Afrika materigi rel’efining o‘ziga xosligi


Download 15.53 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi15.53 Kb.
#1317599
Bog'liq
Afrika 3 savollar


Afrika materigi rel’efining o‘ziga xosligi
1.Afrikaning hozirgi yirik morfostruktura relef shakillarining yaratilishi qaysi davrlaning boshlarida sodir bo’lgan?
Neogen va Antropogen
2.Afrika materigi yer yuzasi tuzilishi va gipsometrik balandlik xususiyatlariga ko’ra qanday qismlarga bo’linadi?
Birinchi qismi balandligi 1000 m dan kam bo’lgan Shimoli G’arbiy Afrika yoki Past Afrika va ikkinchi qismi balandligi 1000 m dan yuqori bo’lgan Janubi-sharqiy Afrika yoki Baland Afrika.
3.Past Afrika bilan Baland Afrika o’rtasidagi chegara qayerdan o’tadi?
Bular o ’rtasidagi chegara janubi-g'arbda Bengela (Angola) va shimoli-sharqda Massaua (Efiopiya) chizig’idan o’tadi.
4.Atlas tog’lari janubiy-g’arbdan shimoli-sharqqa tomon cho’zilgan qaysi tizmalaridan iborat?
Er-Rif, Anti Atlas, Baland Atlas, Tell Atlas va Sahroi Kabir Atlasi
5.Baland plato qaysi tizmalari orasida joylashgan?
Tell Atlas (2326 m) va Sahroi Kabir Atlasi (1532 m) tizmalari
6.Qaysi tog’larni kuest tizmalari-tassililar o’rab olgan?
Axaggar va Tibesti tog’liklarini paleozoy jinslaridan tarkib topgan kuest tizmalari-tassililar o’rab olgan
7. Afrika platformasining poydevorini tashkil etgan qadimiy kristall jinslaming bukilishi natijasida vujudga kelgan keng botiqlar qaysilar?
Sahroi Kabiming g’arbidaga El-Juf, shimolidagi Fetsan, sharqidagi Liviya-Misr, janubidagi Niger, Chad va Oq Nil
8.Afrika materigi o’rta qismida eng yirik botiqlar qaysilar?
Kongo va Kalaxari botig’i
9.Afrikaning qayerlarida balandligi 200 m gacha bo’lgan pasttekisliklar mavjud?
Afrikaning shimolida O ’rta dengiz sohili, g’arbda Atlantika sohili, Senegal daryosining quyi qismi, Gvineya qo’ltig’i qirg’oqbo’yi, janubisharqda Mozambik bo’g’izi qirg’oq bo’ylarida keng polosa bo’ylab cho’zilgan va balandligi 200 m gacha bo’lgan pastteksiliklar mavjud.
10.Xaud plotosi qayerda joylashgan?
Efiopiya tog’ligidan janubi-sharqda joylashgan Somali yarim orolini zinapoyasimon ko’tarilgan Xaud platosi egallagan.
11.Sharqiy Afrika tog’ligi hududida qaysi cho’qilar, vulkanlar joylashgan?
Kilimanjaro (5895 m), Keniya (5199 m), Margerita (5109 m), Meru (4567 m), Karisimbi (4507 m), Elgon (4322 m), Rungve (3175 m)
12.Tanganika va N’yasa ko’llaridan janubiy-g’arbida qaysi tog’lar joylashgan?
Sharqiy Afrika yassi tog’ligining davomi bo’lgan, submeridional yo’nalgan Mitumba (1889 m) va Muchinga (1908 m) tog’lari joylashgan.
13.Kalaxari botig’ining atrofi zinapoyasimon ko’tarilgan qaysi tog’lar va platolar bilan o’ralgan?
shimolda Luanda-Katanga ko’tarilmasi, sharqda Zambezi va Limpopo daryolari oralig’idagi Matabele yassi tog’ligi, janubi-sharqda Baland Veld platosi, Basuto tog’ligi va Drakon tog’lari, janubda Кар va Yuqori Karru platolari, g’arbda Namakvalend, Damaralend, Kaoko plato va yassi tog’liklari hamda Serra-da-Shela tizmasi.
14.Janubiy Afrikaning eng baland nuqtasi?
Katkin-Pik 3657 m
15.Kap tog’lari qayerda va qaysi bosqichida burmalangan?
Janubiy Afrikaning eng janubiy chekka qismida gersin bosqichida
16.Kap tog’ining eng baland nuqtasi qaysi?
Svartberg 2324 m
17.Efiopiya tog’ining janubida qaysi cho’qilar bor?
Batta 4310 m va Guge 4209 m
18.Bab-el-Mandeb bo’g’iziga yaqin joyida qaysi Vulqon joylashgan?
Dubbi 1250 m
19. Gvineya qo’ltig’i qirg’og’i bo’ylab cho’zilgan Shimoliy Gvineya balandligi qadimgi kristall zaminning antikliza shaklidagi yadrosi bo’lib,qaysi tektonik burmalar va yoriqlar uni alohida massivlarga bo’lib turadi?
sharqida joylashgan Joe platosi (2000 m) va ikkinchisi g’arbida joylashgan Leone-Liberiya tog’ligidagi Bintimaki (1945m) tog’idir.
20.Bifara qo’lig’i yaqinida qaysi vulkanik tog’ joylashgan?
Kamerun 4070 m
Download 15.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling