Afgʻon urushi 1979-yil 25-dekabr-1989-yil 15-fevral oraligʻida boʻlib oʻtgan


Afg‘onistondagi vaziyatning Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy holatiga ta'siri


Download 34.61 Kb.
bet9/9
Sana07.10.2023
Hajmi34.61 Kb.
#1694646
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Afgʻon urushi 1979

Afg‘onistondagi vaziyatning Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy holatiga ta'siri
REUTERS/Zohra Bensemra
Afg‘oniston qadimdan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan faol savdo aloqalarida ishtirok etib kelgan va o‘ziga xos ko‘prik vazifasini ham o‘tagan. Ayni paytdagi iqtisodiy beqaror holat bir qancha salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi:
Birinchidan, Afg‘oniston ilgari katta miqdordagi xorijiy yordam olgan. Birgina Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti davlatlari 2001 yildan 2019 yilgacha Afg‘onistonga 65 milliard dollar xayriya qilgan. Bu mablag‘ning katta qismi savdo aloqalari orqali yaqin qo‘shni mamlakatlar Eron, Pokiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bozoriga kirib borgan. Ayni vaziyatda esa ko‘plab davlatlar va tashkilotlar Afg‘onistonga «terrorizmni moliyalashtirish»dan o‘zlarini tiyish uchun pul ajratishni to‘xtatganini ma'lum qilgan.
Ikkinchidan, beqaror siyosiy holat Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlarning xalqaro imiji va ichki investitsion muhitiga ta'sir o‘tkazadi. Masalan, Afg‘oniston inqirozi natijasida Pokistonning dollardagi obligatsiyalari narxi taxminan 1 foizga, O‘zbekistonning 2030 yilda to‘lanadigan dollarlik obligatsiyalari esa qariyb chorak foizga kamayib ketdi.
Shuningdek, beqarorlik xorijiy investorlar va biznes vakillariga Markaziy Osiyo davlatlariga investitsiya kiritishdan o‘zlarini tiyishga majbur qiladi.
Uchinchidan, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining oxirgi uchrashuvlarida Afg‘oniston ham bevosita mintaqadagi savdo aloqalarida teng huquqli a'zo davlat sifatida ko‘rilayotgandi. Xususan, Qozog‘istonning Afg‘onistonga eksporti 2017 yilda 560 mln dollar, 2018 yilda 510 mln dollarni, 2019 yilda esa qariyb 400 mln dollarni tashkil etgan. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi 2020 yildagi o‘zaro tashqi savdo aylanmasiga e'tibor qaratiladigan bo‘lsa, 777 mln dollarni tashkil etib, shundan 774,6 mln dollar eksport ulushiga, 2,3 mln dollar esa import hissasiga (ijobiy TSA saldosi 337 barobar ko‘p) to‘g‘ri kelgan. Moliyaviy holat yomonlashishi oqibatida esa Afg‘onistonning qo‘shni respublikalardan qarzdorligi ortib bormoqda. Xususan, mamlakatdagi DABS energetik korporatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, birgina Afg‘onistonning qo‘shni davlatlar oldida elektr energiya uchun qarzi 62 mln dollarga yetgan. Ta'kidlanishicha, Tojikistonga 11,2 mln dollar, O‘zbekistonga 9,9 mln dollar va Turkmanistonga 5,1 mln dollar to‘lab berishi kerak. Bu kabi holatlar ortib borishi esa moliyaviy jihatdan qudratli bo‘lmagan qo‘shni respublikalar bilan munosabatlarga salbiy ta'sir o‘tkaza boshlaydi. Xavf yuqoriligi sabab mahalliy tadbirkorlar tavakkalchilik asosida savdo-sotiq uchun mablag‘ jalb qilishda katta risklarga duch keladi (avval ham risklar yuqori bo‘lgan, ammo xalqaro yordamlar evaziga afg‘on xalqida hozirgiga qaraganda ko‘proq mablag‘ bor edi).
To‘rtinchidan, Afg‘oniston hududi Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydigan o‘ziga xos yo‘lak vazifasini bajaradi. Birgina «Termiz-Hayraton» ko‘prigidagi nazorat-o‘tkazish punkti orqali har yili 5 million tonnagacha turli yuklar tashilgan, ularning qariyb 70 foizi Afg‘oniston orqali Pokiston portlariga olib o‘tilgan. Gumanitar inqirozning kuchayishi ortidan esa tahdidlar ortib boraveradi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishi haqida gapirishga hali ancha erta va bu borada asosli omillar ham mavjud emas. Gumanitar inqirozning kuchayishi ortidan qochqinlar sonining ortib borishi esa qo‘shni mamlakatlarga nisbatan salbiy ta'sir o‘tkazadi va bosimni kuchaytiradi.
Download 34.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling