Afi nada davlat maktablari bo‘lmagan shuning uchun ota-onalar farzandlarini qayerga olib borishgan? Pedogoga


Download 18.03 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi18.03 Kb.
#206148
Bog'liq
21-25 mavzular


Afi nada davlat maktablari bo‘lmagan shuning uchun ota-onalar farzandlarini qayerga olib borishgan? Pedogoga

Pedagog so‘zining ma’nosi? yunonchada «pedagog» so‘zi «bolani yo‘lda kuzatib boruvch degan ma’noni anglatadi

Qonun bo‘yicha faqat kimlar uchun ta’lim olish majburiy bo‘lgan.? O‘g‘il bolalarga

Nechi yoshdan boshlab bolalarga yozuv va hisob o‘rgatilgan? Yetti yoshdan

Aksariyat fuqarolar uchun ta’lim shundangina iborat bo‘lgan. Puldor ota-onalarning farzandlari esa qayerda tahsilni davom ettirishgan.? palestra – xususiy gimnastika maktablarida

Palestralarda nima o‘rgatilgan? adabiyot o‘qitilar, she’r yozish va musiqa

O‘g‘il bolalar nechi yoshdan gimnastika bilan shug‘ullanardilar? 14 yoshdan

“Diskapol"(disk uloqturuvchi) haykali kimga tegishli ? Haykaltarosh Mironga

Afinada oliy ta’lim ham bo‘lib unda qaysi fanlar o‘tilgan? astronomiya, geometriya, geografi ya, tarix o‘qitilardi.

Oliy ta’lim necha yil davom etgan? 3 -4 yil davom etgan.

Lakonika Yunonistoning qaysi qismi shunday ataladi? Janubiy Yunoniston

Lakonikaga qachon doriylar bostirib keldi? XII asrda ( 1200-yili)

Sparta Shahar-davlatida ilotlar kimlar? Qulga aylantirilgan mahalliy aholi

Spartada to‘la-to‘kis huquqlarga ega bo‘lmagan, shaxsan ozod kishilar nima deb atalgan?– perieklar

Spartada aholi armiyada nechi yoshdan nechi yoshgacha xizmat qilishgan ? Yigirma yoshdan keksa yoshga qadar

Yunonistonda qanday kishilar o‘z vatanini tark etishga, begona yurtlarda omadini sinab ko‘rishga majbur bo‘lganlar.? zodagonlardan qarzdor bo‘lib qolgan, o‘z yer va mulkiga ega bo‘lmagan kishilar

Yunonistonda ko‘chib ketganlar qayerlarga borib o‘rnashadilar? Sitsiliya oroli sohili va Apennin yarimoroli janubiga o‘rnashdilar.

Yunonlarning koloniyalari sekin-asta shahar-davlatlarga aylana bordi. Bu shaharlar o‘sining nimalariga ega bo‘lishgan? o‘z hokimlari, qo‘shinlari, qonunlari va tangalariga ega bo‘lishgan

Yunonlar o‘zlarini nima deb atashgan o‘z yurtlarini nima deb atashgan? O‘zlarini elinlar Davlatni Ellada

Yunonlar o‘zlashtirilgan yerlar tevaragida yashovchi yunon bo‘lmagan xalqlarni nima deb atashgan? Varvarlar

Buyuk Yunon koloniyalashtirishi davri nechinchi asrlarni o‘z ichiga oladi? Mil. avv. VIII – VI asrlar

Qora dengiz bo‘yida qanday koloniyalar vujudga keldi ? Olviya, Xersones, Pantikapey

Nima yunon madaniyatini boyitdi? Yangi mamlakatlar bilan tanishuv

Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv vujudga kelishi nechinchi asrda? VIII asr

Koloniyalardan Elladaga nimalar olib kelingan? g‘alla, metallar va qullar keltirilgan

Afinada markaziy maydon nima deb atalgan? Agora

Afinada shahar aholisining ko‘pchiligini kimlar tashkil etgan? Hunarmand va savdogarlar

Demokratiya so‘zi qanday ma’noni anglatadi? Yunonchada Xalq hokimyati

Yunonistonda qaysi hokimyat hokimlar va sudyalarni saylagan? Oqsoqollar kengashi

Aritokratlar kimlar bo‘lishgan? Zodagonlar

Qachon Drakont xalq boshqa ruvini bekor qilgan qonunlarni yozdi va amalga kiritdi? Mil.avv 621-yilda

Drakont qonunlariga nima sababdan Analiklar «siyoh qolib, qon bilan yozilgan», deya ta’rif berishgan.? Qonunlarni arzimas darajada buzganlik uchun ham Drakont bitta jazo – o‘lim jazosi belgilagan.

Salon qachon islohotlarni amalga oshirdi? Mil.avv. 594-yilda

Solonning taklifi bilan.......... ? dehqonlarning qarzlari va qarzdorlarni qul qilish bekor qilinadi.

Erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar nechi yoshdan boshlab Xalq majlisida ishtirok etardilar.? 20 yoshdan boshlab

Xalq majlisining asosiy qismini kimlardan iborat bo‘lgan? badavlat bo‘lmagan hunarmandlar, savdogarlar va dehqonlardan iborat bo‘lgan.

Afinada mansabdor shaxslar qaysi hokimyat tomonidan muayyan muddatga saylanib? Xalq majlisi tomonidan

Besh yuzlar kengashi qanday masalalarni hal etadi? Kundalik joriy masalalarni

Besh yuzlar kengashiga kim rahbarlik qilar edi? Starteg

Nechi yoshga to‘lgan Afina fuqorolari Xalq Sudida qatnasha olar edi? 30 yoshdan oshgandan keyin.

Kim 15 marotaba starteg lavozimga saylangan? Perikl

Perikl nechinchi yillar starteg bo‘lgan? Mil.avv 443-429 yillar

Periklning do‘stlarni kimlar edi? tarixchi Gerodot, haykaltarosh Fidiy

Afi nada katta quri lish ishlari kimning davrida amalga oshirildi? Perikl davrida

Perikl qaysi inshootning qurilishi tashabbuskori hisoblanadi? Parfenon ibodatxonasining

Qachondan boshlab forslar Yunonistonga tahdid sola boshladilar ? Mil.avv V asrda

Yunonistonning barcha shaharlarida fors elchilari paydo bo‘lib, ular nima deyishardi? «Bizning hukmdorimiz, buyuk shahanshoh Doro, kunchiqardan kunbotargacha barcha mamlakatlarning birdan-bir egasi sizdan yer va suv talab qilmoqdadir»,

Fors elchilari qaysi shaharga borganda ularni qoyadan uloqtiradi? Afina

Fors elchilar qaysi shaharga borganda ularni quduqqa tashlab yuboradilar? Sparta

Elchilarni chuqur quduqqa tashlab yuborgan spartaliklar esa zaharxandalik bilan nima deyishgan? «Suvni ham, yerni ham quduq tubidan yetarlicha olasizlar» deyishgan

Fors podshosi dastlab qayerni bosib oldi? Kichik Osiyodagi yunon koloniyalarini

Marafon jangi qachon bo‘lgan? Mil.avv 490-yilda

Forslar qaysi dengizdan o‘tib Attika sohiliga kelib tushdilar? Egey dengizi

Marafon tekisligidagi jangda yunon qo‘shinlariga kim boshchilik qiladi? Sarkarda Miltidat

Yunonlar jang natijasida forslarning nechta kemasini egallab oldi? Yettita

Jangdagi g‘alabani haqidagi xushxabarni Afinaga yetkazish uchun bir askar nechi km bosib o‘tadi? 42 km

Fermopil jangida fors qo‘shinlariga kim boshchilik qiladi? Doro I o‘g‘li Kserks

Qachon Kserks qo‘shinlari Shimoliy yunoistoni bosib oldi? Mil.avv 480-yilda

Yunonistoning shimolidan janubiga olib boradigan olib boradigan birdan bir yo‘l qayerdan o‘tar edi? Fermopil darsasi

Fermopil jangida yunon qo‘shinlariga kim boshchilik qiladi? Sparta podshosi Leonid

Jangdan keyin Kserks qayerni ishg‘ol qildi? O‘rta Yunonistondan o‘tib Afinani ishg‘ol etadi

Yunonlar va forslar o‘rtasida hal qiluvchi dengiz jangi qachon qayerda bo‘ladi? Mil.avv 480-yilda tor Salamin bo‘g‘zida

Yunonlar nechta tireyalar qurdiradi? 200 ta

Tireyalar qancha tezlikda harakatlanar edi? Soatiga 18 km

Plateya jangi qachon bo‘ldi? Mil.avv 479-yilda

Yunon fors urushlaining eng yirigi qaysi jang ? Plateya jangi



Sulh qachon tuzildi? Mil.avv 449-yilda
Download 18.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling