Mana shunday qahramonona umid, qahramonona his va qahramonona g‘ayrat —barchalari tarixiy adabiyotning natijasidan boshqa narsa emasdir. Hech to‘xtamasdan harakat qilub turg‘on vujudimizga, tanimizga suv-havo ne qadar zarur bo‘lsa, maishat yo‘lida har xil qora kirlar ila kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa — millat yashar. Adabiyoti o‘lmag‘on va adabiyotining taraqqiysiga chalishmagan va adiblar yetishdirmag‘on millat oxiri bir kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan mahrum qolub, sekin-sekin inqiroz bo‘lur. Muni inkor qilib bo‘lmas. Inkor qilg‘on millat o‘zini inqirozda ekanun bildirur. - Mana shunday qahramonona umid, qahramonona his va qahramonona g‘ayrat —barchalari tarixiy adabiyotning natijasidan boshqa narsa emasdir. Hech to‘xtamasdan harakat qilub turg‘on vujudimizga, tanimizga suv-havo ne qadar zarur bo‘lsa, maishat yo‘lida har xil qora kirlar ila kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa — millat yashar. Adabiyoti o‘lmag‘on va adabiyotining taraqqiysiga chalishmagan va adiblar yetishdirmag‘on millat oxiri bir kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan mahrum qolub, sekin-sekin inqiroz bo‘lur. Muni inkor qilib bo‘lmas. Inkor qilg‘on millat o‘zini inqirozda ekanun bildirur.
- Bizdan boshqa millatlarga ko‘z solsak ko‘ramizki, alarning olti yoshdan oltmish yashar qarilarina qadar adabiyotdan bir lazzat olub oxir umriga qadar adabiyot o‘qub eshitmakni vazifai milliyasidan hisob qilur. Mana shuning uchundirki, Ovro‘poning har shahar va qishloqlarida har kun, har hafta adabiyot kechalari qilinur, adabiyot o‘qilur, nutq so‘ylanub xalq ko‘b kirub ta’sirlanurlar. Mana totor qardoshlarimiz yilda bir daf’a bo‘lsa ham shahar va qishloqlarida «Adabiyot kechalari» qilub xalqg‘a ruh berub ko‘b olqishlar, ofarinlar oldigini g‘azetalardan o‘qub turmakdamiz. Bizlar esak adabiyotdan lazzat olmak bir tarafda tursun, hatto bobolarimiz va bolxosa «Islom madaniyati» zamoninda katta ro‘l o‘ynag‘on va alarning maishatlarin ko‘rsatgan ta’rix umumiylarni o‘qub anglamoqdin ham ko‘b yiroq turamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |