3. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji uchun qulay shart-sharoit yaratish, sohaning huquqiy himoyasini ta’minlash va munosib rag‘batlantirishda soliq siyosati muhim ahamiyat kasb etadi. - 3. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji uchun qulay shart-sharoit yaratish, sohaning huquqiy himoyasini ta’minlash va munosib rag‘batlantirishda soliq siyosati muhim ahamiyat kasb etadi.
- O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari O.Rustamov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida izchil soliq siyosati amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Soha vakillariga soliq yuki yildan-yilga pasaytirib borilishi bilan bir qatorda, soliqlarning rag‘batlantiruvchi roli oshirilmoqda. Xususan, xususiy tadbirkorlik uchun soliq to‘lovlari 1991-yildan buyon ikki barobar kamaytirildi.
Mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 2011-yilda 7 foizdan 6 foizga kamaytirilishi natijasida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari qariyb 80,3 milliard so‘m mablag‘ga ega bo‘ldi. Ushbu mabalag‘larni ishlab chiqarishni texnologik yangilash, zamonaviy texnikani joriy etishga yo‘naltirish imkoni tug‘ildi. Joriy yilda ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan olinadigan soliq yuki sezilarli darajada kamaytirilib, sanoat sohasidagi mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga pasaytirildi. - Mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 2011-yilda 7 foizdan 6 foizga kamaytirilishi natijasida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari qariyb 80,3 milliard so‘m mablag‘ga ega bo‘ldi. Ushbu mabalag‘larni ishlab chiqarishni texnologik yangilash, zamonaviy texnikani joriy etishga yo‘naltirish imkoni tug‘ildi. Joriy yilda ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan olinadigan soliq yuki sezilarli darajada kamaytirilib, sanoat sohasidagi mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga pasaytirildi.
- Xususiy tadbirkorlik va fermerlik rivojini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish, yangi imtiyoz va preferensiyalar berish natijasida ularning ishlab chiqarish salohiyati oshmoqda, faoliyati yanada kengaymoqda. Natijada 2011-yilda yaratilgan ish o‘rinlarining 64 foizidan ortig‘i kichik biznes, 28 foizidan ziyodi esa yangi korxonalar tashkil etish, kasanachilikning turli shakllarini kengaytirish hisobiga to‘g‘ri keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |