Afg’oniston va Shrqiy Turkiston xalqlarining bugungi kundagi siyosiy ahvoli va mintaqadagi notichlikning sabablari nima uchun ro’ybermoqda ?


Download 18.12 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi18.12 Kb.
#1374521
Bog'liq
kace



Afg’oniston va Shrqiy Turkiston xalqlarining bugungi kundagi siyosiy ahvoli va mintaqadagi notichlikning sabablari nima uchun ro’ybermoqda ?
Sharqiy Turkistondagi siyosiy ahvol bu ahvolga kelishiga asosiy sabablardan biri xitoyliklarning ko'chirilishi edi. Sovet Ittifoqi parchalanib, Markaziy Osiyoda mustaqil respublikalarning tashkil topishi uyg'ur xalqining mustaqillik uchu4n bo‗lgan kurashiga yangi turtki berdi. Uyg'ur xalqi bugungi kunda hanuz o'z davlatiga ega bo'lmagan yagona yirik turkiy xalq hisoblanadi. 1992 yildan etnik ayirmachilik harakatlari boshlandi. Bu harakatlar 1997 yil G'ulja voqealariga qadar davom etdi. Shundan so'ng faollik bir qadar pasaydi. Ammo ba‘zi uyg'ur tashkilotlari va Xitoy hukumati o'rtasida kurashlar davom etdi. Ba‘zi ma‘lumotlarga ko'ra, 1992-1997 yillar davomida Sharqiy Turkistonda Xitoy hokimiyatiga qarshi sifatida 700 dan ortiq qurolli harakatlar, portlashar sodir bo'ldi. Faqatgina 1996 yil aprel oyining o'zidan boshlab, 65 mingdan ortiq kishi aksil-xitoy namoyishlarida qatnashdi, 17 bor hukumat qo'shinlari bilan qurolli to'qnashuvlar sodir bo'ldi. 1996-1999 yillar orasidagi kurashlarda mingdan ortiq kishi halok bo'ldi. Hozirgi kunda terrorizmga qarshi xalqaro miqyosda kurash ketayotgan bir vaqtda ba‘zi siyosatshunoslar Sharqiy Turkistonda uyg'urlarning mustaqillik uchun siyosiy kurash kechmayapti, balki oddiy terroristik xurujlar bo'lib, Xitoy hukumati ularga qarshi har qanday yo'llar va usullar bilan kurashishi kerak deb hisoblay boshlamoqdalar. Bunday qarashni ba‘zan xorijdagi uyg'ur tashkilotlarining o'zlari ham tasdiqlamoqda. Masalan, agar Iudhur Information Agency (Uyg'ur Axborot agentligi) ma‘lumotlariga tayanadigan bo'lsak, Sharqiy Turkistonda separatizm va noqonuniy diniy faoliyatni yo'q qilishga qaratilgan ―Zarba‖ nomli xitoy kampaniyasi ketmoqda. Bu tashkilot keltirgan ma‘lumotlarga ko'ra, bu kampaniya davomida 13 mingdan ortiq kishi hibsga olingan, 6 mingdan ortiq o'q otar qurol, 70 ming patron va 80 tonna portlovchi moddalar qo'lga olingan. Hozirgi kun Sharqiy Turkiston siyosiy hayoti keskin qarama-qarshiliklarga to'la. Bir tomondan, Xitoy davlati iqtisodiy jihatdan borgan sari rivojlanib, mahalliy aholi turmush sharoiti yaxshilanib borayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, Pekin Sinszyan Uyg'ur Avtonom rayoni etnik balansi tarkibida xitoylik (xan)lar umumiy foizini oshirishga va shu yo'l bilan Islom dini ta‘sirini to'xtatishga urinmoqda. Bu esa, faqat, radikal kayfiyatdagi xalq vakillarining ozodlik uchun kurashini kuchaytirmoqda xolos. Bu kurash portreti juda ham murakkabdir. 1992 yil dekabr oyida Istambulda bo'lib o'tgan ―Sharqiy Turkiston nomli Butunjahon uyg'ur forumi uyg'ur xalqining mustaqillik uchun kurashini qo'llab-quvvatladi. Bu voqea rasmiy Pekin tomonidan katta norozilik bilan kutib olindi, jahon hamjamiyati esa bunga jiddiy e‘tibor bermadi. 1990 yil 5 aprel Barin voqealarida ozodlik uchun kurashda milliy va diniy uyg'unlik namoyon bo'ldi. Ma‘lumki, separatizm, asosan, hal etilmagan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar zamirida vujudga keladi va kuchayadi. Omma esa umumiy ijtimoiy vaziyat keskin darajada yomonlashgan va siyosiy tizim bu muammolarni bartaraf etishga qodir bo'lmay qolgan davrdagina uyg'onadi va junbushga keladi. Shuning uchun ham, Sharqiy Turkiston iqtisodiyotidagi o'sish radikal kayfiyatdagi insonlar safining qisqarishiga olib kelishi ham mumkin. Sharqiy Turkistondagi ahvol hozir jahon hamjamiyatining ham e'tiborini tortmoqda. Ko'plab davlatlar uyg'urlarga xayrixohlik bildirmoqda. Xitoy hukumati uyg'urlarga nisbatan o'z siyosatini o'zgartirgani yo'q
Download 18.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling