Afrika qitasi
Download 230.95 Kb.
|
Afrika qitasi.фрика
AFRIKA QITASI Reja: 1. Materik iqlimi haqida umumiy ma`lumot. 2. Materik iqlim mintaqa va oblastlariga umumiy tavsif. 3. Materik ichki suv xavzalariga umumiy tavsif. 4.Materik daryolariga umumiy tavsif. Iqlimi: Afrika er sharida shimoliy va janubiy yarim sharlarda tahminan bir xil masofaga cho’zilgan materikdir. Materikning anna shu xususiyati har ikala yarim sharda bir xil kengliklarda bir xil iqlim paydo bo’lishi uchun xarakterlidir. Materikning asosiy qismi tropiklar orasida joylashgan bo’lib, butun yil davomida quyoshdan ko’prok issiqlik oladi va materik juda qizib ketadi. Yiliga quyoshdan keladigan yalpi radiatsiya 160 kKal sm dan, shimolda 200 kKal sm ni tashkil etadi. Afrika iqlimi o’ziga xos kontinental iqlimdir. Afrikaning katga qismi xar ikkala yarim sharning subtropik antitsiklonlar ta`sirida bo’ladi. Shimoliy yarim sharning quruklikdan esadigan passatlari nisbiy namligi kam bo’lgan kontinental havoni olib keladi. Hind okean tomonidan janubiy yarim shar passatlari materikning shimoliy chekkasiga beqaror quruq havo massalarini keltiradi. Materikning g`arbiy chekkalari shimoliy kismida janubiy yarim sharda ham Atlantika antitsiklonlari ta`sirida bo’lib, ular uchun passat oqimlari xarakterlidir, bu esa yog`in yog`ishi uchun nokulay sharoitlarni keltirib chiqaradi. Yanvarda materikning janubiy kismi issiq bo’ladi, shimoliy qismi esa ancha sovuk bo’ladi. Afrikaning g`arbiy soxillari janubiy Atlantika antitsikloni ta`sirida bo’lib, janubdan esadigan shamollar baland kengliklardan keladigan sovuq havo massalarining issiq materik ustiga kelishi natijasida g`arbiy sohildan to ekvatorgacha bo’lgan qismlarida yog`in hosil bo’lmaydi. Afrikaning shimoliy qismlari yaxlit bo’lganligidan janubiy qismiga nisbatan tez qiziydi va o’rtacha oylik harorat +35° -+40° S ni tashkil etadi. Er sharidagi eng maksimal harorat +58° S ham shu hududda. Materikda yog`in juda notekis taqsimlangan, eng ko’p yog`in Kamerun tog` massiviga 10000 mm atrofidagi tushadi. Ekvatordan shimol va janubga tomon 10 - 30° lar o’rtasida butun yil davomida yog`in juda kam tushadi. Shimoli-g`arbiy va janubi-g`arbiy qismlarida yog`inning ko’p qismi qishda, janubisharqda esa yozda yog`adi. Shuning uchun ham materik iqlimi xilma-xildir. Iqlim mintaqa va oblastlariga tavsif. Ekvatorial iqlim mintaqasi: bu mintaqa Kongo havzasining anchagina qismini, shuningdek, Gvineya sohilining 7° - 8° shimoliy kengliklargacha bo’lgan hududlarni egallaydi. Kongo havzasida er yuzasi kuchli qizib ketganidan havo massalari yukoriga ko’tariladi va butun yil davomida kon`yuktiv yog`inlar yog`adi. Gvineya sohilida yog`inlarni ko’proq janubi-g`arbiy shamollar keltiradi va bu erda yil davomida juda ko’plab yogin yog`ishi kuzatiladi. Haroratning yil buyi +24 , +28 S dan yukori bo’lishi, buglanishidan ko’ra 1,5-2 marta yog`inning ko’p yog`ishi va nisbiy namlikning yukori bo’lishiga olib keladi. Subekvatorial iqlim mintaqasi: bu mintaqa ekvatordan shimolda 17° shimoliy kenglikkacha davom etadi. Janubiy yarim sharda esa 20 janubiy kenglikkacha davom etadi. Bu mintaqada har ikkala yarim sharda ham yoz oylarida mussonlar hukmron bo’lib, Ko’plab yog`in keltirsa, kish oylarida esa kuruk tropik havo massasining passat shamollari ta`siridabo’ladi. Sernam davrning bu mintaqasida ham uzok vaqt davom etishi namgarchilikning tropiklar va g`arbdan sharqqa tomon o’zgarib boradi. Shimoliy yarim sharning subekvatorial mintaqasida namgarchilik etarli bo’lmagan eng kurg`oqchshshk rayoni Somali yarim orolidir, chunki bu yarim orolni ekvatorial mussonlar ta`siridan Efiopiya tog`ligi to’sib qoladi. Shuningdek Sudan o’lkasining shimoliy qismlarida ham kurgokchilik rayotslar bor. O’rtacha harorat - 10 . 49 Tropik iqlim mintaqasi: bu iqlim mintaqa shimoliy yarim sharda Sahroi Kabirning anchagina qismini, janubiy yarim sharda esa Kalaxari uchun shimoliy xarakterlidir. Shimoliy yarim sharda issiq quruk tropik yoz oylarida shimoliy Afrikaning er yuzasini juda qizdiradi va bu erda tarkibida 15-20% gina nisbiy namlik bo’lgan shimoliysharqiy passatlar. Qish oylarida esa hududda antitsiklon rejimi paydo bo’ladi va yog`inning kam yog`ishiga sabab bo’ladi. Bu hududda bug`lanish yoginga nisbatan 20-25 barobar yuqoriroq bo’ladi. Materikning janubiy yarim shardagi iqlim mintaqasi cho’l tropik va nam tropik iqlim oblatisga ajratiladi. Afrikaning Namib cho’lida yog`in mikdori kam, sabab janubiy Atalantika antitsiklonidagi Bengal sovuq oqimining mavjudligi. Subtropik iqlim mintaqasi: bu mintaqa Afrikaning chekka shimoli va chekka janubini o’z ichiga oladi. Materikning shimoli-g`arbi va janubi-g`arbining yozi kuruk, subtropik mintaqaning Urta dengiz iklim mintakasiga ajratadi. Qishda bu erda tsiklon faoliyati yuqori bo’ladi va mintaqaga yog`in keltiradi. O’rta dengiz sohili bo’yida iyulning o’rtacha harorati +27°+28°S, eng issiq oyning o’rtacha harorati +21°S, yanvarning o’rtacha harorati+11°+12°S, eng salqin oyning harorati +13°+14°S gacha bo’ladi. Qishda g`arbiy shamollar deyarli etib kelmaydi, chunki tog`lar to’sqinlik qiladi va kishda yog`in miqdorining kamayishiga olib keladi. Download 230.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling