Adaptatsiya va guruhdagi jipslikni mustahkamlash


Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar ro’yxati


Download 27.18 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi27.18 Kb.
#1482363
1   2
Bog'liq
Mavzu 123

Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar ro’yxati 

1.Nishonova Z.T., Qarshieva D.S. Eksperimental psixologiya T.: TDPU 2009 


2.Nishonova Z.T. va boshqalar Psixodiagnostika o’quv qo’llanma T.: TDPU 2008 
3.Romanova E.S. Psixodiagnostika: Uchebnoe posobie.- SPb.: Piter, 2005.- 400 
4.Spravochnik prakticheskogo psixologa: Psixoterapiya/ sost. S.L.Solovyova.- M.: AST.SPb.: Sova, 2005.- 575 c. 
5.Slavskaya A.N. Lichnost kak sub`ekt interpretatsii.- Dubna: Feniks, 2002.- 240 c.6.Drujinin V.N. Eksperimentalnaya psixologiya.- 2izd., dop.- SPb.: Piter, 2001 god. -320 c. 
7.Burlachuk L.F., Morozov S.M. “Slovar spravochnik po psixodiagnostike” – SPb.: Piter Kom, 1999 god. -528 c. 
6.Internet ma`lumotlari quyidagi saytlardan olinadi:
1. www. tdpu. uz 
2. www. pedagog. uz 
3. www. Ziyonet. uz 
4. www. edu. uz 
5. tdpu-INTRANET. Ped 
6. www. nutq. intal. uz 


 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI SOATBAY O`QITUVCHISI
KURBANOVA NODIRABONU FAZLIDIN QIZINING

2022-2023 o’quv yili Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 3-kurs (sirtqi) Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanidan VI semestr amaliy darslari ishlanmasi
NAVOIY – 2023

Kirish
Ushbu dastur psixodiagnostika va eksperimental psixologiya kursi bo‘yicha ma`ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar mavzularini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularda eksperiment kategoriyasining psixologik mazmuni, psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning muammolari, psixodiagnostika va eksperimental psixologik muammolarini hal qilishning ilmiy usul va vositalari, eksperiment natijalarini bir necha qayta ishlash metodlari, eksperiment natijalarini jadval va grafik ko‘rinishda berish usullari, eksperimental psixologik tadqiqotni tayyorlash, uni o‘tkazish, eksperiment natijalarini analiz qilish, ularni qo‘llashga doir amaliy tavsiyalar berish bilan bayon qilingan. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya umumiy psixologik tadqiqotlar va amaliyot o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyadagi nazariy va metodik izlanishlarni yo‘nalishlari eng avvalo amaliyot buyurtmalari bilan belgilanadi. Bugungi kunda amaliy psixologik xizmat tizimining toboro keng rivoj topishi, psixodiagnostika sohasida o‘tkazilayotgan tadqiqotlar ko‘lamining kengayishi, bu yo‘nalishda katta hajmdagi ilmiy bilimning to‘planib borayotganiga sabab bo‘lmoqda. Bunday sharoitda talabalar mustaqil ta`limini oqilona tashkil etish, muntazam nazorat qilishning ahamiyati kattadir.


O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Faning o’qitishdan maqsad – talabalar amaliy psixologiyaning sohalaridan biri bo‘lmish psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fani bo‘yicha chuqur mukammal bilimlarga ega bo‘lishlari shuningdek shaxs psixologiyasi intellekt shaxslararo munosabatlar bilish jarayonlari diagnostikasi bo‘yicha bilimlar majmuasini qo‘lga kiritishlaridan iborat. Fanning vazifasi – talabalarga psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning nazariy hamda amaliy asoslari bilan tanishtirish hamda ularda diagnostik tekshiruv o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga quyiladigan talablar “Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, bilish faoliyati, shaxs psixologiyasi, intellekt va shaxslararo munosabatlarga doir nazariy bilimlarni bilishi kerak; -talaba shaxs faolligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan proektiv test metodikalari yuzasidan ma’lumotlar zahirasiga va ularni amaliy faoliyatga qo‘llay olish va kichik hajmdagi tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak; -talaba psixodiagnostika va ekspremental psixologiya fanining amaliyotdagi o‘rni, psixodiagnostik tekshiruvlar va eksperimental tadqiqotlarga qo‘yiladigan talablar, tadqiqotchining ilmiy etikasiga doir malakalarga ega bo‘lishi kerak.
Download 27.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling