Adhamjon Mahmudov +99 899 889 56 57 Tanqidiy fikrlash Prezident maktabi savollari
Download 171.11 Kb. Pdf ko'rish
|
Tanqidiy fikrlash 2 Prezident maktabi savollari
Adhamjon Mahmudov +99 899 889 56 57 Tanqidiy fikrlash Prezident maktabi savollari 1. Salima: "Prezident maktablarida o'qiydigan o'quvchilar tanqidiy fikrlashda juda mohir. Demak, Prezident maktablarida o'quvchining tanqidiy fikrlash qobilyati juda yaxshi rivojlanar ekan" ❓ Quyidagilardan qaysi biri Salimaning fikrlashidagi xatolikni ko'rsatadi? A) Prezident maktabida chet ellik o'qituvchilar o'qitadi. B) Prezident maktabida o'zlashtirishi past o'quvchilar a'lochi o'quvchilardan o'rganadilar. C) Prezident maktablariga tanqidiy fikrlash qobilyati kuchli o'quvchilar qabul qilinadi. D) Prezident maktabida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bo'yicha maxsus fanlar o'qitiladi. 2. Marjona, Nasiba, Nafisa va Muslima 4 ta opa singillar. Agar quyidagi gaplar to’g’ri bo’lsa ularni eng yoshi kattasi kim? Marjona eng kichigi Nasiba eng kichigi emas lekin Nafisadan kichik Nafisa Muslimadan katta A) Muslima B) Nafisa C) Nasiba D) Marjona 3. Uyda 5 nafar qiz bor. Ular o’z yoshiga qarab xonalarini tanlashadi. Qizlarning eng Yoshi kattasi birinchi bo’lib xona tanlay boshlaydi. Ular Sarvinoz, ra’no, Kumush, bahora va Anora. • Sarvinoz Ra’nodan bir yoshga kichik. • Kumush va Ra’no egizak. • Bahora Sarvinozdan uch yoshga kattaroq. • Kumush 23 yoshda. • Anora Ra’nodan Yoshi kattaroq, ammo Sarvinozdan yoshroq. ❓ Qaysi qiz birinchi bo’lib xona tanlaydi? A) Bahora B) Anora C) Sarvinoz D) Kumush va Ra’no birgalikda 4. Hamida ustoz: "Mening sinfimda 10 nafar koʻrish qobilyati pastroq oʻquvchi bor. Bugun ertalab sinfimizda 7 nafar oʻquvchi ko'zoynak taqib yurgandi. Demak, bugun sinfimizda ba'zilar kontakt linza taqib yurgan bo'lishi kerak". ❓ Hamida ustoz bunday fikrlash orqali qanday xatolikka yo'l qo'ygan bo'lishi mumkin? A) U boshqa sinfdagi oʻquvchilarni hisobga olmadi. Adhamjon Mahmudov +99 899 889 56 57 B) U qaysi o'quvchi kontakt linza taqib yurganligini aytmadi. C) Ba'zi ko'rish qobiliyati past o'quvchilar ko'zoynak ham, kontakt linza ham taqib yurmagan bo'lishi mumkin. D) Hozirda ko'rish qobiliyati past oʻquvchilar kelajakda ko'z oynak taqib yurishga ehtiyojmand bo'lishi mumkin. 5. Asaloy soch turmaklovchining veb-saytiga kirib, har bir tur dagi soch turmagini yasash qancha vaqt olishini bilish imkoniyatiga ega. Asaloy: "Oyim o'z soch turmagining 2 soatda tayyor bo'lishini aytdi. Men soch turmaklovchining veb-saytiga kirib, oyim qaysi soch turmagini tanlaganini bilib olishim mumkin". ❓ Quyidagi qaysi gap Asaloyning fikri xato ekanligini ko'rsatadi? A) Bir xil soch turmagi sartaroshning mahoratiga qarab turlicha vaqt olishi mumkin. B) Bir qancha turmaklarga ketadigan vaqt bir xil boʻlishi mumkin. C) Sartarosh ba'zi yangi turmaklar yasashni o'rganib, saytiga qo'ymoqchi. D) Ba'zi turmaklar 2 soatdan kamroq vaqtni olishi mumkin. 6. "Prezident maktabida o'qiydigan o'quvchilar tanqidiy fikrlashda juda mohir." Bunyod: "Men tanqidiy fikrlash mashqlarini yaxshi yecha olmayman. Prezident maktabiga kirsam, shularni yaxshi o'rganib olaman". ❓ Bunyodning fikrlashida qanday xatolik bo'lishi mumkin? A) Prezident maktabida chet ellik o'qituvchilar o'qitadi. B) Prezident maktabida a'lochi o'quvchilar qolgan o'quvchilarga o'rgatadi. C) Prezident maktabiga tanqidiy fikrlashi kuchli o'quvchilar qabul qilinadi. D) Prezident maktabida tanqidiy fikrlashni kuchaytiradigan fanlar o'qitiladi. 7.Kamron Registon LC da o’qiydi. U har kuni ertalab darsga avtobusda keladi. Avtobus stansiyadan 7:00 da jo’nab ketadi. Va har bir bekatda to’xtash uchun 5 minut sarflaydi. Regston LC da darslar ertalab 8:00dan boshlansa va Kamron darsga 5 minut kechikib kelsa. Avtobus nechta bekatda to’tagan? A)11 B) 12 C) 13 D) 14 8.Guruhdagi o’quvchilar soni 25 dan ko’p, lekin 33 dan kam. Guruhdagi o’quvchilar soni 30 dan ko’p 34 dan kam. ❓Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib guruhdagi o’quvchilar sonini toping. A)31 yoki 32 B) 32 C) 27 D) 33 Adhamjon Mahmudov +99 899 889 56 57 9. Registan LC da Noyabr oyi adabiyot oyligi deb e’lon qilindi. Va bu oyda quyidagi janrdagi kitoblar o’qilishi rejalashtirildi. Akmal kamida 500 betlik kitob o’qimqchi Muslima esa eng ko’pi bilan 200 betlik kitob o’qimoqchi Demir eng ko’pi bilan 700 betlik kitobni o’qiy oladi. ❓Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib 600 betlik kitobni kimlar o’qiy oladi? A)Akmal va Muslima C) Muslima B)Akmal D) Akmal va Demir 10. Tabiatshunos: ,,Okeanlarda ulkan suv o'tlarini o'stirsak, suv o'tlari havodagi zaharli gazlarni tozalaydi. O'tlar qurisa yoqib yuboraveramiz." ❓Tabiatshunosning fikrlashida qanday xatolik bo'lishi mumkin? A) Okeanning bazi joylarida suv o'tlarini o'stirib bo'lmaydi. B) Suv o'tlarini yoqqanda juda katta miqdorda zaharli gaz chiqadi C) Ko'p suv o'tlari faqat bir yil umr kechiradi. D) Okeanda suv o'ti ekish oson bo'lmaydi. Download 171.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling