Layers, История - History, Каналы - Channel, Цвета - Color, Стили Style,
Свойства кисти - Brushes, Свойства шрифта - Character va hokazo. Ushbu
sohalarni ham Окно (Window) menyusidagi buyruqlar yordamida ekranga
chiqarishimiz va ekrandan olib tashlashimiz mumkin.
Yordamchi sohalarni kichiklashtihshimiz ham mumkin. Bu-i
n
jng uchun
sohaning yuqorisidagi kichkinalashtirish (свернуть) [tugmasidan foydalanamiz.
Yordamchi sohalarda bizga eng kerakligi |bu ish qurollari (Панель инструментов
- Toolbox) va qatlamlar sohasidir (Слои -
Layers). Yangi
PhotoShop faylini
yaratish yoki eski faylni qayta ochish uchun Fayl menyusidagi Создать va
Открыть buyruqaridan foydalanamiz. Fayl yaratganimizda ekranda quyidagi oyna
hosil bo'ladi.
Bu oynada uning nomini
Name, turini
Preset, enini
Width, bo'yini
Height,
sifatini Resolution, ranglar holatini, orqa (fon) rangini tanlashimiz kerak bo'ladi.
Hammasini tanlagach OK tug-masini bosamiz va natijada ekranda yangi bo'sh ish
sohasi hosil qilinadi.
Nazorat uchun savollar
1. Adobe PhotoShop dasturi qanday dastur?
2. Adobe PhotoShop dasturida ishni yakunlash
3. TIFF formati haqida ma’lumot
4. Adobe Photoshop dasturida Рисунок menyusining vazifasi
5. Adobe Photoshop dasturida yangi fayl yaratish