66. Har qanday asarning ijtimoiy ahamiyati qaysi asosiy mezon bilan o’lchanadi?
a) Tendensiya bilan.
b) G’oyaviylik bilan.
c) Talant bilan.
d) Xalqchillik bilan.
67. S.Ayniyning «Sudxo’rning o’limi» qissasida tipiklashtirishning qaysi usuli yetakchi?
a) Hajviy pafos usuli.
b) Yumoristik tasvir usuli.
c) Lirik tasvir usuli.
d) Sentimental tasvir usuli.
68. San’atning asosi nima?
a) Obrazlilik.
b) Obraz.
c) Tabiat.
d) Hayot.
69. «Gumanizm» atamasi qaysi tildan olingan, ma’nosi nima?
a) Ruscha so’z, e’zozlash.
b) Lotincha so’z, insoniylik.
c) Arabcha so’z, g’amxo’rlik.
d) Fransuzcha so’z, tarafkashlik.
70. «Har qanday muhim g’oya ham asar qahramonlarining qismatiga aylanmasa quruq gap bo’lib qolaveradi». Bu haq gapning muallifi kim?
a) A.Qahhor.
e) O’.Hoshimov.
b) P.Qodirov.
c) A.Qodiriy.
d) A.Oripov.
71. «Ko’p narsa ko’rgan bilan, ko’p kitob o’qigan bilan odam yozuvchi bo’lib qolmaydi. Buning uchun talant kerak. Talantning birinchi belgisi – chidab bo’lmas dard demakdir. Dard esa havas emas, zarurat», avtorini toping?
a) A.Qodiriy.
b) A.Qahhor.
c) A.Oripov.
d) O’.Hoshimov.
Do'stlaringiz bilan baham: |