Adabiyotshunoslik
Alisher Navoiy va Vilyam Shekspir
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
Alisher Navoiy va Vilyam Shekspir
ijodida badiiy tamoyillar mushtarakligi va o‘ziga xoslik 1 Badiiy so‘z ustalari Navoiy va Shekspir merosida tipologik o‘xshashliklarning ahamiyatga molik tomonlarini ko‘rsatishga urinar ekanmiz, ular dunyoqarashida muhim o‘rin tutgan mav zulardan biri muhabbat muammosiga e’tiborimizni qara tamiz. Alisher Navoiy asarini («Layli va Majnun») Shekspirning («Romeo va Julyeta») asari bilan qiyoslash uning XVII asr- danoq jahonshumul va ilmiy o‘rganilgan badiiy ijodini jahon adabiyoti kontekstida o‘rganish yo‘lida bir urinish desak, xato bo‘lmaydi. Ikkala san’atkor ishq mavzusidagi yuksak badiiy asarni yaratar ekan, fojiali sevgi tarixini syujetga asosiy man ba qilib olishdi. O‘z navbatida, «Romeo va Juletta»ning sevgi tarixi ham xuddi shuningdek, italiyalik novellanavislar tomonidan bir necha marotaba qayta ishlangan Mateo Bandello novellasi 1 Маматқулова Х.А. Алишер Навоий ва Вильям Шекспир ижодида баддий тамойиллар муштараклиги ва ўзига хослик («Лайли ва Мажнун» достони ҳамда «Ромео ва Жульетта» тра гедияси мисолида). Филол. фан. номз... дисс. – Тошкент, 2009. – Б.24 – 49. 112 113 (1554) bu muhabbat tarixini butun Yevropaga mashhur qildi. Bu tarixni fransuz tilida Per Buato yaratdi (1559). Fransuz ti lidan ingliz tiliga Vilyam Peytner tarjima qilib, nashr qildirdi. Ingliz shoiri Artur Bruk «Romeus va Julyetaning fojiali tarixi» nomli poema yaratdi. Sharq mutafakkiri «Alloh qudratining nishonasi» bo‘lmish buyuk tuyg‘uga «Mahbub ul-qulub» asarida mukammal ta’rif beradi 1 . «Layli va Majnun» dostonida ham ishq masalasiga doir nazariy mulohazalar bayoniga bag‘ishlangan baytlarni keltiradi: Ey ishq, g‘arib kimiyosen, Bal oyinayi jahonnamosen. Ham zotingga darj kimiyoliq, Ham oyinayi jahonnamoliq 2 . Allomaning ta’kidlashicha, ishq ham «kimiyo», «ham oyi- nayi jahonnamodir». Ishq insonga yaqinlashsa, gavdasining loyi tuproqdan o‘zga narsa bo‘lmagan insonning yuzini, tanini oltinga aylantiradi, bu bilan ham kifoyalanmay uni o‘tda kuy dirib, tamoman eritadi. Bu kuyish natijasida uning vujudi va ruhi oltindek pok bo‘ladi, ya’ni kimyolanish jarayonida uning vujudi o‘zidagi qusurlardan qutulib va fazilatlar kasb etib, ka molotga erishadi. Shekspir asarida ham ishq mavzusi ko‘p qirrali yoritiladi. Shoir personajlari bu haqda turli sharoitlarda turlicha fikr yu ritadilar. Shekspirda sevgi haqida birinchi xizmatkorlar gapiri shadi, ular uchun sevgi – qizlar bilan ko‘ngilxushlik; enaganing 1 Қаранг: Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб. – Тошкент, 1983. – Б.49. 2 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. XX томлик. – Тошкент: Фан, 1992. IX том. – Б.293. ham Julyettaning yoshligida yiqilganini eslab aytgan gaplari va fikrlari ularnikidan qolishmaydi. Asarda Benvolio va Merkutsio ishq haqida istehzoli so‘zlashar ekan, ko‘ngilochar hissiyotlar haqida xizmatkorlarning qo‘pol va sodda gaplaridan farqli ra- vishda yosh aslzodalar bunday hissiyotlardan nafratlanishadi va Romeoning oshiqligini masxara qilib kulishadi. G‘arb mutafakkiri Shekspir oksyumoronlardan unumli foy dalanib ishq tavsifining nihoyatda yorqin namunalarini yara- tadi: a brawling love – savdoyi junun; a loving hate – suyukli nafrat; a heavy lieghtness – qo‘rg‘oshin pat; a cold fire – sovuq alanga; a sick health – sog‘lom bemor. Mutafakkir shoir ishq- ning ta’rifida davom etar ekan, poetik mahorat bilan uning si tamkorligini, o‘tday kuydirishini, bu o‘t oshiqni ko‘z yoshdan jamg‘arilgan Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling