Adidas tarixi: Korporatsiyaga aylangan oilaviy biznes haqida


Download 0.61 Mb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1618746
1   2
Bog'liq
Adidas tarixi

Musobaqalardagi homiylik
Ilk marta professional sportchilar Adolf Dassler tomonidan tikilgan oyoq kiyimni 1928 yilda Amsterdamda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiadada kiyishgan.
Adidas Dassler’dan ajralgach, Adolf sportchilar bilan hamkorlik qilishda davom etdi: 1952 yil Xelsinkida bo‘lib o‘tgan Olimpiadada ko‘plab sportchilar Adidas oyoq kiyimlarida chiqishgan. 1954 yilda Futbol bo‘yicha jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallagan Germaniya terma jamoasi Adidas oyoq kiyimlarini kiygandi.
Kompaniyani boshqarish vaqtida 1970-1990 yillarda davom etgan inqiroz vaqtida Adidas sportchilar bilan hamkorlik qilmagan va Olimpiadaga homiy bo‘lmagan.
1996 yilda Adidas yana Olimpiya o‘yinlari homiysiga aylandi, uning savdolari 50 foizga o‘sdi.
2000 yilda Sidneyda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Adidas mahsuloti 28 ta sport turidan 26 tasida mavjud bo‘lgan. Uch mingdan ortiq sportchi Adidas’dan kiyingan.
2012 yilda Adidas Londondagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining homiysi bo‘lgan. Adidas formasini ko‘ngillilar, xizmat ko‘rsatuvchilar, hukumat vakillari va Buyuk Britaniya terma jamoasi ishtirokchilari kiyishgan
Buyuk Britaniya terma jamoasi Londondagi
Olimpiada o‘yinida Adidas formasida
Foto: Adidas
Adidas shartnoma imzolangan sportchilarni ham kiyintirgan. Masalan, Amerika terma jamoasi besketbolchisi Derrik Rouz Adidas bilan hamkorlikda yaratilgan D-Rose krossovkalarini kiygan.
Adidas+Teamgeist koptogi
Foto: Adidas
Derrik Rouz Adidas D-Rose krossovkalarida
Foto: Adidas
Adidas ijrochi direktori Gerbert Xaynerning so‘zlariga ko‘ra, 2007 yildan 2012 yilgacha kompaniya homiylik, marketing va Londondagi Olimpiada reklamasiga 100 mln funt (deyarli 130 mln dollar) sarflagan.
Adidas bugungi kunda
Adidas bosh direktori Kasper Rorshtedning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yil uchun belgilangan istiqbolli vazifa – onlayn-do‘konni rivojlantirish.
Adidas bir vaqtning o‘zida ham funksional, ham urfga mos bo‘ladigan sport buyumlarini yaratishda davom etadi. Buning uchun brend moda dizaynerlari bilan hamkorlikda to‘plamlar chiqaradi. Rorshted misol keltirdi: yaqinda Adidas YouTube’da niderlandiyalik 21 yoshli Daniel Katarini topdi va u bilan birgalikda kapsulali to‘plamni chiqardi.
Shuningdek, kompaniya 3D-printerda chop etilgan krossovkalarni ishlab chiqarishda davom etadi.
Foto: Reuters
“3D chop etish bizning eng muhim platformamizga aylanadi. Biroq buning uchun ko‘p vaqt kerak. Ikki yil davomida chop etish vaqtini ikki marta kamaytirdik, uni yana qisqartirish lozim”.
Rorshted ikki yil avval Nike krossovkalarni printerda chop etish mumkin emasligini aytganini, biroq Adidas buni amalga oshirayotganini qayd etdi.
Kompaniya sayti ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yildan 2022 yilga qadar Adidas marketing harakatlarini oltita shahar - Los-Anjyeles, Nyu-York, London, Parij, Tokio va Shanxayga qaratadi.
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling