Adabiyotshunoslik
Download 249.39 Kb.
|
o\'g\'ilsaam
(Hamid Olimjon)
Bu misralarda turoqlanish 4+5 tarzida guruhlangan. Qo- fiyadosh so‘zlar (“bor”, “yor”)ning vazn jihatdan tengligi mu- siqiylikni paydo qilgan. Misralardagi bo‘gdnlar, turoqlarning ma’lum bir odchovda kelishi vazndir. Vazn arabcha “odchov”, “tarozi” degan ma’noni bildiradi. 0‘zbek adabiyotidagi aksariyat she’rlar aruz vabarmoq she’r tizimiga mansubdir. Aruz Sharq adabiyotida qadimdan keng tarqalgan. Barmoq turkiy she’riyatga xos vazndir. Bundan tashqari, erkin vazndagi she’rlar (oq, erkin, sarbast) ham mavjud. Aruz, barmoq, erkin vazndagi she’rlar ifoda usuliga ko‘ra, bir- biridan farq qiladi. Ular tuzilishi, shakli, ko‘rinishi jihatidan ajralib turadi. Vazn muayyan she’rda namoyon boduvchi ritmik hodisadir. Shu bois “aruz vazni”, “barmoq vazni” deyish nazariy jihatdan to‘g‘ri emas. Chunki aruz ham, barmoq ham ko‘plab vaznlarni o‘z ichiga olgan she’r tizimlaridir. Masalan, aruz tizimi qisqa, cho‘ziq va о da cho‘ziq hijolarning muayyan tartibda takrorlanishiga asoslanadi. Vazn esa takrorlanishning muayyan she’rdagi tartibini belgilayotgan odchovni bildiradi. Agar “g‘azal ramali musaddasi solim vaznidayozilgan” deyilsa, uning bir baytida 6 ta, har bir misrasida uchtadan rukn, har bir ruknda 4 tadan hijo borligi, hijolar “cho‘ziq - qisqa - cho‘ziq - cho‘ziq” tartibidan guruhlangani anglashiladi. Qofiya she’rni jarangdor qiluvchi, misralarga musiqiy ohang beruvchi muhim unsurdir. U misralar oxirida keladigan ohangdosh so‘zlardir. Turoq, ritm orqali misralarda vujudga kelgan ohangdorlik qofiya tufayli mukammallashadi. Qofiyaning jarangdor bodishi she’rning ta’sirchanligini kuchaytiradi. Qofiya tufayli misralar oxiriga yetganday tuyuladi-yu, tamom bodmaydi. Chunki ularning ma’nosi tugal bodadi-yu, ohangi quloqda jaranglab turadi. Shunda kishining qalbida ajib ohanglar hosil bodadi va uning sadolari butun vujudini qamrab oladi. 0‘shanda odam o‘zida ilgari his qilmagan allaqanday shirin lazzatni his etadi va nazarida tevarak-atrof nurga todib, yorishib ketganday, hamma yoq go‘zallikka burkanganday tuyuladi. Bir zumga bodsa-da, hamma narsani, odamlarni quchib, bag‘riga bosgisi keladi. So‘zning qofiya, va boshqa unsurlari tufayli paydo bodadigan bu kabi xususiyatlari u ilohiyotga daxldorligi va butun borliq uning vositasida yaratilganini bildiradi. Ohangdoshlik darajasiga ko‘ra qofiyalar to‘liq qofiya va och qofiya deb ajratiladi. Bir-biriga to‘la ohangdosh so‘zlar qofiyadosh bo‘lib kelsa, bu to‘liq qofiya deyiladi. Yuksak arg‘uvonning uchida hilol Paxmoq bulutlami etadi nimta. Qaydadir shoira kuylaydi behol: - Ko‘nglim ham bu kecha oyday yarimta... Uvada kamzulda billur tugmaday Bulutlar ortidan boqadi yulduz. Qaydadir yurtini eslab ingrar nay, Qaydadir qo‘zigul yoradi ildiz. Qaydadir gulshandan axtarib visol Yel kezar - tog‘laming go‘zal arvohi. Shoiming dilrabo baytlari misol Oh tortib tizilar tumalar gohi. Qizg‘aldoq bargidek uchar dildan g‘am, Toshqinlar kiradi qalbimga manim. Bahoring muborak bo‘1 sin ushbu dam Mening 0‘zbekiston - dilbar Vatanim. Download 249.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling