziq-ovqatlar zamonaviy insonning kundalik ratsionining ajralmas qismi bo‘lishi muhimdir.
Oziqlanishni optimallashtirish orqali organizmning moslashish imkoniyatlarini oshirish, ksenobiotiklarning biotransformatsiyasi jarayonlarini tezlashtirish, zaharli metabolik mahsulotlarni tanadan bog'lash va chiqarib tashlash mumkinligi haqida ilmiy dalillar mavjud. Shunday qilib, pektin inson tanasida harakat qiladi - o‘simlik mahsulotlarida sezilarli miqdorda bo‘lgan umumiy polisaxarid [3,40]. Ma'lumki, pektin moddalari o‘simliklarning barcha qismlarida mavjud, ammo ularning asosiy miqdori meva va sabzavotlarda to‘plangan. Pektin ikki shaklda mavjud: erimaydigan propektin, pishmagan mevalarda bo‘ladi va mevalar pishganida yoki ular pishirilganda eriydi. Inson tanasida pektin poligalakturon kislotasiga metabollanadi, ba'zi toksinlar, og'ir metallar tuzlari, radionuklidlar bilan erimaydigan birikmalar hosil qilishi va shu bilan ularni tanadan olib tashlashi mumkin. Pektinning terapevtik ta'sir qilish mexanizmi to‘liq o‘rganilmagan, ammo uning detoksifikatsiya agenti sifatida foydali ta'siri uzoq vaqtdan beri ma'lum va keng qo‘llanilgan [14]. Ko‘k, sabzi, qovoq, smorodina, olma, tog 'kuli, anjir kabi pektinga boy meva, rezavorlar va sabzavotlar sog'lom va kasal odamlarning ratsionida muvaffaqiyatli qo‘llaniladi.[Optimal ovqatlanish va qarishga qarshi dori. Kapitonova. E.K.2015]

1.Tarbiyalanuvchilarni soglom ovkatlantirishni tashkil etish, belgilangan sanitariya koidalari, normalari va gigiena normativlari asosida autsorser tomonidan tuzilgan, xududiy davlat sanitariya-epidemiologiya markazi va maktabgacha taʼlim bulimini xabardor kilgan xolda ikki xaftalik taomnomalar asosida tashkil kilinadi.Taomlar tayyorlash texnologiyasi buyicha mutaxassislar (injener-texnolog, dietolog, oshpazlar malaka razryadlari) bilan taʼminlanadi.


Sanitariya koidalari, normalari va gigiena normativlariga amal kilinishini taʼminlash tadbirlarini amalga oshiriladi.Tarbiyalanuvchilar uchun ovkatlantirishni tashkil etishda taomlarni tayyorlash usullari, ularni isteʼmol kilishning ijobiy taʼsiri, ovkatlanish rejimi, ovkatlantirishni tashkil etishni zamonaviy usullarini targib kilinadi.[BOLАLАRNI OVQАTLАNTIRIShNI АUTSORSING USULIDА TАShKIL ETISh E.Sanayev, A.Sadikova, N.Polatova, S.Karabayev (ilmiy maqola)]
3.Uglevodlar organizmda aerob va anaerob yo‘l bilan parchalanadi.Bolalar to‘qimalarida anaerob parchalanish yuqori tezlikka ega. O‘sish jarayonida glikoliz sekinlashadi.Faqat ba‘zi to‘qimalarda, masalan, skelet muskullarida anaerob parchalanish yuqoriligicha qolaveradi. Aerob jarayonlarda hammadan avval pentoz sikl faollashadi. Bu siklda ishtirok etadigan fermentlar faolligi bola hayotining ikkinchi haftasida orta boshlaydi. Bola tug‘ilganidan keyin bir necha soat o‘tgach, homiladorlikning oxirgi oylarida jigarda to‘plangan glikogen parchalanib, qonga o‘tadi va organizmning energiya sarfini qoplashga ishlatiladi.Tug‘ilish oldida turgan homila jigarida glikogen konsetratsiyasi 10 % ga yaqin bo‘lsa, 1 kunlik chaqaloqda 1 % ni tashkil qiladi, muskullarda esa 3 % dan ortmaydi. Glikogenning jigardagi zahirasi bola 3 oylik bo‘lgunicha tiklanmaydi.
3.Ammo iste‘mol qilinadigan uglevodlar miqdori kam bo‘lsa, bola 7 yoshga to‘lgunicha gipoglikemik reaksiya rivojlanish ehtimoli saqlanib qoladi. 3Bu borada bizning vatanimiz sharoitida bir qator olimlar bolalarning kunlik ovqatidagi uglevodlar miqdorini aniqlash va uni me‘yorlashtirish bo‘yicha samarali tadqiqot ishlari olib borishgan. Bunday olimlar sirasiga N.V.Voronina ,A.S.Xudoyberganov , D.SH.Alimuhamedov va boshqalarni kiritish mumkin. Chunonchi, N.V.Voronina 1989-1991 yillari Toshkent shahri o‘quvchilari ustida kuzatuvlar olib borib, ularning kunlik ratsionida umumiy uglevodlar miqdori me‘yor raqamlaridan sezilarli darajada ko‘pligi haqida xulosa qildi. Bir vaqtning o‘zida shu narsa ham qayd qilinganki, tekshiruv olib borilgan 3 ta guruh (7-10, 11-13 va 14-16 yoshlilar) qizlarda uglevodlarning ko‘pligi og‘il bolalarga nisbatan yaqqol ko‘zga tashlandi Masalan, ikki guruhdagi qizlarda uglevodlar oshiqchaligi 20,5% ni (o‘g‘il bolalarda 3,8% ni), uch guruhdagi qizlarda esa bu ko‘rsatgich 27% ga tenglashadi. [Гаппаров М. М., Николская Г. Б. О роли углеводов в питании детей// Вор. Питание . Москва. 1991.]
4.Bolalarda yoshga qarab boʼyining oʼzgarishi. Yangi tugʼilgan bolaning boʼyi 48-50 sm boʼladi. Bolaning bir ѐshigacha boʼyining uzunligi har oyda ikki smdan oʼsib bir ѐsh oxirida 75 sm ga yetadi. Haѐtining ikkinchi yilida atigi 10 sm ga oʼsadi. 6-7 ѐshgacha boʼyning oʼsishi yanada sekinlashadi. Boshlanchgʼich maktab ѐshida bolaning boʼyi 7-10 sm ga oʼsadi. Jinsiy yetilish munosabati bilan qizlarda 12 ѐshdan, oʼgʼil bolalarda 15 ѐshdan boshlab boʼyiga oʼsish tezlashadi. Boʼyiga oʼsish qizlarda asosan 18-19, yigitlarda 20 ѐshda toʼxtaydi. Butun oʼsish davrida oѐqlarning uzunligi 5 marta, qoʼl uzunligi 4 barobar, gavda uzunligi 3 barobar, bosh balandligi 2 barobar ortadi. Jinsiy jihatdan voyaga yetish davrida bolaning boʼyi 6-8 sm dan oʼsadi. Tana vaznining ѐshga qarab oʼzgarishi. Tana vazni ѐshga qarab quyidagicha oʼzgaradi. Yangi tugʼilgan qiz bolalarning oʼrtacha vazni 3 kg, oʼgʼil bolalarniki esa 3,4 kg., boʼladi. Bolaning vazni gʼilganidan keying birinchi oyda 600 g, ikkinchi oyda 800 g ortadi. Bir yashar bolaning vazni tugʼilganidagi vaznidan uch marta ortib 9-10 kg ga yetadi. 2 ѐshda bolaning vazniga 2,5 — 3,5 kg qoʼshiladi. 4, 5, 6 ѐshlarda bola vazniga har yili 1,5 — 2 kg qoʼshilib boradi. 7 ѐshdan boshlab uning vazni tez ortib boradi. 10 ѐshgacha oʼgʼil bolalar bilan qiz bolalar tana vazni bir xilda oʼzgaradi. Jinsiy yetilish boshlanishi bilan qizlarning vazni 4-5 kg dan 14-15 ѐshda har yili 5-8 kg ortadi. Oʼgʼil bolalarda esa 13-14 ѐshdan vazni 7-8 kg ortadi. 15 ѐshdan boshlab ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi. [МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ ФИЗИОЛОГИЯСИ ВА ГИГИЕНАСИ АСОСЛАРИ О.А.Махмудова Д.Б.Қосимова Тошкент-2018]
3.Organizmning oziqlanish meʼyorlarini aniqlash uchun dastavval isteʼmol qilinadigan taomlardagi asosiy oziq moddalari — oqsil, yog‘ va karbon suvlari. Bu ko‘rsatkich 1 g oqsil uchun 4,1 kkal, shuncha yog’ uchun 9,3 kkal va shuncha uglevod uchun 4,1 kkalga teng. Xar bir aqliy va jismoniy faoliyat uchun tegishli vaqt oralig’ida qancha energiya sarflanishi maʼlum bo‘lganligi bois shuncha miqdordagi energiyaga ega oziq-ovqat miqdorini hisoblash oson. Bu o‘rinda, albatta, organizmning yoshiga qarab unda bo‘ladigan asosiy almashinuv uchun qancha energiya sarflash ham hisobga olinadi. Ozizlanish meʼyorlarini aniqlashda yana oziq moddalarning (oqsil, yog, uglevod) yoshga va mehnat xususiyatlari, ob-havo sharoitiga qarab o‘zaro nisbati, mineral moddalar, xamda vitaminlar qabul qilishning qancha bulishi va boshqalar inobatga olinadi. Qayd qilingan hisob-kitoblarni olib borish uchun zarur jadvallar, uslubiy qullanmalar mavjud. Meʼyoriy qoidalarga ko‘ra isteʼmol qilinadigan oqsili, yog’ va uglevodlarning bir-biriga nisbati 1:1:4 kurinishda bo‘lishi aniqlangan. Yuqorida biz turli yoshdagi bolalarning asosiy oziq moddalari hamda vitaminlar, mineralmoddalarga bo‘lgan talabi va bajariladigan mexnat xususiyatlariga qarab bir sutka davomida sarflaydigan energiyasi haqida tegishli maʼlumotlarni keltirdik. Isteʼmol qilinadigan tegishli oziq-ovzatlarning organizm tomonidan maqsadga muvofiq ravishda o‘zlashtirilishi yoki to‘liq hazm bo‘lishi ovqatlanish tartibiga ham yaqindan bog’liq. Ovqatlanish dastavval yuzaga kelgan ishtaha bilan boshlanadi. Ishtahaningfiziologik va biokimyoviy xususiya tlari uning yuzaga kelish mexanizmlari ancha murakkab bo‘lib, bu boradagi ilmiy tushunchalar akademik I.P. Pavlov tajribalarida, kuzatuvlarida asoslangan. Uning yuzaga kelish oziq moddalar kontsentratsiyasining kamayishi, markaziy nerv sistemasida talluqli nerv markazlarining qo‘zg’alishi, oshqozon ichaklarda tegishli shiralarning ajralishi, qolaversa ularning xarakat funktsiyasida maʼlum o‘zgarishlar bo‘lishi bilan kuzatiladi. Odam organizmidagi barcha xayotiy funktsiyalar maʼlum bir davriy xususiyatga ega bo‘lib, shu juladan, xazm va oziqlanish xam maʼlum tartibda amalga oshirilishi lozim . Bevosita ovqatlanishni amalga oshirilishi ovqatlanish refleksi deyilib, u bolalarda xar 3,5-4 soatda takrorlanib turishi lozim . Shu xisobda 1 kunda 3-4 marta ovqatlanish kerak. Natijada ovqatlanish refleksi ancha kuchsizlanib qoladi. Bir kun davomida necha marta ovqatlanishga qarab isteʼmol qilingan oziq-ovqatlar turlicha miqdorda o‘zlashtiriladi, masalan, 4 marta ovqatlanishda isteʼmol qilingan taomlarning 82-84% o‘zlashtirilsa, 3 marta ovqatlanish bulganida esa bu son 75 — 76% ga tenglashadi. Odam uyquda bo‘lganida xazm bilan bog’liq bo‘lgan ko‘pgina jarayonlar, jumladan, shiralar, faolligi oshqozon ichaklarning xarakat funktsiyasi bir muncha susayadi. Shuning uchun kun oxirida oxirgi ovqatlanish, uyqudan kamida 1,5 — 2 soat oldin amalga oshirilishi kerak. Idish —Tovoqlarning ko‘rkam, toza va aloxida — aloxida bo‘lishi, dasturxonlarning toza bo‘lishi, isteʼmol qilinadigan barcha taomlarning did bilan joylashtirilishi va boshqalar. Аgar ovqatlanish paytida yoqimsiz gaplar qilinsa, televizor yoki radiodagi eshittirishlarga va ko‘rsatuvlarga diqqat bo‘linsa, gazeta yoki kitob o‘qib turilsa, baʼzi bir taomlardan yoqimsiz xid tarzalsa ishtaxa bo‘g’ilib ovqatlanish refleksi so‘nadi. Ovqatlanish paytida (issiq ovqat isteʼmol qilinayotganda) suv, choy yoki shunga o‘xshash boshqa ichimliklarning ketma-ket isteʼmol qilib borish xazm jarayonlarining buzilishiga olib keladi. Buning sababi shundan iboratki, oshqozonga tushgan ovqat va unga nisbatan ajralgan meʼda shirasi suv va boshqa ichimliklar bilan aralashib, Xazm fermentlarining xamda meʼda shirasidagi xlorid kislotaning faolligi va kontsentratsiyasi pasayib ketadi. Eng yaxshisi ovqat yeyilib bo‘linganidan keyin 20-25 minut vaqt o‘tkazib suv yoki choy kabi ichimliklarni isteʼmol qilish maqsadga muvofiqdir. Bu vaqt ichida oshqozonga tushgan ovqat unga tegishli bo‘lgan shira bilan bemalol aralashib, xazm bo‘lishga tayyorlanib ulguradi. [Б. Содиқов, Л. Кучкарова, Ш. Қурбанов ―Болалар ва ўсмирлар физиологияси ва гигиенаси‖ Ўзбекистон миллий энциклопедияси давлат миллий нашриѐти. Т. 2005 й.]
2.Bolalik davrining eng muhim xususiyati intensiv shakllanishdir va barcha tana tizimlarining rivojlanishi. u fiziologik jarayonlar bo'lishi kerak zarur miqdorda ozuqa moddalari bilan ta'minlangan, shu umumladanlmashtirib bo'lmaydigan makro va mikroelementlar - kaltsiy, kaliy, magniy tuzlari, fosfor, temir, mis, rux, molibden, yod, ftor va boshqalar. Mikroelementlarni iste'mol qilishda etishmovchilik ikkalasiga ham bog'liq bo'lishi mumkin oziq-ovqat paketlarining muvozanatsiz tuzilishi, shuningdek ularning past darajasi ovqatlardagi tarkib. O'stirish, tozalashning zamonaviy usullari, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va pazandalik qayta ishlash ularning biologik qiymatini sezilarli darajada kamaytiradi [4, 8]. Shu bilan birga, inilmiy-texnik inqilob sharoitlari, neyro-emotsional kuchayishi stress, ishlab chiqarishning salbiy omillariga ta'sir qilish va atrof-muhitning o'zgarishi, insonning mikroelementlarga bo'lgan ehtiyoji, kabi eng muhim himoya omili, nafaqat kamaymaydi, balki sezilarli darajada ortadi turli guruhlarning mikronutrient holatini doimiy monitoring qilish aholi, sog'liqni saqlash loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan mavjud kamchiliklarni tuzatish zamonaviy davrning eng muhim vazifasidir tibbiyot [7-9, 11, 12]. Shuni ta'kidlash kerakki, majmua bo'yicha ma'lumotlar maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan mineral moddalarni iste'mol qilishni o'rganish o'rganilayotgan adabiyotlarda Belarus Respublikasidagi hozirgi ekologik vaziyat sharoitlari topmadik. Ushbu tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta'lim muassasalarida va uyda ovqatlanish aktualning tuzilishini o'rganish edi. [Е.О. Гузик Дефицит минеральных веществ в питании детей дошкольного возраста как причина алиментарного дисбаланса]
4.Maktabgacha ta'lim muassasalarida oziq-ovqat ratsionini qurishda bolalarning yoshini, asosiy oziq moddalarga bo'lgan ehtiyojini hisobga olgan holda, salomatlik holati, individual xususiyatlar, shuningdek, yil vaqti; iqlim, milliy va boshqa xususiyatlar. Hozirda bolalar ovqatlanishini tashkil qilish uchun taxminan 10 kunlik menyu ishlab chiqilgan yoshiga qarab farqlanadigan maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar guruhlari va bolalarning yashash tartibi. Maktabgacha yoshdagi barcha bolalar muassasa kuniga uch marta ovqatlanishni ta'minlashi kerak Kunlik oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojning 75...80%381 moddalar va energiyani chiqaradi. Kecha-kunduz turish bilan u joriy etiladi to'rtinchi ovqat, kunlik ratsionning 25% ni tashkil qiladi. maktabgacha ta'lim muassasalari tayyor ovqatlarni C-vitaminatsiyasini amalga oshiradi; va agar kerak bo'lsa, boshqasini qo'shimcha qabul qilish vitaminlar. Bolalar uchun tashkil etilgan ovqatlanishni nazorat qilish tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi (kundalik) va vakolatli hududiy idora xodimlari davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirish (rejalashtirilgan). Oshxona-pazandachilik eng maqbul shakldir mustaqil ravishda ajralib turadigan maktab ovqatlanishini tashkil etish yarim tayyor mahsulotlardan idishlarni tayyorlash, ularning bosqichining yo'qligi tashish va qayta issiqlik bilan ishlov berish (optimal ozuqaviy qiymat va xavfsizlik nuqtai nazaridan variant), Bufet sifatida ovqatlanish imkoniyati. Daovqatlanishning bu shakli zaruriy osonlik bilan amalga oshiriladi Tayyor ovqatlarni C-vitaminatsiyasi Tarqatish va "bortda" ovqatlanish uchun bufetlardan foydalangan holda maktab ovqatlanishini tashkil qilishda (dastlabki individual tayyor ovqatlarni qadoqlash va muzlatish) da ovqat tayyorlanadi ixtisoslashtirilgan maktab oziq-ovqat zavodi (tayyorlash korxona) keyingi tashish va ikkilamchi issiqlik bilan oziq-ovqat isitgichlarida yoki mikroto'lqinli pechlarda qayta ishlash. Bu ikki bosqichli jarayon vitaminlarning yo'qolishi va organoleptikning pasayishi bilan birga keladi oziq-ovqat xususiyatlari. [А. А. КОРОЛЕВ ГИГИЕНА ПИТАНИЯ Москва Издательский центр «Академия» 2014. 374-384 с]
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarning fiziologik xususiyatlari yuqori o'sish sur'atlarining davom etishi, intensiv vosita faoliyati, alohida organlarning, shu jumladan ovqat hazm qilish tizimining tarkibiy va funktsional qayta tuzilishi va intellektual sohaning yanada rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Shu munosabat bilan, bu yoshdagi bolalar uchun asosiy oziq moddalar va energiyaga bo'lgan ehtiyoj yosh bolalarga nisbatan sezilarli darajada oshadi. Shu bilan birga, kunlik energiya talabi 55-60% uglevodlar, 12-14% oqsillar, 25-35% yog'lar bilan ta'minlanishi kerak. Ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun bola ma'lum nisbatda kerakli miqdordagi turli xil mahsulotlarni olishi kerak. Proteinlar, yog'lar va uglevodlarning nisbati 1: 1: 4 bo'lishi kerak. Ratsionning oqsil komponenti, birinchi navbatda, sut va sut mahsulotlari, go'sht va go'sht mahsulotlari, baliq va baliq mahsulotlari, tuxumni o'z ichiga olgan oqsilning asosiy manbalari bo'lgan mahsulotlardan hosil bo'ladi. Sut va sut mahsulotlarining kunlik miqdori taxminan 500 ml bo'lishi kerak, bunda fermentlangan sut mahsulotlariga ustunlik beriladi. Tvorog va pishloq nafaqat to'liq proteinni o'z ichiga olgan, balki kaltsiy va B2 vitamini (riboflavin) ning asosiy manbalari bo'lgan o'z qiymatini saqlab qoladi. Tavsiya etilgan go'sht (shu jumladan sut mahsulotlari) miqdori kuniga 100 g, baliq - 50 g.Temir, A vitamini, B12 vitamini va foliy kislotasiga boy sut mahsulotlari (yurak, til, jigar) maktabgacha yoshdagi bolalarning ovqatlanishida ham foydalanish mumkin. Ratsionning yog'li komponenti odatda sariyog 'va o'simlik moylaridan hosil bo'ladi, ularning kunlik miqdori mos ravishda taxminan 25 va 8-10 g. O'simlik yog'i organizmda sintez qilinmaydigan va faqat oziq-ovqat bilan birga keladigan ko'p to'yinmagan yog'li kislotalarning manbai sifatida zarur. O'simlik moylari tarkibida E vitamini ham mavjud - asosiy tabiiy antioksidant. Uglevodlarning asosiy manbalari don, makaron va non mahsulotlari, shakar va qandolat mahsulotlari, sabzavotlar va mevalardir. Tavsiya etilgan kartoshka miqdori 150-200 g, sabzavotlar - kuniga 250-300 g va turli xil assortimentda (karam, lavlagi, sabzi, qovoq, qovoq, pomidor, bodring, turli ko'katlar). Mevalar (kuniga 150-200 g) turli xil usullarda - olmadan tropik mango va avakadogacha ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, sharbatlar, quruq va tez muzlatilgan meva va sabzavotlardan foydalanish mumkin. Yormalar, sho'rvalar, yonma-ovqatlar, pudinglar, güveç va boshqalarni tayyorlash uchun ishlatiladi, ularning miqdori kuniga taxminan 40-45 g bo'lishi kerak. Ratsionda siz sho'rvalarning bir qismi bo'lishi mumkin bo'lgan loviya, no'xat va yashil no'xatdan - garnitür sifatida va salatlarda ham foydalanishingiz mumkin. Nonning kunlik miqdori 150-170 g ni tashkil qiladi, uning 1/3 qismi javdar nonidir. Shakar miqdori 40-50 g, qandolat mahsulotlari - 20-40 g bo'lishi kerak Shirinliklardan asal (individual bardoshlik hisobga olingan holda), murabbo, marshmallow, marshmallow, marmeladdan foydalanish yaxshidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ovqatlanishini to'g'ri tashkil etishda idishlarning kerakli hajmiga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Bu yoshda ovqatning umumiy miqdori taxminan 1500 g ni tashkil qiladi.Alohida idishlarning tavsiya etilgan hajmlari 1-jadvalda keltirilgan tavsiyalarga muvofiq bo'lishi kerak. [Inoyatova X.B. , Nuriddinov Sh.F. , Mamadiyarova M.A. ,Raxmatova D.G.4 Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ovqatlanish ilmiy ish]

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. G.I.SHayhova Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi –T.:.2011. 205-220 bet

  2. Shayxova G.I. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi. Darslik. – Toshkent. Toshkent tezkor bosmaxonasi. 2004 y.

  3. OVQАTLАNISh GIGIENАSI. Shayxova G.I., Baxritdinov Sh.S., Salomova F.I., Аlimova 360-365 bet

  4. Z. T. RAJAMURODOV, В. M. BOZOROV A. I. RAJABOV, D. G‘. HAYITOVYOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI TOSHKENT «TAFAKKUR BO‘STONI» 2013. 323-352 bet

  5. Ashurova M.D Bolalar “Mehribonlik” uylarining sharoitini gigiyenik baholash
     uslubiyotini takomillashtirish. 2021yil

  6. Inoyatova X.B. , Nuriddinov Sh.F. , Mamadiyarova M.A. ,Raxmatova D.G.4 Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ovqatlanish ilmiy ish

  7. Беюл Е.А., Оленева В.А., Геллер Г.М. и др. -Вопр. питания, 1980, № 4, с. 22-25.

  8. Рацион, питание и предупреждение хронических заболеваний. Доклад исследовательской группы ВОЗ. Женева, 1993 г

  9. Сайланова Д.К. Состояние фактического питания и физического развития у детей 1-7 лет в условиях южного приаралье (Республика Каракалпакистан). Автореф. дисс. канд. мед. наук - Т., 2004-19 с

  10. Худойшукуров Т., Каримов М. ва бошқалар. Овқатланиш ва саломатлик. Тошкент. «Медицина», 1990 й.

  11. Қурбонов Ш. Қ., Қурбонов А.Ш. Овқатланиш физиологиясининг асослари. Қарши, 2000 й.

  12. Qodirov U.Z., Abdumadjidov A.A., Askaryans V.P. Bolalar fiziologiyasi Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti.

  13. МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ ФИЗИОЛОГИЯСИ ВА ГИГИЕНАСИ АСОСЛАРИ О.А.Махмудова Д.Б.Қосимова Тошкент-2018

  14. Беляев Е.Н., Тутельян В.А. Качество и безопасность продуктов детского 
    питания в России: медико-биологические требования и результаты
    мониторинга // Вопр. питания. Москва, 1996. - №5. – С. 8 – 12. 

  15. Е.О. Гузик Дефицит минеральных веществ в питании детей дошкольного возраста как причина алиментарного дисбаланса

  16. А. А. КОРОЛЕВ ГИГИЕНА ПИТАНИЯ Москва Издательский центр «Академия» 2014. 374-384 с

  17. Б. Содиқов, Л. Кучкарова, Ш. Қурбанов ―Болалар ва ўсмирлар физиологияси ва гигиенаси‖ Ўзбекистон миллий энциклопедияси давлат миллий нашриѐти. Т. 2005 й.

  18. Optimal ovqatlanish va qarishga qarshi dori. Kapitonova. E.K.2015

  19. Бобохўжаев Н.К. Республика аҳолисининг овқатланишига оид долзарб 
    гигиеник муаммолар // Актуал. проб. гигиен. науки в свете реформы 
    системы здровох. Узб-на: Материалы науч.прак. конф.посвящ. 60-летию 
    член. корр.АНРУз проф. Искандарова Т.И. Ташкент, 1999. – С.152-155. 

  20. Вельтищев Ю.Е. Экология и питание детей // Вопр. питания. Москва, 
    1996. - №5. – С. 14 – 17.

  21. Antonova O.V. Maktabgacha yoshdan boshlang'ich maktab yoshiga o'tish davrida bolaning ijtimoiy tajribasini o'zlashtirishi // Butunrossiya ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. Birsk, 2002. S. 59-60.

  22. Гаппаров М. М., Николская Г. Б. О роли углеводов в питании детей// Вор. Питание . Москва. 1991.

  23. Эгамбердиева Г.О., Абрамова Н.С ва бошқалар. Ўзбекистон шароитида болалар ва ўсмирлар овқатланишининг ҳозирги жиҳатлари. Ўзбекистон тиббиёт журнали 1992 й,

  24. Раҳматуллаев Ё.Ш. Қишлоқ мактаби ўқувчиларининг оқилона (рационал) овқатланиши / Услубий қўлланма. Проф. Ш.Қ. Қурбоновнинг умумий таҳрири остида. Тошкент, ―Келажакка қадам‖ х.к, 2006. - 60 б.

  25. Спиричев В. Б. Витаминная обеспеченность учащихся школного возраста и пути оптимизации// Вопр. Питания. – Москва, 1992. 6-14 с

  26. Волгарев М.Н., Батурин А.К., Гаппаров М.М. Углеводы в питании 
    населения России // Вопр. питания. Москва. 1996. - №2. – С.17-22.

  27. Дўсчанов Б.О., Юсупова О.Б. Болаларнинг оилада тўғри овқатланишининг гигиеник асослари // Педиатрия. – Тошкент, 2001. - №2. – Б.26- 

  28. BOLАLАRNI OVQАTLАNTIRIShNI АUTSORSING USULIDА TАShKIL ETISh
    E.Sanayev, A.Sadikova, N.Polatova, S.Karabayev (ilmiy maqola)

  29. Демиденко Н.М «Гигиена», Дарслик-Тошкент,2002

  30. Гаппаров М.М., Никольская Г.В. О роли углеводов в питании детей // 
    Вопр. питания. Москва. 1991. - №2. – С.15-21. 

  31. Oziq-ovqat mahsulotlarining biokimyosi. II qism: Prots. nafaqa / Tosheva A.D., Ivannikova T.V., Sobolevskaya T.M., Polyakova N.V., Rushchits A.A. GOUVPO "MGUS". - 2006 - 122 b.

  32. Brenz M.Ya. Yog'lar va ularning ovqatlanishda qo'llanilishi. M., "Oziq-ovqat

  33. sanoat”, 1983 - 64s.

  34. Vasilyeva N.V. 4 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar ovqatlari uchun retseptlar, 2004 yil

  35. Deryugina M.P. Bolalar ovqatlari - Minsk, 1995 yil

  36. Drujinina L.V., Ladogo L.V. Entsiklopediya "Oziqlanishning ABC. Bola salomatligi. - M.: OLMA Media Group, 2006 - 432 b.

  37. Ershova A.N., Sosnina Z.N., Mezenova E.A., Tarasova N.A. "Ommaviy ovqatlanish uchun taomlar va oshpazlik mahsulotlari uchun retseptlar to'plami" M., Iqtisodiyot 1981 y.


  38. Ванханен В.Д. Лебедева Е.А «Руководства к практическим

  39. SOG‘LOM OVQATLANISH –SALOMATLIK MEZONISH.I. Karimov taxriri ostida

  40. Nader PR, O‘Brien M., Houts R. et al. Identifying risk for obesity in early childhood // Pediatrics. — 2006. — 118 (3). — P. 594-601.

  41. Nelson M., Lever E., Nicholas J. et al. (2009) Fourth annual survey of take up of school lunches in England. London. School Food Trust.

  42. Nelson M., Nicholas J. (2006) First annual survey of take up of school meals in England. London. School Food Trust.

  43. Nelson M., Nicholas J., Suleiman S. et al. School meals in primary schools in England. Research Report No. 753. Department for Education and Skills/Food Standards Agency. London. 2006.

  44. Nelson M., Nicholas J. Wood L. et al. Statistical release. National1.dicator 52. Take up of school lunches in England 2008-2009. London. School Food Trust.

  45. Nicholas J., Wood L., Lever E. et al. (2008) Technical Paper: N1 52take up of school lunches. London. School Food Trust.

  46. Nicholas J., Wood L., Morgan C. (2008) Third annual survey of take up of school meals in England. London. School Food Trust.

  47. Nicholas J., Wood L., Nelson M. (2007) Second annual survey of take up of school meals in England. London. School Food Trust.

  48. O‘Connor TM, Yang SJ, Nicklas TA. Beverage intake among preschool children and its effect on weight status // Pediatrics. — 2006. — 118 (4).1. P. 1010-1018.

  49. Paineau DL, Beaufils F., Boulier A. et al. Family dietary coaching to improve nutritional intakes and body weight control // Arch Pediatr Adolesc Med. — 2008. — 162 (1). — P. 34-43.

  50. Petrauskiene A., Dregval L., Petkute S. Health behavior of families having preschool-age children // Medicina (Kaunas). — 2007. — 43(10). — P. 816-823.

  51. Raynor HA, Jelalian El., Vivier PM et al. Parent-reported eating and leisure-time activity selection patterns related to energy balance in preschool-and school-aged children // J Nutr Educ Behav. — 2009. — 41(1): 19-26.

  52. Rees G.F., Richards C.J., Gregory J. Food and nutrient intakes of primary school children: a comparison of school meals and packed lunches // Journal of Human Nutrition and Dietetics. — 2008. — 21. — P. 420-427.

  53. Simon VGN et al. Breastfeeding, complementary feeding, overweight and obesity in pre-school children // Rev Saúde Pública. — 2008. —■ 43(1). —P. 1-9.

  54. Statutory Instrument 2006 No. 2381. The Education (Nutritional Standards for School Lunches) (England) Regulations 2006. London: TSO.

Download 43.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling