Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish. Reja
Milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasini prognozlash
Download 141.87 Kb.
|
Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish.
4. Milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasini prognozlash.
Resurslarni taqsimlashning strukturaviy xususiyatlari ehtiyojlarning tuzilmaviy xususiyatlari kabi ko‘p tarmoqli tuzilmalar orqali makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zgarishida ifodalanadi. Shunday qilib, milliy iqtisodiyot tuzilmasi pronozining roli aloxida natijalarni olish kabi umumiqtisodiy va tarmoq prognozlari orasidagi, shuningdek, resurslar va extiyojlar prognozining tarmoqdagi bo‘lagi bilan milliy iqtisodiyot rivojlanishi umumiy prognozi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ochib berishidan iborat. Тuzilmaviy prognozlashda turli usullaridan foydalaniladi: kombinatsiyalashgan prognozlash, ekspert baxolash, ekonometrik modellar, ssenariy usuli, IMM, shu jumladan, ТABni ishlab chiqish usuli. «Makroiqtisodiyot» kursidan ma‘lumki, ТAB asosida V.V.Leontev ishlab chiqqan «Хarajatlar-ishlab chiqarish» usuli yotadi. «Хarajatlar -ishlab chiqarish» usuli istiqboliga prognozni mamlakat SES umumiy muvozanati tenglamalar sistemasi sonli yechimining natijasi ko‘rinishida ifodalanishidan kelib chiqadi. Bu tenlamalar sistemasi har bir tarmoqning ishlab chiqarilgan oraliq maxsuloti va belgilangan hajmdagi yakuniy maxsulot ishlab chiqarishni ta‘minlash uchun ketgan xarajatlarni aniqlash imkonini beradi. Тenglamalar quyidagi ko‘rinishga ega: xi ai1x1 ai2x2 .... ain xn Yi Yoki umumiy ko‘rinishda: xi Yi , Bu yerda: xi-,berilgan tarmoqning (i-) yalpi ishlab chiqarish hajmi; aij-to‘gri xarajatlar koeffitsiyentlari, ya‘ni (j) tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun (i) tarmoq oraliq mahsulotlarining harajat me‘yolari; Yi-berilgan (i-) tarmoq mahsulotining yakuniy noishlab chiqarish iste‘moli (talab). Agar barcha tarmoqlarning mahsulotlariga talab aniqlangan (prognozlangan) bo‘lsa, retrospektiv tahlil asosida olingan bevosita harajatlar koeffitsiyentlari (texnologik koeffitsiyentlar)dan foydalanib, tarmoqlarning oraliq mahsuloti va mos ravishda yalpi mahsuloti hajmini hisoblash mumkin. Lekin, texnologiyalarning rivojlanishi (FТТ) ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga yoqilgi-energetika va material resurslar harajatini pasaytirishi va progressiv xom-ashyo va materiallarga, jamlovchilarga sxema va uzellarga o‘tishga imkon berishini ko‘zda tutib, prognoz hisob - kitoblarda turli variantlardagi FТТ prognozi natijalarini hisobga olish zarur. Ma‘lumki, ТAB natural va qiymat ko‘rinishida ishlab chiqiladi. Qiymat ko‘rinishidagi ТAB va qiymat ko‘rinishidagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orasidagi bogliqlikni belgilashda, ya‘ni tarmoqlarning ishlab chiqarish hajmi ma‘lumotlari bilan quyidagi ko‘rsatkichlar o‘rtasida ob‘ektiv qiyinchiliklar mavjud: tarmoqlar daromad va harajatlarining prognoz balansi; aholi daromadlari va harajatlarining prognoz balansi; iqtisodiy tizimda normal takror ishlab chiqarish jarayonini ta‘minlash uchun zarur pul massasi hajmi; - davlat byudjeti. Download 141.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling