13. SMS ovozi shunchaki tanlanmagan.
Foydalanuvchilarga shunchaki oddiy signal bo‘lib tuyuladigan Nokia qurilmalarining standard ovozi (SMS xabar ovozi), aslida to‘liq ma’noga ega xabardir. Bu signal faqat Morze alifbosi yordamida uzatilgan. Shunday qilib, SMS ovozi shifr yordamida yozilgan Short Message Service qisqartmasi hisoblanadi.
14. Ascending — bu shifr.
«Ascending» melodiyasi ham shifrlangan xabar hisoblanadi. Bu xabar kompaniya shiori «Connecting people»ning aynan o‘zidir.
1 5. Nokia uzoq vaqt davomida eng yirik telefon ishlab chiqaruvchibo‘lgan.
1998-yilga kelib, telekommunikatsiya sohasiga GSM'dagi dastlabki investitsiyalarni jalb qilgan holda, Nokia dunyodagi eng yirik mobil telefon ishlab chiqaruvchisiga aylandi. Ushbu yetakchilik 2007-yilgacha davom etdi.
Nokia'ning 2007-yilgi noyabr sonida Nokia mobil telefonlar qiroli deb nomlangan.
16. Apple Nokia texnologiyalaridan nusxa olgan.
2009-yilda Nokia Apple kompaniyasi ustidan 10 ta patentni buzganligi bo‘yicha sudda g‘alaba qozondi, ularning yutuqlari birinchi avlod iPhone'da ishlatilgan. Natijada, Apple Nokia'ga kompensatsiya to‘ladi va yaqinda imzolangan patent bitimiga ko‘ra, u hali ham katta foiz to‘lashni davom ettirmoqda.
17. Nokia 3310 — afsona.
Nokia 3310 kompaniya tarixidagi eng muvaffaqiyatli modellardan biri sanaladi. Oxirgi 17 yil ichida u 126 mln nusxadan ko‘p sotilgan.
18. Nokia qurilmalari anchadan beri o‘z vatanida tayyorlanmayapti.
Uyali aloqa sektorining barcha ishlab chiqarish quvvatlari Osiyo mamlakatlarida joylashgan. Oxirgi marta mobil telefon 2012-yilda Finlyandiya konveyeridan chiqarildi. Endi barcha AA-brendlari o‘z mahsulotlarini osiyolik ishchilar yordamida ishlab chiqarmoqda.
19. Microsoft Nokia'ni arzimagan pulga sotib olgan.
2013-yil 3 sentyabr kuni Microsoft Nokia'ning uyali telefon bo‘limini barcha patentlari bilan sotib olganligini e’lon qildi. Bu darajadagi korporatsiya uchun sotib olish narxi juda past edi - Nokia biznesi 5 milliard dollarga baholangan, yana 2,18 milliard dollarlik patentlar uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |