Adidas fermasini tarixi
Download 304.5 Kb.
|
adidas
Adidas fermasini tarixi 1920-yil olmoniyalik havaskor sportchi ADI DASLER chopish uchun maxsus tufli tikib chiqardi. "Yaxshi poyabzal sportchining muvaffaqiyat qozonishi uchun yordam beradi", degan fikrni takrorlashdan charchamaydigan bu yosh yigit ko'plab tajribalar o'tkazdi. Va nihoyat, 1925-yilga kelib to'p tepish va yugurish uchun mo'ljallangan bir necha poyabzal turini yaratdi. 1928-yil Amsterdamda bo`lib o`tgan Olimpiadada sportchilarning aksari Dassler kashf etgan poyabzalni kiyib chiqishdi. Oradan uch yil o'tgach u tennischilar tuflisini yaratdi va bu mahsulot ommalashib ketdi. 1932-yil Los-Anjelosda bo'lgan Olimpiadada 100 metrga yugurish bo'yicha musobaqada bronza medalini olgan ham Dassler krassovkasida ishtirok etgan edi. 1936-yil poyabzal ustasi uchun baxtli yil bo'lib qoldi: uning rafiqasi o`g`il tug`di va bolaga Xorst deb ism berishdi. Bermen Olimpiadasida esa yugurish bo'yicha sportchi Jessi Oven Dassler yaratgan poyabzaldan foydalanib to'rtta oltin medalga sazovor bo'ldi. Urushdan so'ng, 1948-yil Dassler o'z firmasini rasmiy ro'yxatdan o'tkazdi. Firmaning nomi (ADIDAS) ustaning ismi va familiyasi qisqartmasidan iborat ekanini bilish qiyin emas. Ayni paytda uning akasi Rudi ham yangi firma tuzib ("PUMA"), raqobatlashayotgan edi. Dassler model va dizayn ustida juda ko`p ishladi. U 700 dan ortiq ixtirosiga patent olgan. Ammo u yaratgan poyabzalning boshqalarnikidan farq qiluvchi asosiy belgilaridan biri - uchta rangli chiziq bo'ldi. Aynan shu narsa 1949-yil tovar belgisi sifatida ro'yxatga olindi va "ADIDAS"ning yorlig`i bo`lib qoldi. Dasslerlar oilaviy pudrati to`xtovsiz mehnat qildi. Adi ishlab chiqarishni takomillashtirdi, uning rafiqasi Kete esa asosan kompaniyani boshqarar, beshta nafar farzandi ham oilaga yordam berishardi. Ammo ularning o`g`li Xorst ish boshlashi bilan firmaning qo`shimcha mablag`i ortib bordi. 20 yoshli Xorst firma mahsulotlarini olib 1956-yilda Melburn olimpiadasiga yo`l oladi va katta muvaffaqiyat qozonadi. Shunday qilib "ADIDAS" firmasi mahsulotlari "sport bozori" ni zabt eta boshladi. Firma rahbarlari kompaniyaning asosiy muvaffaqiyatini uning an`analri bilan bog`liq deb biladi. Hatto "Bizning sport merosimiz - bizning kelajagimizdir" - degan shior paydo bo`lgan. Olmoniya va AQSHda dizayn va rivojlanish bo`yicha ikkita ajoyib markaz tashkil etilgan. Firma Sharqqa, Tinch okean hududi mamlakat-lariga, Janubiy Amerikaga keyinchalik butun dunyoga kirib bora oldi. Hatto fiirma korxonalari soniyasiga uch juft poyabzal ishlab chiqarishga erishdi. "ADIDAS" o'z raqobatchilari "REBOOK" va "NIKE"ni qo`shib hisoblaganda ham ulardan ikki baravar o'zib ketti. Firmaning yangidan mashhur bo`lishida reklamaning o`rni katta bo'ldi. Firmaning dovrug`idan foydalanib uning nomi bitilgan qancha soxta sport kiyimlari-yu, qancha poyabzallar ishlab chiqarilmadi deysiz. 1990-yilga kelib Davlat sport qo`mitasi litsenziya bo`yicha ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi. Odamlar "ADIDAS" mahsulotlari uchun erta-yu kech navbatga turishardi. Hozirda ham nafaqat sportchilar, balki boshqa insonlar ham "ADIDAS" mahsulotini ma`qul ko`rishadi. Jahonga mashhur "ADIDAS"ning qisqacha tarixi shundan iborat.
1954-yil tishlari burab mustahkamlanadigan futbol butsilari chiqarildi (GFR terma jamoasi shu butsilarda jahon chempioni bo`ldi) 1956-yil sport marketingi va reklamasi yuzaga keldi. 1963-yil futbol to`plari ishlab chiqarila boshlandi. 1964-yil og`irligi 96 gramm keladigan eng engil sport shippaklari yuzaga keldi. 1967-yil uchta chiziqli ilk sport kostyumi tikib chiqarildi. 1970-yil futbol bo`yicha jahon chempionati uchun maxsus rasmiy to`p ishlab chiqarildi. 1972-yil firma belgisi-uchta chiziqqa yana uch barg belgisi qo`shildi. 1978-yil Adi,1984-yil esa rafiqasi Kete vafot etdi. 1987-yil saraton kasalligi tufayli Xorst hayotdan ko`z yumdi. Bunday daxshatli uch o`lim firmani "egar" dan tushirdi. Shundan so`ng firmaga bir necha xo`jayinlar kelib ketdi Companiya ko’rsatkichlari Hozirda firma o`z moliyaviy ahvolini o`nglab oldi. Korxonaning 2009-yildagi aylanma mablag’i 14.8 mlrd evro, sof daromadi esa 680 mln evroni tashkil qildi. Adidas embelemasi Companiyaning tovarlari 115$ 110$ Download 304.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling