Afg'onistonda bolalar ko'p, ammo bolalik yo'q


Download 0.62 Mb.
Sana12.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1265091
Bog'liq
2.2-topshirq kitob taqrizi


" Afg'onistonda bolalar ko'p, ammo bolalik yo'q” Xolid Husayniy.
Afg'on yozuvchisi Xolid Husayniyning ushbu asari jahon bo'yicha bestellerga aylanishga ulgurgan. Asarni o'qish davomida afg'on qishloqlaridan biriga tushgandek bo'lib qolasiz. Ayniqsa, qishloq aholisining kamtarona hayoti, bolalarning beg'ubor o'yinlari bugungi biz bilgan Afg'onistonga butkul o'xshamaydi. Unda quvnoq odamlar va baxtiyor bolalik aks etadi. Asar bosh qahramoni Amir va Hasan hayotidagi voqealardan keltirishda yozuvchi ularni ko'rinmas ip bilan bog'lab tasvirlaydi.
Yozuvchi qahramonlarni tasvirlashda ularning voqealar rivojiga ishtiroki bilan xarakterini ochib beradi. Bu o'rinda Asef obraziga alohida to'xtalish lozim. Uning xatti harakatlari afg'on insonlarining johil qiyofasini chizib beradi.
Asarda afg'on hayotini tasvirlashda qahramonlar xatti harakatidan misollar keltirilgan bo'lsa, unda o'sha davrda ham hozirda ham eng jirkanch illat bachchavozlik keltiriladi. Asef va Hasanning voqeasi kitobxonning nafratiga "sazovor” bo'ladi.
Asarning boshidan "qistirilib” kelinayotgan voqealar tizgini Amir va Hasanning aka-uka bo'lib chiqishiga kelib yechiladi! Bu kutilmagan voqea, xabar qahramonlar ruhiyatiga va voqealar rijojiga katta ta'sir qiladi va Amirning 26 yil oldin qilolmagan mardligiga berilgan imkondek bo'ladi.
Asarda afg'on millatiga mansub bo'lgan hazoriylar va pushtunlar o'rtasidagi murosasiz qarama-qarshiliklar keltiriladi va bu jang minglab xazoriylarning qurbon qilinishiga sabab bo'ladi. Ayniqsa, asarda Asef va stadiondagi xazoriy erkak va ayolning qatl marosimi inson yuragini jumbushga keltiradi. Xalqqa o'zini "tolibonlar” deb tanishtirgan qavmning jirkanch ishlari kitobxon onggiga afg'onlarga nisbatan cheksiz achinish hissini uyg'otadi. Asarning eng katta yutug'i bu – 1970-yillardagi afg'on hayotini to'liq ochib berganligi va u yerdagi tolibonlarning xalqning dardiga qanday "darmon” bo'lganliklarini hikoya tarzida yoritib berganligidir.
Asarda yozuvchi Hasanning o'g'lining keyingi hayotini ham yortishi bir oz kerak edimi deb o'yladim. Chunki yillar davomida mute bo'lgan va bolalikning sho'xligini esidan ham chiqargan bola ongini, dunyosini birdaniga yaxshi hayot bilan, yaxshi sharoit bilan esdan chiqarib bo'lmaydi.
Suhrobning keyingi hayoti kitobxonga qiziq deb o'ylayman! Asarni o'qish davomida va uning yakunida kitobxon his qilgan ulkan tuyg'u bu “Shukronalik” bo'ladi! Inson tug'ilibdimi, u erkin yashashga haqli. Ammo shu erkinlik bo'lmasachi?
"Ertalab ko'z ochgan odam kechgacha yashaydimi yo'qmi bilamaydi?”
Jaholatning bag'rida ulg'aygan norasida bolalarning quloqlari ostida portlagan bombalar kitobxon qalbini ham parchalaydi. Uning yuragidan afg'on xalqiga nisbatan chuqur achinish va hamdardlik hissi o'rin oladi!
Shu o'rinda aytib o'tish joizki, asarni o'qib o’zbek farzandi ekanligidan faxrlanmagan, ko'ksida ozodlikning totli nafasini olmagan inson bo'lmasa kerak!
Xolid Husayning ushbu asari shamollar ortidan quvgan insonlar, qismatlar, taqdirlar haqida...
Shamollarga aylangan insonlar, orzular haqida...
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling