Afrika laqqa balig’ining suv harorati va sifatiga bo’lgan talabi
Download 233.27 Kb.
|
Afrika laqqa balig’ining suv harorati va sifatiga bo’lgan talabi
Afrika laqqa balig’ining suv harorati va sifatiga bo’lgan talabi Yanvar 3, 2022 Afrika laqqasini o’stirish uchun optimal suv harorati 25- 30°S daraja hisoblanadi. Lakqaning jinsiy maxsulotlari rivojlanishi uchun suv harorati eng kamida 22°S dan yuqori bo’lishi keraq ammo eng optimali 25-27°S. Inkubatsiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun suv harorati 25-26°S daraja bo’lishi talab etiladi, lichinka ochib chiqqandan so’ng suv harorati 27-30°S daraja bo’lishi juda muxim hisoblanadi. Suv harorati 20°Sdan past bo’lgan taqdirda baliqlar juda ta’sirchan bo’lib, turli xil bakterial kasalliklarga tez chalinuvchan bo’lib koladi. Rasm 1. Bir xil yoshdagi baliqlar o’rtasidagi farq Sun’iy etishtirilganda suv harorati 16°S dan pasayganda baliqlar kasallanadi va nobud bo’la boshlaydi. Ushbu baliq 39-40°S darajada xam yashashi mumkin, lekin xarorat 35°Sdan osha boshlaganda baliq tanasida qiyshayishlar va turli o’zgarishlar kuzatiladi. Agar baliq etishtirilayotgan joyda baliq o’sishi uchun optimal suv harorati bo’lmasa bir xil yoshdagi baliqlar o’rtasida o’lchamiga nisbatan bir-biridan juda katta farq yuzaga kela boshlaydi (rasm 1). Afrika laqqasi chuchuk suv baliq xisoblanadi. Shuning uchun ham dengiz sho’r suvlarida yashay olmaydi. Chidashi mumkin bo’lgan eng yuqori sho’rlik darajasi 10 mgG’l. Lekin yaxshi o’sishi uchun bu ko’rsatkich optimal hisoblanmaydi. Afrika laqqasi kislorodni nafaqat suvdan, balki atmosferadan xam oladi. Buning uchun unda oyquloqlaridan tashqari maxsus organi mavjud. Rasm 2. Afrika laqqasi oykuloqlari va ko’shimcha nafas olish organi. Ushbu organ bosh qopqog’i tagida gulkaram kurinishida bo’lib oyquloklari bilan birga yonma-yon joylashgan (raem 5). Ushbu organ baliqlar 20 kunlikdan o’tib, 2.5-3 oydan oshgandan so’ng paydo bo’ladi. Lichinka davrining dastlabki 3 xafta davomida baliqchalarning suvga bo’lgan talabi xuddi maxalliy karp baliqlari singari bo’ladi, ya’ni suvdagi erigan kislorod va boshka ko’rsatkichlarga bo’lgan talabi yuqori. Keyinchalik baliqlar kattalashgan sari suv sifati va suvdagi erigan kislorod tanqisliligiga chidamliligi ortib boradi. Ushbu organ mavjudligi tufayli afrika laqqasida ozuqa xazmlanishi boshqa baliqlarnikiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Download 233.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling