Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
mushtarak jihat bor – bu ularda ifoda
langan insonparvarlik va san’atga fidoyi bo‘lish g‘oyasidir. Bu mushtaraklik adabiy ta’sir natijasida tug‘ilmay, har ikki bosh qahramonning hayoti va faoliyati mazmunidan, roman mualliflarining badiiy maqsadidan kelib chiqadi. I.Stoun yaratgan Van Gog – telbalarcha ijodga berilgan shaxs. Kitobxon uning o‘ta fidoiyligidan hayratga tushadi, chunki u san’atni o‘z shaxsiy hayotidan ustun qo‘yadi. Umri davomida yagona kartinasini sota bilgan rassom har qanday muvaffaqiyatsizlikka qaramay, o‘z ijodiy yo‘nalishiga sodiq qoladi. Ommaga ma’qul tushadigan, ammo hayotiy haqiqat dan yiroq kartinalarni chizishdan bosh tortadi. O‘zining ish lariga Van Gog quyidagicha ta’rif beradi: «Mine are better… Mine are truer, deeper. I’ll take my life of reality and hardship. That is not the road on which one perishes». 1 («Mening kartinal arim yaxshiroq... Meniki haqqoniyroq va falsafiyroq. Haqiqat va qiyinchilik yo‘lini tanlayman. Birov halok bo‘ladigan yo‘l emas bu»). 1 Stone Irving. Lust for Life. – New York: Pocket books, 1945. – P.181 – 182. 98 99 Van Gog impressionizm oqimiga mansub rassom bo‘lgan. Yangi shakllangan impressionizm va uning vakillarini Yev ropa, boshqa har qanday yangilik va hamma joyda bo‘lgani singari darhol hazm qila olmaydi, chunki ular «o‘z asarlarida xunuklik va axloqsizlikni tasvirlashadi» va shu orqali «achchiq haqiqat tomon, undan esa chin go‘zallikni» ko‘rsatishga inti- lishadi. Dastlabki qarashda paradoksal bu ibora aslida roman mohiyatini, mag‘zini, g‘oyaviy mazmunini ifodalaydi. Asarda kuchli pafos va bo‘rttirish usuli yetakchilik qiladi. Van Gog xarakteriga xos xususiyatlar shunchaki sanab o‘til may, voqealar vositasida ochib boriladi. Asarda doim pulga muhtoj, och va telbalarcha yuradigan Van Gog umri past tab aqa vakillari: konchilar, fohishalar, kambag‘al dehqonlar orasi da kechadi. Ular bilan birga achchiq hayot kechiradi. Qo‘lidan kelgancha mehr-oqibatli bo‘lib, ulardan yordamini ayamaydi. Konchilarning og‘ir ahvolini ko‘rib achinganidan oxirgi ki yimigacha bo‘lib beradi. «The suit of clothes he left with the old man who had fragile written across his back. The underwear and shirts he left for the children, to be cut and made into little gar- ments. The socks were distributed among the consumptives who had to descend Marcasse. The warm coat he gave to a pregnant woman whose husband had been killed a few days before by a cave-in, and who had to take his place in the mine to support her two babies» 1 . («U egni-boshini ortiga mo‘rt yozuv bitilgan qari yaga qoldirdi. Ichki kiyim va ko‘ylagini yosh bolalarga ko‘ylak cha qilib bichish, tikish uchun hadya qildi. Pay poqlarini Mar kass shaxtasiga tushib, silga chalinganlarga bo‘lib berdi. Issiq paltosini bir necha kun oldin shaxtada ro‘y bergan baxtsiz hodisada halok bo‘lgan erkakning homilador bevasiga berdi; 1 Stone Irving. Lust for Life. – New York: Pocket books, 1945. – P.69. Chunki ayol ikki go‘dagini boqish uchun erining o‘rnini egal lashga majbur bo‘lgandi»). Ko‘rinib turibdiki, Vinsent tabiati uning xatti-harakatlari da ko‘rsatilgan. Muallif bunday batafsil tasvir orqali Vinsentda fidoyilik va yuksak shafqat bilan xarakterlanadigan insonpar varlik hissi hamma narsadan ustun turishini ko‘rsatadi. Key ingi boblardagi voqealar ham muallifning bosh qahramonga xos aynan ana shu xususiyatga ayricha e’tibor qaratganini ko‘rsatadi. Asarda Van Gog timsolida insonparvarlik va fidoiylik ulug‘- lanadi. Bosh g‘oya ham mana shu. N.Normatovning «Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati» asarida o‘zbek rassomining insonparvarligi va fidoyiligi milliy mentalitet doirasida tasvirlangan. Adib asarda o‘z qahramoni xarakterini ko‘proq muallif xarakteristikasi va bayon vositasi da yoritishga harakat qilgan. Muallif asar davomida qahramonining odamiyligi, o‘zbek xalqi ayniqsa, o‘z yurti Surxon zamini odamlariga cheksiz muhabbatini voqealar orqali ham ko‘rsatib boradi. Binobarin, Ro‘zi Choriyev o‘z kartinalarida aynan oddiy xalq vakillarini aks ettiradi. Negaki san’at mazmunini butun olam va uning markazida turgan insonga bo‘lgan muhabbat tashkil qiladi. Ana shunday muhabbatsiz olamni ham, odamni ham real aks ettirish mumkin emas. Roman muallifi ana shu haqiqatni te- ran anglagan holda, o‘z qahramonining insonga bo‘lgan mu habbatini birinchi planga olib chiqadi. Xulosa qilib aytganda, I.Stounning «Hayot ishtiyoqi» va N.Normatovning «Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati» ro- man lari bosh qahramon tanlash tamoyili, qalamga olingan mavzu va badiiy g‘oya nuqtayi nazaridan mushtarak. Ammo tarixiy-ijtimoiy sharoit, milliy mentalitet, tarixiy shaxs 100 101 bo‘lgan bosh qahramon ruhiy olami, hayot tarzi, orzu-inti- lishlarining turlichaligidan kelib chiqadigan o‘ziga xoslikdan tashqari, har bir yozuvchining individual tasvir usuli, voqea- larni tanlash tamoyili mavjud. Nodir Normatov romanida, Irving Stoun asaridagidan farqli o‘laroq, ayrim o‘rinlarda ba- yon, muallif munosabati, publitsistik uslub yetakchilik qiladi. «Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati»da «Hayot ishtiyoqi»dagi singari syujet izchil, voqealar ketma-ketligida rivojlanib bor maydi. Yozuvchi asarning uch qismida uch xil kompozitsion qurilmadan foydalanadi. Bu qismlarda voqealar davom etmay di, balki bu qismlar bir-birini to‘ldirishga, chuqurlashtirishga, ma’lum hodisaga turli rakursdan qarashga, o‘quvchining tur licha idrok etishiga yo‘naltirilgandir. Nodir Normatov roma nida an’anaviy va modern romanchilik uslublarining sintezini ko‘ramiz. Umuman, mazkur roman o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos hodisadir. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling