Adobe Illustrator


Download 1.45 Mb.
bet62/144
Sana22.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1794181
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   144
Bog'liq
Adobe Illustrator

Bloknotni oching. Windows 7-da "Ishga tushirish" menyusini oching va qidiruv maydoniga "Bloknot" ni kiriting. Ilovani ochish uchun bloknotni tanlang. Shuningdek, siz unga o'tishingiz mumkin papka "Ishga tushirish" menyusidagi "aksessuarlar" va dasturlar ro'yxatidan bloknotni tanlang
"Fayl" menyusini oching. Siz "Yangi", "Ochish", "Saqlash", "Saqlash", "Sahifani sozlash" va "Chop etish" bilan ochiladigan ro'yxatni ko'rasiz. Ushbu menyular matnni tahrirlashning asosiy variantlari hisoblanadi. Hujjat yaratish uchun "Yangi" ni tanlang.



  1. Windows operatsion tizimining “Bosh menyusi” bilan ishlash.

Menyu – biror xususiyat bilan mujassamlashtirilgan buyruq yoki amallar majmuidir. Windows operatsion sistemasidan foydalanuvchilar to’rt turdagi menyu bilan ishlashi mumkin:

  1. operatsion sistemaning bosh menyusi;


  2. barcha obyektlarning kontekst-menyulari (sichqonchaning o’ng tugmasi yordamida ochiladi);


  3. dastur menyulari;


  4. dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining boshqaruv menyusi.


Menyu bandlari orasida buyruqlardan tashqari qism (yoki kichik) menyuga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo’lishi mumkin. Bu holda iyerarxik yoki ichma-ich joylashgan menyu bilan ishlanadi.


Menyular tizimida shartli belgilashlar ishlatilib, ularning mazmuni quyidagilardan iborat:


  1. agar menyu bandi davomida ko’p nuqta (...) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi;


  2. ) berilsa, shu band bajarilganda qism menyu ochiladi;agar menyu bandi davomida uchburchak (


  3. agar menyu bandi och kulrang ko’rinishda bo’lsa, menyuning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;


  4. agar menyu bandi davomida klavish yoki klavishlar majmuasi ko’rsatilgan bo’lsa, u holda menyuning shu bandini menyuga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko’rsatilgan klavishlarni bosib bajarish mumkin, bu tugmalar akselerator klavishlar (shortcut keys) deyiladi;


  5. menyu bandidagi tagiga chizilgan harf faol klavish (hot key) deb nomlanadi va menyu faol vaqtda klaviaturadan shu harfni terib tegishli buyruqni bajarish mumkin.


Odatda, masalalar panelining chap burchagida Bosh menyu joylashgan. Bosh menyu tanlanganda, ekranda Windowsda ish boshlash uchun kerak bo’ladigan bo’limlar ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatini ochish, sistema parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma’lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin.






  1. Download 1.45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling