Adliya vazirligi markaziy apparati hamda hududiy


Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish sohasi, Mahalliy


Download 237.65 Kb.
bet27/27
Sana16.06.2023
Hajmi237.65 Kb.
#1500895
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
WORD SAVOLLAR

Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish sohasi, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish

“E-qaror” elektron tizimi orqali hokimlik hujjatlar loyihalarini qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish tartibi qanday?


Mahalliy davlat hokimiyati organlari norma ijodkorligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni sanab bering.
Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati qaror loyihasini tegishli hududiy adliya organiga qanday turdagi ekspertizalardan o‘tkazish uchun kiritilishini ta’minlaydi?
Mahalliy davlat hokimiyati organlari norma ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlarining asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan yer maydonlari doimiy foydalanish huquqi asosida kimlarga ajratilishi mumkin?
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari struktura bo‘linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish tartibini aytib bering.
“E-qaror” elektron tizimi orqali qanday turdagi hujjatlar qabul qilinadi?
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qanday hujjatlari hududiy adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaydi?
Mahalliy davlat hokimiyati organining qarorlari loyihasining huquqiy ekspertizasida hududiy adliya organi tomonidan qanday jihatlarga ahamiyat beriladi?
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar ustidan shikoyat qilish tartibi qanday?
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari deganda qanday hujjatlar tushuniladi?
“E-qaror” elektron tizimidan foydalanishda Adliya vazirligining vakolatlari nimalardan iborat?
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining tartibga solish ta’sirini qaysi elektron tizimdan foydalangan holda amalga oshiriladi?
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid vakolatlari, ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi qachondan bekor qilindi?
“E-qaror” elektron tizimi orqali mahalliy davlat hokimiyat organlarining yer munosabatlariga doir hujjatlarini doimiy ravishda monitoring qilishni amalga oshiruvchi idoralarni sanab bering?
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qanday turdagi qarorlari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun joylashtiriladi?
“E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi haqida nimalarni bilasiz?
Hududiy adliya organlari “E-qaror” elektron tizimi monitoring qilishda nimalarga e’tibor qaratishi lozim?
“E-qaror” elektron tizimini chetlab o‘tgan holda qabul qilingan mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli qarorlari va farmoyishlari huquqiy oqibati qanday?
Hokimliklar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish olish tartibi haqida gapirib bering.
Qanday hollarda “E-qaror” elektron tizimini chetlab o‘tgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi?
Mahalliy davlat hokimiyati organining qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun kim tomonidan joylashtirilishi lozim?
Hududiy adliya organlari hokimliklarning qanday turdagi qarorlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi?
Hududiy adliya organining qanday xatti-harakati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlarni qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi?
Hokimliklar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish qaysi elektron tizim orqali amalga oshiriladi?
Mahalliy davlat hokimiyati organining qanday turdagi hujjatlariga huquqiy normalarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi?
Hokimliklar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga yuborish qaysi elektron tizim orqali amalga oshiriladi?
Manfaatdor tashkilotlarga kelishish uchun kiritilgan hujjatlar loyihalari yuzasidan belgilangan muddatlarda “E-qaror” elektron tizimi orqali munosabat bildirilmagan taqdirda, qanday oqibatlar kelib chiqadi?
Qanday turdagi hujjatlarda umummajburiy huquqiy normalar bo‘lmasligi lozim?
Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati hujjat loyihasi “E- qaror” elektron tizimi orqali kiritilgandan keyin nechchi kun muddatda loyihani ko‘rib chiqishi kerak?
Mahalliy davlat hokimiyati organining qarori loyihasi kimlar tomonidan “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqiladi?
Hokimlik qaror loyihasiga hududiy adliya organi tomonidan
“E-qaror” elektron tizimi orqali tegishli munosabat bildirilgandan keyin mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati qanday vazifalarni amalga oshirishi kerak?
Qanday turdagi hujjatlar “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi?
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish tartibini aytib bering.
Mahalliy davlat hokimiyati organining qarori loyihasining matni qanday talablarga muvofiq bo‘lishi kerak?
Hokimliklarning jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish to‘g‘risidagi o‘z kuchida bo‘lgan qarorlari hokimlik rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi joriy etilganligi bo‘yicha ma’lumot bering?
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar yuridik va jismoniy shaxslarga qanday tartibda beriladi?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yer munosabatlari sohasida qanday vakolatlarga ega?
“E-qaror” qanday elektron tizimi hisoblanadi?
Hokimlikning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun qaysi elektron tizimi orqali joylashtiriladi?
Qabul qilingan (chiqarilgan) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini manfaatdor tashkilotlar va ijrochilarga yetkazishda qaysi elektron tizimdan foydalaniladi?
Hududiy adliya organi mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati tomonidan normativ tusga ega bo‘lgan hujjat loyihasi “E-qaror” elektron tizimi orqali kiritilgandan so‘ng qanday vazifalarni amalga oshirishi kerak?
“E-qaror” elektron tizimidan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vazifalari nimalarda iborat?
Yer uchastkalari xususiy sektorga qanday huquq asosida ajratiladi?
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
Mahalliy davlat hokimiyati organi normativ tusdagi qarori loyihasida qanday hollarda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga doir havolalar qo‘llaniladi?
Mahalliy davlat hokimiyati organi normativ tusdagi qarori loyihasini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va rasmiy e’lon qilish manbalarini ko‘rsatish tartibi qanday?
“E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinadigan qaror va farmoyishlarni monitoringini amalga oshiruvchi idoralarni sanab bering?
Prokuratura idoralarining “E-qaror” elektron tizimini doimiy ravishda monitoring qilish borasidagi vazifalarini sanab o‘ting?
“E-qaror” elektron tizimi monitoring yakunlari yuzasidan adliya organlari tomonidan qanday ta’sir choralari kiritiladi?
Manfaatdor tashkilotlar “E-qaror” elektron tizimi orqali ko‘rib chiqish uchun kelib tushgan loyihani nechchi kun muddatda ko‘rib chiqadi hamda loyihani kelishish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Qanday holatlarda mahalliy davlat hokimiyati organi normativ tusdagi qarori loyihasida kichik bandlar qo‘llanilmaydi?
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining tegishli tarkibiy bo‘linmasi “E-qaror” elektron tizimi orqali kelib tushgan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish yuzasidan qanday ishlarni amalga oshirishi kerak?
Mahalliy vakillik organlari kotibiyati “E-qaror” elektron tizimi orqali kelib tushgan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish yuzasidan qanday ishlarni amalga oshirishi kerak?
Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati “E-qaror” elektron tizimi orqali kelib tushgan hujjat loyihasini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qanday tadbirlarni amalga oshirish kerak?
Hududiy adliya organi mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati tomonidan normativ tusga ega bo‘lgan hujjat loyihasi “E-qaror” elektron tizimi orqali kiritilgandan so‘ng qanday vazifalarni amalga oshirishi kerak?
Mahalliy davlat hokimiyati organining qanday mazmundagi normativ tusdagi qaror loyihalari majburiy tartibda kelishib olinadi?
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoki mahalliy vakillik organi rahbari E-qaror” elektron tizimi orqali kelib tushgan hujjat loyihasi yuzasidan qanday tadbirlarni amalga oshiradi?
Mahalliy davlat hokimiyati organining normativ tusdagi qaror loyihalari qaysi davlat organlari bilan majburiy tartibda kelishib olinadi?
“E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilingan qanday turdagi hujjatlar e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi?
“E-qaror” elektron tizimidan foydalanishda davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vazifalari nimalarda iborat?
Qanday hollarda manfaatdor tashkilot o‘zining qaror loyihasi variantini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiquvchiga taklif etishi mumkin?
Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati qaysi hollarda va qancha muddatda qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi?
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ tusga ega bo‘lmagan hujjatlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish tartibini aytib bering.
Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati qaror loyihasining huquqiy ekspertizasi jarayonida qanday masalalarni qo‘shimcha ravishda o‘rganadi?
Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati xulosasida qanday masalalar aks ettiriladi?
“E-qaror” elektron tizimi orqali barcha manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib olingan hokimlikning normativ tusdagi qaror loyihasi qarorni qabul qiluvchi organga kiritishdan oldin qaysi davlat idorasiga va qanday hujjatlar bilan birga yuboriladi?
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlari sohasidagi vakolat va funksiyalari qaysi normativ-huquqiy hujjatlarda tartibga solingan?
Mahalliy davlat hokimiyati organining qarori loyihasi hududiy adliya organlari tomonidan qancha muddatda va qaysi hollarda xulosasiz “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiquvchiga qaytariladi?
Hokimlar tomonidan davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yer uchastkalari qanday huquq asosida ajratiladi?
Mahalliy davlat hokimiyati organining qarorlari loyihasining huquqiy ekspertizasi jarayonida hududiy adliya organi qanday vazifalarni amalga oshiradi?
Mahalliy vakillik organlarining yer munosabatlariga oid qaysi vakolat va funksiyalari bekor qilindi?
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar yuridik va jismoniy shaxslarga qanday tartibda beriladi.
Tuman (shahar) mahalliy ijroiya va vakilllik organlari yer munosabatlari sohasida qanday vakolatlarga ega?
Hududiy adliya organining qaror loyihasining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosada qanday holatlar ko‘rsatiladi?
Mahalliy byudjetlar qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi mahalliy kengashlar qarorlari nechchi kun muddat jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yiladi?
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risida ma’lumot bering?
Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati deganda nimani tushunasiz?
Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati boshlig‘ini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish tartibi qanday?
Xalq deputatlari Kengashi va hokim tomonidan qanday turdagi hujjatlar qabul qilinadi?
Cheklist nima?
Xalq deputatlari Kengashi deputatlarini saylash tartibini aytib bering?
Xalq deputatlari Kengashining sessiyalari hamda uning ish tartibi haqida aytib bering.
Mahalliy ijroiya hokimiyatiga kim rahbarlik qiladi va ularni lavozimiga tayinlash va ozod etish tartibini aytib bering.
Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari nimalardan iborat?
Hokimning vakolatlari nimalardan iborat?
Hokimning prokuror protest bildirgan qarorlari qayta ko‘rib chiqilishi majburiyligi deganda nimani tushunasiz?
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati haqida nimalarni bilasiz?
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini cheklash qanday holatlarda amalga oshiriladi?
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaror va farmoyishlarini bekor qilish tartibi?
Mahalliy davlat hokimiyati organlari deganda nimani tushunasiz?
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini sanab bering?
Hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatlari haqida nimalar bilasiz?
Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining iqtisodiy asosini tashkil etuvchi mulk shakllari deganda nimani tushunasiz?
Viloyat, tuman, shahar mulki obektlarini boshqarish tartibi qanday?
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining struktura va shtatlari belilanishi o‘zgartirish tartibini aytib bering.
Yoʻnalishi: Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish sohasi, Notariat

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisob ro‘yxatidan chiqarish tartibini yoritib bering.


Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun nimalar asos bo‘ladi?
Notarial okrug nima?
Qanday hollarda litsenziyaning amal qilishini tugatish ma’muriy sud tomonidan tugatish notariusni hisobga olgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining murojaatiga ko‘ra malaka komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi?
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) kimlarga berilishi mumkin?
Faoliyatida reyd tadbiri o‘tkazilayotgan notariusning majburiyatlari nimalardan iborat?
Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlari o‘tkazilishida nimalarga rioya etilishi shart?
Qaysi holatlarda notarial harakatni amalga oshirish rad etiladi?
Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari qanday chora- tadbirlarni amalga oshiradi?
“Sirli mijoz” tadbirini o‘tkazish davomida nimalar o‘rganiladi?
Kimlar notarial idorada olti oy muddat stajirovka o‘tashi mumkin?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining notariat sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat?
Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlari o‘tkazilishi davomida ishchi guruh rahbari qanday vazifalarni bajarishi shart?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari qanday ma’lumotlarni litsenziyalar reestriga kiritib borishi kerak?
Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan qisqa muddatli tekshirish o‘tkazish tartibini yoritib bering.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisob ro‘yxatiga olish tartibini tushuntirib bering.
Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilash mezonlari qanday?
Notarial okrugda notariuslar lavozimlari soni to‘g‘risidagi takliflarga nimalar ilova qilinadi?
Davlat notarial idoralarida boshqa lavozimlarni joriy etish normativlarini yoritib bering.
Kimlar notarius bo‘lishi mumkin emas?
Notarius faoliyatida qanday cheklovlar mavjud?
Notarius yordamchisi qanday huquqlarga ega?
Kimlar notarial idorada stajirovka o‘tamasdan malaka imtihonini topshirishi mumkin?
Davlat notarial idorasi notariusini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish.
Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish asoslarini tushuntirib bering.
Notariusning huquqlari.
Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan rejali tekshirish o‘tkazish tartibini yoritib bering.
Qanday hollarda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi 6 oydan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin?
Qanday hollarda notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish notariusni hisobga olgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmasining qarori bilan amalga oshiriladi?
Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi tugatilganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari qanday chora- tadbirlarni amalga oshiradi?
Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani bekor qilish asoslari va tartibini yoritib bering.
Qanday hollarda stajirovka o‘tash davri uzaytirilishi yoki stajyor boshqa notarius huzurida stajirovka o‘tash uchun biriktiriladi?
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius faoliyatini sug‘urta
qilish.
Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa
harakatlar uchun haq to‘lash tartibini yoritib bering.
Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yish va taqiqni bekor qilish tartibi.
Notarial shahodatlantirish mumkin bo‘lmagan hujjatlarga nimalar kiradi?
Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan “Sirli mijoz” tadbirini o‘tkazish tartibini yoritib bering.
Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish asoslari nimalardan iborat?
Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan kameral tekshirish o‘tkazish tartibini tushuntirib bering.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tarkibiga kimlar kiritiladi?
Konsullik legalizatsiyasida notariusning ishtiroki nimalardan iborat?
Apostil nima?
Xususiy notarial faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari nimalardan iborat.
Notarial idoralarni moliyalashtirish.
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining asosiy qoidalarini yoritib bering.
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlar kiritish.
O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining maqomini yoritib bering.
Faoliyatida reyd o‘tkazilayotgan notarius qanday huquqlarga ega?
Notarial harakatlarni rasmiylashtirishda notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar turlari hamda ular uchun to‘lov undirish tartibi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi nima uchun tuziladi?
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining notariat sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat?
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni izohlab bering.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari faoliyatini tashkil etish.
Notarial idora xodimlarining ijtimoiy ta’minoti.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari yig‘ilishlarini tashkil etish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari tomonidan tegishliligi bo‘yicha qanday qarorlar qabul qilinadi?
Qanday qoidabuzarliklar notariusning bir marta qo‘pol ravishda qoidabuzarlik sodir etilganligi deb hisoblanadi?
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
Notarial harakatlarni amalga oshirish joyi tushunchasiga izoh bering.
Qanday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish huquqi cheklanadi?
Qanday hollarda notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi?
Davlat notarial idorasining notariusining javobgarligi.
Kimlar notarius stajyori bo‘lishi mumkin emas?
Notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha bitimlarni tasdiqlash.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius xodimlari.
Notarial harakatlar amalga oshiriladigan til.
Davlat notarial idorasi notariusining stajyorini ishga qabul qilish tartibini tushuntirib bering.
Notariuslar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanishda qanday majburiyatlari mavjud.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini moliyalashtirish.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius stajyorini ishga qabul qilish tartibini yoritib bering.
Notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilish oqibatlarini yoritib bering.
O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining asosiy vazifalarini tushuntirib bering.
Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan reyd tadbirini o‘tkazish tartibi qanday?
Faoliyatida reyd tadbiri o‘tkazilayotgan notarius qanday huquqlarga ega?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 apreldagi 199-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga asosan sug‘urta qildiruvchining huquq va majburiyatlarini yoritib bering.
Notarial harakatlarni amalga oshirishni to‘xtatib turish va kechiktirish.
“Sirli mijoz” tadbiri qanday hollarda o‘tkaziladi?
Notarius faoliyatini tashkil etish uchun minimal talablar nimalardan iborat?
O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan notarius qanday huquqlarga ega?
Notarius tomonidan chet el huquqi normalarining qo‘llanilishi.
Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalovchi organlar qarori va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni ko‘rib chiqish tartibini yoritib bering.
Qanday hollarda notarius tomonidan mediatsiyani qo‘llash tugatiladi?
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning huquqiy maqomini yoritib bering.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) qaysi davlat organlari va tashkilotlarga berilishi mumkin?
Notarius stajyorining vazifalari nimalardan iborat?
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning javobgarligi.
Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarga qo‘yiladigan talablarni yoritib bering.
Notarial harakatni amalga oshirish rad etish to‘g‘risidagi qarorda nimalar ko‘rsatilishi kerak?
Notarius tomonidan qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish shartlari nimalardan iborat?
Notarius tomonidan vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish shartlari nimalardan iborat?
Qanday hollarda notarius mediator sifatida ish yuritadi?
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun davlat bojini undirish.
Notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchi fuqarolarning shaxsi qaysi hujjatlarga asosan aniqlanadi?
Qanday hollarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari notarial idorada qoldirilmaydi?
Notariusning majburiyatlarini tushuntirib bering.
Download 237.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling