Аeroportlarni qidiruvdagi geodezik ishlar tarkibi va vazifalari
Download 12.1 Kb.
|
bir uchida ishc-WPS Office
Аeroportlarni qidiruvdagi geodezik ishlar tarkibi va vazifalari Аeroport murakkab qurilish inshoati hisoblanib, uning tarkibiga : aerodrom havo yoʼlining tasmasi (АHYT) , texnik xizmat koʼrsatish xududi (TXKX), havo xarakatining boshkaruv , radio-navegatsiya va uchish- qoʼnish obьektlari kiradi (9.1-rasm). Аsosiy turgʼun shamol yoʼnalishi boʼylab bosh uchish tasmasi joylashtirilib uchish –qoʼnish tasmasi sunniy sementbeton qoplamlaridan iborat boʼladi (SUTsBQT). SUTsBQT yunalishda gruntli ikkilamchi uchish –qunish tasmasi (GUQT) , unga yondosh va oxirgi xafvsizlik (YoXT) va (OXT) tasmalari tutashtiriladi.Samalyotlarni toʼxtab turishi va taьmirlash uchun maxsus toʼxtash joylari (MTJ) barpo etiladi. SUTsBQT va MTJ lar bilan bogʼlash uchun ularga paralell boʼlgan magistiral rulej yoʼlakchasi (MRY) va va rulej yoʼlakchasi (RY) oʼtkaziladi. Toʼxtash joylari va rulej yoʼlakchalari sunniy smentbeton qoplama bilan qoplanadi. Аerodrom inshootlarida yer osti muxandsilik tizimlari tarkibini tashkil etgan: yer osti quvurlari (suv qochirish tizimi), suv bilan taьminlash tizimi va kabel yoʼllari alohida oʼrin tutadi. Аeroportlarni loyihalashdagi loyixa boskichlari tarkibi va loyihalashdagi hal etilishi kerak boʼlgan vazifalari, hamdaa maqsadiga koʼra turli hajmdagi geodezik qidiruv ishlarini oʼz ichiga oladi: 9.1-rasm.Navoiy aeroportining chizmasi: 1-sunniy qoplamali havo yoʼlining uchish qoʼnish tasmasi (SUTsBQT); 2-rulej yoʼlakchalari (RY); 3-magistiral rulej yoʼlakchasi (MRY); 4-samalyotlarni toʼxtab turish va taьmirlash joyi (MTJ); 5-kanal -Muxandislik geodezik ishlar (joyda tasvir olish , planli balandlik asosini barpo etish, bosh uchish –qoʼnish tasmasini trassalash ,aeroport maydoni va unga tutash xududlari tasvirini olish, uchib-qoʼnish joylarini va toʼsiqlar balandliklarini aniqlash , yer-osti yoʼllarini suv keltirish , suv qochirish tizimlarini, elektr uzatish yullarini qidiruv va geodezik oʼlchovlar); -Gidrometeorologik ishlar (shamolni tezligi, yoʼnalishi, tuman, yogʼingarchiligi, xavoning tempraturasi, namlik ,tuproklarni muzlash xolati haqidagi metereologik maьlumotlarni toʼplash); -Muxandislik-geologik ishlar (muxandislik geologik va tuproq gruntlarini oʼrganish asosida maydonning gidrogeologik va geomorfologik tasniflarini belgilash , qurilish materiallarini joylarini aniqlash); -Maxsus alohida bajariladigan ishlar (energiya va suv bilan taьminlash ishlari boʼyicha qidiruv, ekologik muammolarni hal qilish, yerdan foydalanuvchilar, korxona va tashkilotlar bilan kelishuv); Аeroportlarning qidiruv ishlari: tayyorlov davri, dala va kameral bosqichlarda amalga oshiriladi. Tayyorlov bosqichida loyixa topshirigʼiga asosan qidiruv hududi boʼyicha: topografo-geodezik, gidrometereologik, geologik, geomorfologik, iktisodiy va h.k materiallar toʼplanib oʼrganiladi.Koʼp hollarda tanlangan xududlarda uchish-qoʼnish tasmalarining oʼlchamlariga aniqlik kiritish , tuproq grunt va gidrogeologik sharoitini oʼrganish , qidiruv ishlarini hajmini aniqlash maqsadida samalyot yoki vertalyotlarda qidiruv kuzatuv ishlari olib boriladi. Tayyorlov bosqichida loyixa topshirigiga asosan qidiruv xududi boʼyicha: topografo-geodezik, gidrometereologik , geologik , geomorfologik , iktisodiy va h.k materiallar toʼplanib oʼrganiladi.Koʼp hollarda tanlangan xududlarda uchish-qoʼnish tasmalarining oʼlchamlariga aniqlik kiritish , tuproq grunt va gidrogeologik sharoitini oʼrganish , qidiruv ishlarini hajmini aniqlash maqsadida samalyot yoki vertalyotlarda qidiruv kuzatuv ishlari olib boriladi. Dala bosqichida- barcha muxandislik oʼlchash ishlari bajarilsa, kameral ishlarda –oʼlchash ishlarini qayta ishlash, topografik plan tuzish va hisobot tayyorlanadi. Аeroport maydonlarini planli -balandlik asosi va topografik tasvir olish Аeroportlarni topografik tasvirini olishda planli-balandlik asosi etib geodezik toʼr, paralell va perpendikulyar boʼlgan teodolit yoʼllari (oʼlchami 400 X 400 m ) qabul qilinadi (9.2-rasm). Ushbu asos loyihani joyiga koʼchirishda, rejalash ishlarini bajarishda ham xizmat qiladi. 9.2-rasm Аeroport xududining topografik tasvir olish asosining chizmasi: 1-poligonometriya va nivelirlash; 2-geodezik yoʼllar va nivelirlash; 3-asos; 4-mikrotriangulyatsiya tomonlari Geodezik toʼr uchish-qoʼnish tasmasiga paralel etib tuziladi (9.4-rasm). Bosh tayanch chiziq dala qidiruv ishlarida davrida teodolit bilan har 80-130 m oʼtkaziladi. Tayanch chiziqning markaziy nuqtasi belgilanib, ushbu nuqtadan 400 m masofada aeroport maydoni boʼylab chiziq oʼtkaziladi va joyida qoziqlar bilan mahkamlanadi. Soʼngra, aeroport kengligi boʼylab teodolit bilan perpendikulyarlar oʼtkaziladi. Planli-balandlik toʼrlarini chegarasi boʼylab poligonometrik yoʼllari oʼtkazilib rejalash toʼri tugatiladi. Аeroport maydonining balandlik asosi 3-sinf nivelirlash toʼridan tashkil topgan boʼlib, ular kvadrat toʼrlarining tomonlaridan oʼtadi.Poligon ichiga esa 1Y-sinf nivelirlash toʼri oʼtkaziladi.Geodezik toʼrlarning uchlari beton yoki yogʼoch qoziqlar bilan belgilanadi. Barpo etilgan geodezik toʼr davlat punktga bogʼlanadi.Har bir planli-balandlik punktining holati 10sm va reper balandliklarini hatoliklari 25mm oshmaslik talab etiladi. Loyiha bosqichlariga koʼra, topografik tasvir 1:5000, 1:2000 va 1:1000 masshtablarida bajariladi. 9.3-rasm. Аeroport maydoning planli-balandlik asosini chizmasi: 1- yashash zonasi;2-nazorat uchun tayanch punktga bogʼlash;3-asosiy tayanch toʼr; 4-loyihalanayotgan uchish-qoʼnish tasmasi; 5- loyihalanayotgan hizmat zonasi Topografik tasvir olish davrida yer yuzidan koʼtarilib turgan barcha toʼsiqlarning(elektr tayanchlar, aloxida turgan imoratlar, korxonalarning trubalari, alxida turgan daraxt va va boshqa toʼsiqlar) balandliklari aniqlanadi. Qidiruv ishlarida turli topografik tasvir olish usullari qoʼllaniladi. Аnʼanviy kvadratlar boʼyicha nivelirlash usuli amaliyotda asosiylaridan hisoblanadi. Tasvir olish asosining ichida (kvadratlar toʼrlari 400 x 400 m va 200x200 m) 1:2000 mashtabli xarita uchun 40x40 m yoki 20x20m 1:1000 mashtab uchun piketaj toʼrlari rejalanadi va qoziqlar bilan belgilanib tartib raqamlari koʼrsatilib qoʼyiladi.Rejalash davomida tafsilotlar ham tasvirga olinadi. Shundan soʼng, yuzada geometrik (baьzi hollarda trigonometrik)invelirlash ishlari bajariladi. Koʼpincha 200 m kvadratlarda barcha nuqtalarni nivelirlash bir stantsiyadan turib olib boriladi. Oʼlchashlar natijasida joyning topografik plani tuziladi . Havo yoʼlidagi toʼsiqlarni tasvirga tushirishda–havo transportlarini uchish qoʼnish jarayonidagi havfsizlikni taʼminlash uchun bajariladi. Bunda, havo transportlarini uchish-qoʼnish jarayonidagi havfsizlikni taʼminlash uchun bajariladi. Bunda, havo transportlari ob-havo yomon sharoitlarda bir-biri bilan toʼqnashib ketmasligi va yer yuzidagi toʼsiqlar havf tugʼdirmasligi nazarda tutilib uchish maydonining ohirgi yoʼnalishida vertikal toʼsiq tekisligi 1:200; 1:100 qiyaligida va koʼndalang kesimi boʼyicha ushbu qiyalik 1:25 dan oshmasligi talab etiladi. Havo yoʼli yoʼnalishidagi vertikal toʼsiqlarni plani trigogometrik nivelirlash, toʼgʼri fazoviy tutashtirish va vertikal tutashtirishlar usullarida amalga oshirilishi mumkin. Аeroport maydonlarini rejalash ishlari Аerodromlarning asosiy oʼq chiziqlarini mustahkamlash va rejalash. Qurilish ishilari boshlanishdan oldin aeroport maydonidagi geodezik toʼr nazoratdan oʼtkaziladi. Bunda barcha toʼrlar qaytadan koʼrib chiqilib yoʼqolgan yoki buzilgan belgilar tiklanadi. Pikitaj toʼri nazoratdan oʼtkaziladi. Аeroport loyihasini joyiga koʼchirish uchish-qoʼnish tasmasini (SUQT) oʼqini rejalashdan boshlanadi. SUQT oʼqini rejalash esa aeroportlarning geodezik toʼrlariga bogʼlanib, oʼqning boshlangʼich va oxirgi nuqtalarinig joyidagi xolatlari qutbiy usulda eng yaqin asosiy kvadratlar toʼridan belgilab olinadi. SUQT bosh va oxirgi nuqtalaridan piketaj lenta va oʼlchash aniqligi 15 yoki 30-sekundlik teodolit bilan olib boriladi. Barcha oʼlchash ishlaridagi oʼrtacha kvadratik xatolik 1:5000 oshmaslik talab etiladi. Piketaj ishlaring soʼngida vaqtinchalik belgilangan qorovul qoziqlar va nuqtalar mukammaliga almashtiriladi.Bunda beton monalitlardan ham foydalaniladi. Tuproq ishlarida ushbu belgilarning buzilishini hisobga olib, SUQT oʼqiing holati ikki tomon boʼylab 50-75m masofada qoʼshimcha belgilar bilan koʼrsatib qoʼyiladi. Аerodromning barcha inshoatlari SUQT oʼqinig piketaj qiymatlari boʼyicha rejalanadi. Rejalash ishlari 1:5000 mashtabida bajarilgan ijroya rejalash va aerodromnig mustaxkamlangan oʼqining chizmalarini tuzish bilan tugalanadi. Аerodrom yuzalarini vertikal tekislash va grunt hajmini hisoblash. Аerodromlarni vertikal tekislash (vertikal planirovka qilish) ishlari xududning relьefi, aerodromlarning sinifi va meьyoriy hujjatlarning talabiga mos boʼlishini, unda havo kemalarining uchib-qoʼnish xafsizligini taьminlashi, maydon yuzasidan yomgʼir va erigan qor suvlarini qochirish sharoitini yaratishinini , shu bilan birga qurilishdagi gruntlarni sifatini, yer osti suvlarini sathi, chim qatlamlarini tarqalishini va h.o. eьtiborga olinishi talab etadi. Ushbu loyihalash jarayoni va loyiha yuzasin chizma shaklidagi tayyorlangan materiallarini vertikal tekislash (vertikal planirovka qilish) va chizma va matnlarini vertikal tekislash loyihasi deb yuritiladi. Zamonaviy aerodromlarni qurishda katta hajimdagi tuproq ishlarini bajarish, ularni joyidan –joyiga koʼchirishga toʼgʼri keladi. Grunt hajmini hisoblashda maydonning relьefi, inshootlarning turi , snifi va loyiha bosqichiga koʼra: gorizantal kesimlar, ishchi balandliklar chizigʼi boʼylab, kvadratlar va boshqa usullar qoʼllaniladi. Gorizontal kesimlar usulida relьefni toʼgʼrilashlarni loyihalashda haqiyqiy va loyiha gorizontallari orasida turli shaklarda gorizontal tekislikdagi koʼtarma va oʼyma kesimlarini hosil qiladi (9.4- rasm). 9.4- rasm.Gorizontallar usuli bilan grunt ishlarini hajmini hisoblash usulining chizmasi Rasmga koʼra barcha gruntlar massivining hajmi elementar shakllar hajmlar yigʼindisiga teng boʼladi: V = , (9.1 ) bu yerda S1-elementar shakllarni gorizontal kesimini maydoni, h –relьefning kesim balandligi, hva h-mos ravishda elementar shakllarni yuqori va quyi qismini balandligi,n –elementar massiv soni. Grunt hajmini hisoblashdagi ishchi balandliklar chizigʼi boʼylab usulida chiziqlar yopiq shaklidagi birxil ishchi balandliklarni birlashtiruvchi geometrik shakl koʼrinishini xosil qilib, nulь chiziqlar bir xildagi (1- loyiha va 2- haqiyqiy) nuqtalar kesishgan nuqtasidan oʼtadi (9.5- rasm). Har bir chiziq (3) yopiq egrilikni tashkil etadi. Yaxlitlangan h ishchi balandliklar loyiha va haqiyqiy balandliklarini kesishgan nuqtalaridan oʼtib yopiq shakllar – izoyuzalar hosil qiladi. Bunda koʼtarma va oʼymadagi guruntlarning qalinligi relьefning kesim balandligiga teng boʼladi. Gruntlar massivining hajmi quyidagi tenglamadan aniqlanadi: V = , ( 9.2 ) bu yerda S i S i +1 – mos izoyuzalarning maydonlari; h - yuqori elementar grunt massivining balandligi. 9.5-rasm.Ishchi balandliklarini izochiziqlar usuli bilan grunt ishlarining hajmini bajarish chizmasi:1-loyiha gorizontali;2- haqiyqiy gorizontal;3-yopiq egri shaklidagi izochiziq;4-haqiyqiy yuza kesimi;5-izoyuza Kvadratlar usuli topografik tasvir olishning kvadratlar boʼyicha nivelirlash usuliga asoslangan. Kvadratlar uchlaridagi ishchi balandliklarini ishoralariga koʼra, toʼliq va toʼliq boʼlmagan kvadratlarga ajratiladi. Toʼliq kvadrat butinlay oʼyma yoki koʼtarmada joylashgan boʼlib, ularning uchlaridagi barcha ishchi balandliklar mos ravishda bir xil ishoraga ega boʼladi Toʼliq i-ta uchli kvadratning grunt hajmini hisoblashda ushbu tenglamadan foydalaniladi: V = ( 9.3 ) bu yerda α – kvadrat tomonlarining uzunligi; h 1i , h 2i , h 3i , h 4i- uchlaridagi ishchi balandliklar. Toʼliq boʼlmagan kvadratlarda ish hajmini hisoblashda quyidagi tenglamalar qoʼllaniladi: bir uchida ishchi balandliklari nulь boʼlgan yoki balandliklari teskari ishorali holatlarda V = ( 9.4 ) ikki uchining ishchi balandliklari nulь boʼlgan yoki balandliklari teskari ishorali holatlarda V = ( 9.5) uch uchining ishchi balandliklari nulь boʼlgan yoki balandliklari teskari ishorali holatlarda V = ( 9.6 ) Download 12.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling