Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
dengizga g‘arq etishini bayon etadi.
Sharq va G‘arbda ishq konsepsiyasiga bo‘lgan munosabat lar yaqinligini va muhabbat muammosining badiiy yechimi dagi g‘oyaviy o‘xshashlikni V.M.Jirmunskiy ham e’tirof eta di: «Dunyoviy muhabbat (ishqi majoziy) konsepsiyasi Haqqa bo‘lgan muhabbatning majozi sifatida tasavvuf an’analari bilan bog‘liq» 1 . Tasavvufning mumtoz sharq she’riyatiga, xu- su san «Layli va Majnun» asosidagi muhabbat konsepsiyasiga ta’siri qanchalik katta bo‘lgani fanga ma’lum. Dostonda ham, tragediyada ham qahramonlar fojiasini tasvirlash orqali nohaqlik va adolatsizlik qoralanadi. «Ziddi yat qahramonlarning hissiyotlari asosida tug‘ilmaydi... Fojia adovat va dushmanlik dunyosi bilan qahramonlarning ajoyib tuyg‘usi to‘qnashuvidan yuzaga keladi» 2 . Ikkala asarda ham qahramonlar xatti-harakatlarini yo‘naltiruvchi 5 ta asosiy lavha mavjud: 1 Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение. – Л.: Наука, 1979. – С.182. 2 Аникст А. Творчество Шекспира. – М.: Наука, 1963. – С.228. 114 115 1. Ilk uchrashuv. 2. Dil izhori. 3. Ayriliq. 4. Istamagan kishi bilan nikohga majburlash. 5. Xotima. Navoiy dostonida ham, Shekspir tragediyasida ham muhab bat an’anaviy munosabatlar me’yorini buzadi. Birinchi hola tda ijtimoiy tengsizlik, Laylining otasi «devona» Qaysga qizini be rishdan or qiladi 1 . Ikkinchi holatda azaliy oilaviy nizo to‘siq bo‘ladi. «Romeo va Julyetta»da qahramonlar yashirincha nikoh o‘qitishadi. Bu haqda ota-onalarini ogohlantirishmaydi. Ular- ning roziligini olish ilojsizligini anglab, bu haqda og‘iz ochmay- dilar. «Layli va Majnun»da faqat Majnun ota-onasining istagi ga qarshi chiqa oladi, Layli esa ota-onasiga bo‘ysunadi. Ikkala ijodkor ham qahramonlarining o‘ziga xosligiga urg‘u berishadi. Ikkala asarda ham sevishganlar halok bo‘ladilar. Majoziy ishq vujudni yo‘q qilib yuboradi. Romeoning o‘limi Julyetta- ning, Laylining o‘limi (jisman) Majnunning jisman o‘limiga olib keladi. Laylining onasiga qilgan vasiyatiga ko‘ra har ik kalasini bir kafanga o‘raydilar va bir qabrga qo‘yadilar. Har ikki sevishgan yor shu yo‘sinda bir-birlariga abadiy qovushdilar: Kirdi ikki jism bir kafang‘a, Yo‘q, yo‘q, ikki ruh bir badanga Donadek o‘lub iki badan bir, Dona qobug‘i kibi kafan bir Yoshurdi chu oy-u kun yuzin abr, Chun go‘r bir erdi, bo‘ldi bir qabr (292-bet). 1 Комилов Н. Тасаввуф. Биринчи китоб. – Тошкент: Ёзувчи, 1996. – Б.225. Shunday qilib, yuqorida bayon qilingan fikrlar asosida qu- yidagi xulosalarga kelish mumkin: Navoiy va Shekspir ilgari surgan g‘oyalar mushtarakligi sa- bab lari adabiy aloqa va uslublar ta’siriga emas, balki asarlar yara tilgan davr muammolari, kayfiyati va ularni badiiy aks ettirish dagi yozuvchi iste’dodi, tafakkuri imkoniyatlariga bo rib taqaladi. Navoiy va Shekspir gumanizmini harakatga keltiruvchi barcha tamoyillarini o‘z ijodiy, ilmiy, ijtimoiy faoliyatlarida bevosita ifoda ettirishga harakat qilganlar. Bu ularning davlat boshlig‘i, milliy til mavqeini ko‘tarish va taraqqiyotiga asos solish, shaxs erki va insoniy muhabbat xususidagi mushtarak qarashlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Alisher Navoiy «Layli va Majnun» dostonini Shekspirning «Romeo va Julyetta» tragediyasi bilan qiyoslash ikki buyuk ijodkorning ishq konsepsiyasiga munosabatlarining g‘oyaviy yaqinligini ko‘rsatdi. Ikki mutafakkir nuqtayi nazarida komil likning muhtasham poydevori ham, oliy cho‘qqisi va so‘nmas nur manbayi ham ishqdir. G‘arb uyg‘onish davri mutafakkiri inson e’tiborini uning o‘z go‘zalligiga, jismoniy va botiniy barkamolligiga (yuksak fazi latlar egasi sifatida) qaratgan bo‘lib, ana shu barkamollikni badiiy adabiyotda ifoda etishga intilgan. Uning fikricha, go‘zal inson, albatta, go‘zal dunyoviy hayot sohibi bo‘lmog‘i lozim. Sharq uyg‘onish davri mutafakkiri esa butun e’tiborini in sonning ruhiy kamoloti masalasiga qaratgan. Uning uchun go‘zal dunyoviy hayot pirovard maqsad emas, balki boqiy ruhiy yuksaklikka erishish uchun bir imtihon vositasi, xolos. Alisher Navoiy va Shekspirning biz tahlil etayotgan asarlari zamirida ana shu g‘oya va o‘zaro tafovut yotadi. Ammo shun ga qaramay, ikkala shoir ham real dunyo go‘zalliklari orasida ishqni go‘zallikning bosh manbayi deb qaraydilar. Qahramon 116 117 lar dunyodagi eng qudratli ma’naviy kuch deb muhabbat ni bilishadi. Uning ilohiy qudratiga tayanib yashaydilar. Shu ishonch ularni inson sifatida tengsiz yuksakliklarga - hayot, davr, olam va odam mohiyatining tub ildizlarini belgilaydigan g‘oyaviy kengliklarga olib chiqadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling