Adolatxon tibbiyot institutini tamomlab keldi-yu sovchilarning keti uzilmay qoldi. U eshikdan kuzatsan bu eshikdan kirib keladi
Download 10.53 Kb.
|
08-05 03-23 (1)
,,To'y" Adolatxon tibbiyot institutini tamomlab keldi-yu sovchilarning keti uzilmay qoldi. U eshikdan kuzatsan bu eshikdan kirib keladi. Axiyri otasi ham qo'shni qishloqdan kelgan Sariboy deganning o'g'li Salohidin degan yigitga berishga rozi bo'ldi. Do'stining eey Tal'atboy do'stim qizingiz qishlog'imizdan ortmasdi bizda ham o'g'il bor edi. Birovdan kam yerimiz yo'q edi deya qilgan kinoyasiga, o'g'ling borligini men ham juda yaxshi bilaman. Lekin o'g'lingni qo'lidan nima keladi qani menga aytchi? Shopirmi? Ustami? O'qituvchimi? Mol do'xtirmi? Kim? Haa endi mol do'xtir bo'lmasayam har holda shunga yaqin, kuniga bo'lmasayam haftasiga besh yuz ,olti yuz ming pul topadi. Xee nima qilasan gapni chuvalashtirib bolang oddiy dallol! Ishi firibgarlikdan boshqa narsamas. Bir yili Jumanazarga olib bergan gunajinining bir ko'zi ko'r ekan.Sho'rlik uch bozor deganda zo'rg'a yarim puliga sotib qutildi. Kelib aytsa g'unajinning ko'zi ko'r bo'lsa sizniki sog'-ku debdi betamiz! Keyin bu gapiga Jumanazardan yaxshigina haqqini olibdi. Uch, to'rt oy oldin bir suruv qo'yni qo'chqor deb sotib orasiga yuzta sovliq qo'yni ham qo'shib yuborib keyin bir nechta bozorni o'tkazib bordi. Olgan odam tutib olsa adabini yerdi-da o'ziyam. Shundan keyin u qo'l siltadi-yu chappa o'grilib ketdi. Qo'shning xoh yaxshi bo'lsin xoh yomon u bilan yaxshi munosabatda bo'l ekan chunki birda bo'lmasa birda ishing baribir tusharkan. Mana to'y ham boshlandi. Unga qo'shilib xotinlarning oldi-berdisi ham urf-odati ham boshlandi. Kunda chiqim. Tal'atboyning boshi qotgan xotin bilan kunda bozor-o'char. O'zbekning bir kunlik to'yiga boshqa davlatda bir necha oy bemalol yashasa bo'ladi. Tal'atboyning boshi g'ovladi.Kirib biroz dam olay deganida zum o'tmay Oysara opa ortidan kirib keldi. Iye dadasi bu nima yotish ! To'y boshlab qo'ygan odam ham shunday yotadimi? E onasi nima to'y qilgan odam odam safidan chiqariladimi? Ha yo'g'a dushanba kuni bozorga borib kam-ko'stlarini qilib kelishimiz kerak dadasi bu yog'i to'yga ham oz qoldi.Tal'atboy boshini ushladi. Yana qanaqa kamchilik, hech tugamas ekanda yotgan joyida ko'zini ochmasdan javob berdi Tal'atboy. Ha endi qiz chiqarish osonmasda dadasi. Shuning uchun avvalgilar aytishgan qiz chiqarganga qirq kun teginma deb dedi Oysara hozirjavoblik bilan. Haa avvalgilar bilib aytishgan ekan. Yarim soat dam olivolay keyin gaplashamiz Tal'atboy shunday deb yonboshladi. Shundan so'ng Oysara biroz turdi-da sekin tashqariladi. Xotinni shunday deb chiqarib yubordi-yu endi dam olish qayoqda? Ko'zini yumishi bilan Oysaraning hali aytgan gapi kallaga kelaveradi. U yoqqa yonboshladi bo'lmadi, bu yoqqa yonboshladi bo'lmadi. Baribir ko'zga uyqu kelmadi. Oxiri o'rnidan turdi. O'ylab o'ylab hayoliga bundan tuzik fikr kelmadi . Olti oy avval biz qo'chqorni olgan edi. Shuncha qaradi hech o'zgarmadi. Irimiga ozgina et oldi. Shuni sotsamikan. Baribir yem-xashakning sho'ri bo'lib yotibdi. Ha shunday qiladi. Ertaga tong qorong'usida bozorga olib chiqadi. Elmurodni ham olivolsami har holda qo'chqorni yetaklab yuradi. U ham yosh bola bo'lmadi to'qqizni tamomladi. Opasidan keyin uch, to'rt yilda u ham uylanadigan bo'ladi.Shularni o'ylab uxlab qoldi. Yuk mashinasining gurillagan tovushidan uyg'onib ketdi. Soat uchdan o'tibdi. O'g'lini uyg'otay desa hali ozgina vaqt bor mayli uxlasin deb o'zi kaftlarini boshiga yostiq qilib shiftga tikilib yotdi.G'ira- shira tong yorishib kela boshlagan edi. Keyin o'g'lini turtkilay boshladi. Elmurod uyqu zo'rlik qilib bir-ikki g'ingshigan bo'ldi. Burchakda turgantol novdadan yelkasiga tushgach sakrab o'rnidan turdi. Ota-bola qo'chqorni mashinaga yuklab yo'lga tushdi. Bozor qizg'in. Baqir-chaqir, qiy-chuv avjida. Kimdir narxlagan yana kimdir baraka qilayotgandi. Tal'atboy darvoza oldida biroz tikilib turdi-da ichkariladi. Bir atrofdagi qo'ylarga bir o'zining qo'chqoriga qaraydi. Solishtiradi. Yonidan o'tayotganlar qo'chqorga qarab ensa qotirishar, yungini g'ijimlab ko'rib kaft qoqib indamay ketishardi. Bundan Tal'atboyning achchig'i chiqar hatto bir ikkitasiga olasanmi? Olsang teg bo'lmasa yo'lingdan qolma deb ham yubordi. Vaqt esa o'tib borar tong yorishgan sari odamlar siyraklashardi. Tal'atboyning xunobi oshib borar, tinmay chakkasidan oqayotgan terni artardi. Elmurod ketaylik deb bir-ikki g'ingshigan edi so'kib berdi. Shundan keyim jim bo'ldi. Tong batamom yorishib atrofda bitta-ikkita kasalmand qo'y qoldi demasa qolganlar sotganini sotib sotilmaganini qaytarib olib ketishdi. Endi bo'lmadi Tal'atboy ham qo'chqorni olib uyga qaytamiz dedi o'g'liga. Darvozadan chiqayotib chek yig'uvchiga ro'para bo'ldi. Ha tog'a chekni to'lamay qayoqqa ketmoqchi bo'lyapsiz dedi qo'lidagi pulni cho'ntagiga joylarkan. Qanaqa chek? dedi, - Tal'atboy zaxrini sochishga odam topganday. Qo'chqorni olib chiqyapsiz to'lovini kim to'lsydi? Ha jiyan bu qo'chqorni sotolmadimku qaytarib olib ketyapman ko'ryapsan. Tal'atboy yana ro'molchasi bilan chakkasini artdi. Bizda qoida shunaqada tog'a kirdingizmi to'laysiz. Ha men senga nima deyapman sotolganim yo'q sotsam to'laymanmi bo'lmasa pulni qayerdan olaman. Tog'a sizni tushundim lekin bizdan ham talab qilishadida cho'ntagimdan bermaymanku. Obbo tushmagan bola ekansanda o'ziyam Tal'atboy o'g'lining qo'lidan qo'chqorni arqonini olib haligi yigitga tutqazdi. Ol buni sotasanda chekni olib qolganini menga berasan dedi. Yigitcha hayron nima qilishini bilmasdi. Qo'ysangizchi tog'a bu qo'yingizni kimga sotaman? Uyqisirab turibdi- ku. Haa yasha! Men ham shuning uchun sotolmadimda. Sotolmaganimdan keyin pul ham yo'q. Pul bo'lmagandan keyin chekka pulni qayerdan olib beraman senga? Tal'atboy gapining oxirini achchiq aralash baland ovozda gapirdi. Yigitcha bir cho'chib tushdi ammo hali ham gapida turib oldi. Birozdan keyin bu hangomani uzoqdan kuzatib turgan bir kishi kelib qo'y endi mayli ketaversin dedi. Shundan so'ng ota-bola darvoza tashqarisiga chiqib u yerda ham biroz turdi. Bir yigit kelib qo'y qancha bo'ldi deya so'radi u yoq bu yog'ini aylanarkan yungini tutamlab ko'rdi. Ko'z bormi uka qo'y emas qo'chqor bu. A yog'e! Shunaqa. Sotiladi. Shundaymi qancha deyapsiz? O'zim bir million ikki yuzmingga olganman. Ikki oy uyda boqdim. Sen mayli o'zini pulini bera qol men mehnatimga roziman. Tal'atboy nima bo'lsa ham shu qo'chqordan qutilish taraddudida edi. Yigit qo'lini tortdi ee qo'ying-e toga sakkiz yuz deng. Iye Tal'atboyning kapalagi uchdi. Nima deyapsan uka insof bormi! U shunday deb burildi-da hayda oldimga tush dedi o'g'liga. Ular shu tariqa qo'chqorni yetaklab uyga qaytishdi. Uch kundan keyin to'y xotinining og'zidan kamchilik tushmaydi. Xax seni kamchiliging tugamas ekanda xotin o'zing ikkita ko'ylak ikkita kalish ikkita ro'mol bilan kelib qo'ya qoluvding desa haa endi u zamonlar boshqa edi dadasi deydi Oysara. Zamon ham o'lsin qaysi tomonga qarab ketyapti.qiz chiqarishdan o'g'il uylantirish oson bo'lib qoldi. Tal'atboy qo'lidagi durrani bo'yniga tashlab to'rqovoqdagi bedanani tomosha qildi. Keyin jilmayib xotin dedi mayin ovozda bazan o'ylab qolaman mana shu bedanaga mazzada. Don-suvi oldida boshpanasi tayyor! Eey dadasi qo'ysangizchi bandilikdan birovning qo'liga qarab yashaydigan qushdan ko'ra inson bo'lib qiynalsakda ter-to'kib mehnat qilib shirin tashvishlarga ko'milib yashaganga nima yetsin. Hayot mazmuni ham shuda aslida. Mayli kimdandir ortiq bo'larmiz kimdandir pastroq. Xudoga shukr birovdan kam yerimiz yo'q. Ayolining bu gaplari uning qalbida mamnunlik hissini uyg'otdi to'g'ri aytasan xotin bir gap bo'lar! Xudo beraridan qismasin. Shu kuni tushdan keyin Tal'atboyning qaynog'asi kelib xo'sh pochcha bizga nima xizmat deb qoldi. Tal'atboy unga nimadir demoqchi edi-yu aytolmadi. Keyin gapni uzoqdan olib keldi. Shu qo'chqor o'lgur marayverib jonga tegdi ertaga mehmonlarni oldida ham marab tursa yaxshi ish bo'lmas qaynim shuni bir narsa qilish kerakda dedi. Nurali gap nimada ekanini darhol anglab buni sotib qutulmasangiz qutulmaysiz pochcha dedi. Tal'atboy kelgunicha Oysara ukasini hamma gapdan boxabar qilgani uchun Nurali gapning po'skallasini aytib qo'ygan edi. Uning bu gapi Tal'atboyning ko'nglidagi gap bo'ldi. Endi gap bunday shu ishni senga ishonsam qalay bo'ladi. Men biroz charchaganman picha mizg'ib olmasam ertalbdan beri timganim yo'q. Bo'ldi pochcha siz bemalol damni oling hali ish ko'p. Shunday uka shunday Tal'atboy yostiqni tashlab bosh qo'ydi-da sekin ko'zi ilindi. Nurali qo'yni olib ketib borib uyga boyladi. Keyin uyiga kirdi-da kecha to'yonadan qolgan ikki millionni cho'ntagiga solib jo'nadi. Qaytib kelganida pochchasi ayvonda yonboshlab choy ichayotgandi uni ko'rib o'rnidan turdi. Nurali pochchasiga yaqinlasharkan mana pochcha Xudoga bir ishingiz xush kelgan ekan mushkulingiz oson ko'chdi dedi. Tal'atboy pulni qo'liga olarksn ko'zlariga ishonmasdi. Sotib keldingmi? Darrov-a! Ee baraka top tog'asi, baraka top! Endi gapni eshit onasi ertaga saharlab bozorga tushib kelamiz bu yerda keldi-ketdiga dadam bilan akam bosh bo'lib turadilar. Mana Nuraliboy ham shu yerda dedi Tal'atboy. Tong azonda Tal'atboy ayolini olib bozorga tushib ketishdi. Tush paytida gangir-gungir karnay-surnay qilib kuyovjo'ralar kirib kelishdi. Bahodir Turg'unov Download 10.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling