Afsungarlarning tuhfalari (hikoya)
Download 55.5 Kb.
|
Afsungarlarning tuhfalari
Afsungarlarning tuhfalari (hikoya) O.Genri
Til Oʻzb Alifbo Lotin Bezatish Uzgen (admin@kutubxona.com) Qʻoshilgan 2010/11/19 Turkumlar Nasr / Amerika adabiyoti Saytda http://www.kutubxona.com/O.Genri. Afsungarlarning tuhfalari (hikoya) Manba http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2712&Itemid=228 Bu kitob Oʻzbek adabiyoti elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Lotin yozuvda Кирил ёзувда
Bir dollaru sakson yetti tsent. Bor puli shu edi. Ulardan oltmish tsenti bir tsentli chaqalardan iborat. Ana shu chaqalarning har biri uchun baqqol, rezavorfurush, qassob bilan shu qadar savdolashishga toʻgʻri keldiki, bu tariqa ziqnalik tufayli tugʻilgan soʻzsiz norozilikdan quloqlarigacha qizarib ketardi. Della uch marta sanab koʻrdi. Bir dollaru sakson yetti tsent. Ertaga esa melod bayrami. Bu vajiga kelganda oʻzini eski chorpoyaga tappa tashlab, oʻkrab yigʻlashdan boshqa chorasi yoʻq edi. Della xuddi ana shunday qildi. Bundan shunday falsafiy xulosa kelib chiqdiki, hayot yigʻi-sigʻi, oh-voh va tabassumlardan iborat, ammo oh-voh koʻproq. Uy bekasi ana shu poyalarning barchasidan oʻtib boʻlguncha, uyning oʻzini koʻzdan kechiraylik. Haftasiga sakkiz dollar ijara haqi toʻlab turiladigan jihozli kvartira. Vaziyatdan oʻtaketgan qashshoqlik emas, toʻgʻrirogʻi, aytmasa ham ayon-oshkor koʻrinib turgan kambagʻallik koʻzga tashlanadi. Pastda kiraverishdagi eshikka osigʻliq xat tashlanadigan qutining tirqishidan bironta ham xat sigʻmaydi, elektr qoʻngʻiroqning tugmasini bitta-yarimta odam bosgudek boʻlsa, tiq etgan tovush eshitilmasdi. Ana shularga: «M-r Jeyms Dillingxem Yung» degan yozuvi bor bir qogʻoz havola qilingan edi. Mazkur nomning egasi haftasiga oʻttiz dollar olib turadigan yaqin vaqtlardagi badavlatlik kezlarida «Dillingxem» qulochini yozib yuborgan edi. Endilikka kelib, ana shu daromad yigirma dollarga tushib qolgach, «Dillingxem» soʻzidagi harflar, toʻporiyu kamtargina «D» harfiga qisqarsak boʻlmasmikan, deb astoydil andisha qilgandek xira tortgan edi. Ammo mister Jeyms Dillingxem Yung uyga qaytib yuqori qavatga chiqib borarkan, biz hali sizga Della nomi bilan tanishtirgan missis Jeyms Dillingxem Yung uni albatta «Jim!», deya xitob qilgancha mehr bilan quchoq ochib kutpb olardi. Bu esa, darhaqiqat, dilni xushlaydi. Della yigʻini bas qilib, yonoqlarini upali momiq bilan artdi. Hozir u deraza oldida turar va kulrang hovli boʻylab oʻtgan kulrang devor ustida kezib yurgan kulrang mushukni ma’yusgina kuzatar edi. Ertaga melod bayrami, uning esa Jimga sovgʻa olgulik bir dollaru sakson yetti tsentgina puli bor, xolos! Uzoq oylar davomida u har bir tsentni tuflab tugib keldi. Jamgʻargani esa mana shu boʻlibdi. Haftasiga yigirma dollar bilan oshib-toshib ketmaysan. Sarf-xarajatlar uning moʻljalidagidan koʻproq chiqib qoldi. Sarf-xarajatlar doim shunday boʻladi. Jimga sovgʻa olgulik bir dollaru sakson yetti tsent puli bor! Jimginasiga sovgʻa olay desa!.. Melod bayrami munosabati bilan unga nima sovgʻa qilishni rejalay-rejalay qanchadan-qancha soatlarni xursandchilik bilan oʻtkazdi. Bironta gʻoyat alomat, kamyob, qimmatbaho, Jimga mansublikdek yuksak sharafga aqalli sal-pal munosib keladigan qandaydir antiqa sovgʻa boʻlishi kerak. Ikki deraza oraligʻida tryumo turardi. Siz hech qachon sakkiz dollar toʻlab turiladigan jihozli kvartiradagi tryumoga qarab koʻrganmisiz? Juda ozgʻin va juda serharakat odamgina uning ensiz oynalarida ketma-ket oʻzgarayotgan aksiga qarab, oʻzining tashqi qiyofasi haqida anchagina aniq tasavvur hosil qilishi mumkin. Ushoq jussali Della bunday mahoratni egallab olgan edi. U deraza oldidan daf’atan oyna tomon oʻtdi. Koʻzlari charaqlar, ammo yigirma sekund mobaynida yuzini qizillik tark etgan edi. U chaqqonlik bilan toʻgʻnogʻichlaringʻ sugʻurib sochlarini yozib yubordi. Sizlarga aytib qoʻyishim kerakki, er-xotin Jeyms Dillingxem Yunglarning faxru iftixorlari boʻlgan ikkita bebaho boyligi bor edi. Biri — Jimning bobosi bilan otasidan qolgan tilla soati, ikkinchisi Dellaning sochlari. Mabodo malika Bilqis roʻparalaridagi uyda yashayotgan boʻlsa bormi, Della hazrati oliyalarining barcha yasan-tusan liboslariyu zeb-ziynatlarini yoʻlda qoldirib ketish uchun boshini yuvgach, oʻrilmagan sochlarini ataylab deraza oldida quritgan boʻlardi. Bordi-yu, Sulaymon podsho ana shu uyda eshik ogʻasi boʻlib xizmat qilayotgan, bor davlatini oʻsha uyning yertoʻlasida saqlayotgan boʻlsa bormi, Jim uning hasaddan soqolini bittalab yulayotganini koʻrish uchunoq oldidan oʻta turib joʻrttaga choʻntagidan soatini olib qaraydigan boʻlardi. Mana, Dellaning ajoyib sochlari xuddi kashtanrang shalola toʻlqinlaridek jilvalangancha, mavjlangancha sochilib ketdi. Tizzasidan pastga sollanib tushgan sochlari qaddi-bastini rido kabi oʻrab oldi. U esa shu ondayoq asabiylashgancha va oshiqqancha, ularni yigʻishtirib ola boshladi. Keyin xuddi taraddudlangandek, bir daqiqa qimir etmay qoldi-da, eskirgan qizil palosga ikki yo uch tomchi yosh dumalab tushdi. Nimdoshgina jigarrang jaketini yelkasiga tashlab, eskigina jigarrang shlyapasini boshiga qoʻndirdi-da, koʻzlarida yaltirab turgan yosh qurimagan holda, yubkasini hilpiratgan koʻyi gʻizillagancha koʻchaga tushib bordi. U qarshisiga borib toʻxtagan lavhaga shu soʻzlar yozilgan edi: «M-te Soprohie». Sochdan yasaladigan turli-tuman mahsulotlar». Della ikkinchi qavatga yugurib chiqdi-da, nafasi tiqilib halloslagancha turib qoldi. — Mening sochimni sotib olmaysizmi?— deb soʻradi u xonimdan. — Soch sotib olaman,— deb javob berdi xonim.— Shlyapangizni yeching, molni koʻrishim kerak. Kashtanrang shalola yana mavjlandi. — Yigirma dollar,— dedi xonim, qalin sochni odatiga koʻra salmoqlanib koʻrarkan. — Tezroq boʻlaqoling,— dedi Della.
— Xudoyo xudovando, uning mendan koʻngli qolmasin. Eshik ochilib, ostonada koʻringan Jim uni yopib kirdi. Afti bir burda boʻlib qolgan, bezovta koʻrinar edi. Yigirma ikki yoshda oila tashvishini ortmoqlab yurish oson emas. U allaqachon paltosini yangilashi kerak, qoʻlqopi boʻlmagani uchun qoʻllari sovqotar edi. Jim xuddi bedananing hidini sezgan setterdek eshik oldida qimir etmay turib qoldi. Koʻzlari Dellaga shunday ifoda bilan tikilib turardiki, ayol buni nimaga yoʻyishini bilolmay, vahimaga tushdi. Bu ifoda na qahr, na hayrat, na ta’na, na dahshat — taxmin qilish mumkin boʻlgan hislardan birontasiga ham oʻxshamas edi. Eri unga nigohini uzmay tikilib turar, yuzidagi gʻalati ifoda hech oʻzgarmas edi. Della stoldan sakrab tushib, unga otildi. — Jim, jonim,— deya qichqirib yubordi u.— Menga unday qarama! Men sochimni qirqib, uni pulga sotdim, melod bayramida senga hech narsa sovgʻa qilmasam, bunga hech bir chidayolmasdim. Sochlarim yana oʻsib ketadi. Mendan achchigʻlanayotganing yoʻqdir-a, shundaymi? Bundan boshqa ilojim yoʻq edi. Sochim juda tez oʻsadi. Kel, meni melod bayrami bilan tabrikla, Jim, kel, bayramning gashtini suraylik. Senga shunday bir sovgʻa tayyorlab koʻydimki, shunday ajoyib, shunday alomat sovgʻa tayyorlab qoʻydimki! — Sen sochingni qirqtirdingmi?— deb soʻradi Jim diqqatini toʻplagancha, zotan miyasi kizgʻin ishlab turgan boʻlsa-da, bu narsa hali hushiga yetib bormayotgandek edi. — Ha, qirqtirdim ham, sotdim ham,— dedi Della.— Ammo sen meni bari bir sevasan-ku? Sochim qisqa boʻlgani bilan men bari bir oʻsha-oʻshaman-ku. Jim garangsib xonani koʻzdan kechirdi. — Xoʻsh, shunday qilib, endi sening soching yoʻqmi? — deb soʻradi oʻrinsiz qat’iyat bilan. — Qidirmay qoʻyaqol, bari bir topolmaysan,— dedi Della.— Axir senga aytdim-ku: men sochimni sotdim — qirqtirdim-da, sotdim. Bugun arafa, Jim. Menga mehribonroq muomala qil, chunki men sen uchun shunday qildim. Ehtimolki, boshimdagi sochlarni sanab chiqish mumkin boʻlar-u,— deb soʻzida davom qilarkan, muloyim ovozi birdan jiddiy yangray boshladi,— ammo hech kim, hech kim mening seni nechogʻli sevishimni oʻlchab bitirolmasa kerak! Kotletlarni kovuraveraymi, Jim?
— Gapimga astoydil ishonaver, Dell,— dedi u.— Hech qanday kuzalgan, taralgan soch qizaloqqinamdan mening mehrimni sovutolmaydi. Ammo mana bu turgakni ochib koʻrgin, dastlab kirib kelganimda nima uchun gangib qolganimni bilasan. Oppoqqina epchil barmoqlar kanopni tortqilab, qogʻozni ochdi. Darhol shavqli xitob yangrab, hayhot, shu ondayoq ayol ahliga xos shashqator yosh bilan oh-faryod boshlanib ketdiki, xonadon boshligʻi oʻsha zahoti ixtiyorida mavjud boʻlgan barcha taskin beruvchi vositalarni tatbiq etishga majbur boʻldi. Negaki, stol ustida Della Brodveydagi vitrinada koʻrganida mahliyo boʻlib qolgan, ikkita chakkaga, bitta orqaga toʻgʻnaladigan oʻsha bir toʻp taroq yotardi. Chetlariga jilodor toshlar naqsh etilgan, kashtanrang sochlarining tusiga juda mos, toshbaqa poʻstidan qilingan chinakam, ajoyib taroqlar edn. Ular juda qimmat, Della buni bilar, ularni orzu qilgani bilan muyassar boʻlmasligiga koʻzi yetganidan allaqachondan buyon yuragi orziqib, achishib yurar edi. Mana endi, nihoyat ular qoʻliga kelib tegdi-yu, ammo bularning orziqtirgan jilosi koʻrk baxsh etishi mumkin boʻlgan goʻzal sochlar allaqachon barham topgan edi. Har qalay, u taroqlarni koʻksiga bosdi, niqoyat, jur’at qilib boshini koʻtararkan, yoshli koʻzlari bilan jilmaygancha shunday dedi: — Mening sochim juda tez oʻsadi, Jim! Shu payt u ustidan dogʻ suv quyib yuborilgan mushuk boladek sapchib turdi-da, xitob qildi: — Voy, oʻlmasam! Axir Jim uning ajoyib sovgʻasini hali koʻrmagan edi-da. U oshiqqancha zanjirni kaftiga olib Jimga uzatdi. Xira tusli nodir metall uning samimiy va joʻshqin quvonchi shu’lalarida tovlanib ketgandek boʻldi. — Havasingni keltirmaydimi, Jim? Men uni topgunimcha, shaharda bormagan joyim qolmadi. Endi soatingni kuniga yuz marta olib qarashing mumkin. Soatingni menga ber-chi. Ikkalovi birga turganda qanday koʻrinishini koʻrgim kelayotibdi. Ammo Jim uning soʻzlariga itoat qilish oʻrniga, chorpoyaga choʻzildi-da, qoʻllarini boshi ostiga qoʻyib, jilmaydi. — Dell, — dedi u,— hozircha ikkovimiz ham sovgʻalarimizni yashirib qoʻya turishimizga toʻgʻri kelarkan, bir oz yotatursin. Ular hozir biz uchun juda ham serdabdaba ekan. Men senga taroq sotib olish uchun soatimni sotdim. Endi, kotletlaringni pishiraversang ham boʻlar, deb oʻylayman. Ma’lumki, oxurda yotgan goʻdakka tuhfa olib kelgan afsungarlar donishmand, tang qolarli darajada donishmand kimsalar ekanlar. Melod kunlarida sovgʻa taqdim etishni ham oʻshalar taomilga kiritgan ekanlar. Oʻzlari donishmand boʻlganlari uchun beradigan tuhfalari ham, ehtimolki, ma’qul kelmay qolgan taqdirda ayirboshlab berish pisanda qilib qoʻyilgan donishmandvor tuhfa boʻlsa ajab emas. Men bu yerda sizlarga oʻzlarining eng bebaho boyliklarini bir-birlariga aql-donishiga mutlaqo zid boʻlgan yoʻsinda fido etgan, sakkiz dollarli kvartirada ijara turadigan ikki tentak bolaning sarguzashtini soʻzlab berdim. Ammo zamonamizdagi donishmandlarga oʻgit tariqasida aytib qoʻyishim kerakki, barcha tuhfa beruvchilardan eng donishmandi shular edi. Barcha tuhfa baxsh etuvchi va oluvchilar orasida mana shularga oʻxshaganlari chinakam donishmandlardir. Hamma yerda, har qachon. Afsungarlar ham ana oʻshalar. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling