Aerodinamika
Download 109.25 Kb. Pdf ko'rish
|
Aerodinamika - Vikipediya
Aerodinamika Aerodinamika (aero… va dinamika) — Gidroaerodinamikainig havoning harakat qonunlarini va jismlar sirtida vujudga keladigan kuch qonuniyatlarini hamda jismlarning havoga nisbatan harakatini oʻrganadigan boʻlimi. Asosiy masalalaridan biri — uchish apparatlariga taʼsir etuvchi aerodinamik kuchlarni hisoblash usuli bilan ularning loyihasini ishlab chiqish. Aviasiya rivojlanganligi tufayli Aerodinamika mustaqil fan sifatida 20-asr boshlarida vujudga keldi. Samolyot qanotining koʻtarish kuchini, samolyot va uning detallari aerodinamik qarshiliklarini, havo vintining tortish kuchini hisoblash usullari nazariyasini ishlab chiqish va yaratish talab qilinadi. Qanotning koʻtarish kuchini hisoblash-ga imkon beruvchi nazariyani 20-asr boshlarida Rossiyada K. E. Siolkovskiy, N. YE. Jukovskiy va S. A. Chapligin, Germaniyada V. Kuttoy, Angliyada F. Lanchester ishlab chiqishgan. Uchish nazariyasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda aerodinamik laboratoriyalar qurila boshlandi. Vujudga keladigan masalalarni echish usuliga koʻra Aerodinamika nazariy va tajriba Aerodinamikalariga boʻlinadi. Nazariy Aerodinamikada gidroaerodinamikaning asosiy qonunlari tenglamalar shaklida nazariy taxlil qilinadi. Tajriba Aerodinamikasida harakatning aylanish qonunidan keng foydalaniladi. Shunga muvofiq v tezlik bilan harakatlanayotgan jismga taʼsir etuvchi kuch qoʻzgʻalmas qilib mahkamlangan shu jismga taʼsir etuvchi va shu v tezlikda havo oqimini haydovchi kuchga teng boʻladi. Aviasiya va raketa texnikasining rivojlanishi munosabati bilan yangi fanlar — giper tovush tezliklari Axi, siyrak gaz Aerodinamikasi va kosmik Aerodinamika vujudga keldi. Aerodinamika natijalaridan qitʼalararo raketalar, yer sunʼiy yoʻldoshlari, kosmik kemalarni loyihalash va yaratishda, issiqlik texnikasi, kimyo sanoati va b.da foydalaniladi. Sanoat Aerodinamikasida havo haydagichlar, shamol dvigatellari, oqimli apparatlar (ejektorlar), shamollatish texnikasi (xususan, havo kondisioneri)ni hisoblash bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek erdagi transportlar (avtomobillar, poezdlar) harakatida vujudga keladigan aerodinamik kuchlar bilan, bino va inshootlarga shamolning taʼsiri bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqiladi [1] . " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? Traektoriya Fayl:FA-18 Hornet breaking sound barrier (7-iyul 1999-yil).jpg Prandtl—Gloert Effektі Manbalar Havolalar Soʻnggi tahrir 3 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi title=Aerodinamika&oldid=2830608 " dan olindi Download 109.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling