Agar bitta kichik kubchaning hajmi dm


Download 1.31 Mb.
Sana28.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1303784
Bog'liq
test


1. Agar bitta kichik kubchaning hajmi 1 dm3 bo‘lsa, rasmda tasvirlangan shaklning to‘la hajmini aniqlang.

60
48
18
80
2. Pashshaning 6 ta oyog‘i va o‘rgamchakning 8 ta oyog‘i bor. 2 ta pashsha va 3 ta o‘rgamchakning birgalikdagi oyoqlari soni, 10 ta qush va … ta mushukning birgalikdagi oyoqlari soni bilan bir xil miqdorda. Nuqatalar o‘rnida qanday son yashiringan?
13
7
8
4
3. Sobir karton qog‘ozdan ustki qismi ochiq quti yasamoqchi. U yasamoqchi bo‘lgan qutining eni 34 sm, bo‘yi 48 sm, balandligi 26 sm o‘lchamda bo‘lsa, sarf qilingan karton qog‘ozning yuzasini toping (sm2).
7528
3764
5896
6644
4. Bir tarvuz ikkinchi tarvuzdan 2 kg yengil, uchinchi tarvuzdan 5 marta yengil. Birinchi va uchinchi tarvuzlar birgalikda ikkinchi tarvuzdan 3 marta og‘ir. Ikkinchi tarvuzning massasini toping.
3
5
2
4
5. Mohinur 1 dan 31 gacha sonlarni yozib chiqdi. U 1 raqamini 3 raqamiga qaraganda qancha ko‘p yozgan?
teng
10
8
9
6. Mashinaning baloni og‘irligi 36 kg teng va u mashina og‘irligining 6/306 qismini tashkil qilsa, mashina og‘irligini toping?
1936
1626
1836
1746
7. Rasmda ko‘rsatilgan shaklning a=7, b=18, c=3 bo‘lgandagi perimetrini hisoblang.

64
62
53
56
8. Behruz zooparkdan maktabga bordi va yo‘l bo‘ylab daraxtni sanab bordi. Quyidagilardan qaysi birini Behruz sanagan daraxtlarning soni bo‘la olmaydi?


12
11
13
9
9. Tortning massasi 900 grammga teng. Mirolim uni uchta qismga bo‘ldi. Tortning eng katta qismining massasi qolgan barcha bo‘laklari massalarining yig‘indisiga teng. Tortning katta qismi massasini toping.
450 gr
250 gr
600 gr
300 gr
10. Abduqodir avtomobil haydashni o‘rganyapti. U hozircha faqatgina o‘ngga burilishni bilib oldi. Abduqodir avtomobilni A nuqtadan В nuqtaga haydab borishi kerak. U qanday eng kam sondagi burilish bilan В nuqtaga yetib keladi?


8
4
3
6
11. Misolda 3 ta raqam o‘rniga * yozilgan; 1*3+1*4 + 1*5=402. Bu raqamlar yig‘indisini toping.
9
10
8
11
12. Bir olma daraxtidan 36 kg, bu ikkinchi daraxtga qaraganda 12 kg kam, lekin uchinchi daraxtga qaraganda 2 marta ko‘p olma terildi. Hamma olmalarni 6 kg dan qilib yashiklarga joylashtirish uchun nechta yashik kerak bo‘ladi?
17 ta
19 ta
16 ta
22 ta
13. Daftarning narxi 400 so‘m, ruchkaning narxi 300 so‘m. 3000 ming so‘mga quyidagi variantlardan qaysi birini sotib olsa bo‘ladi?
4 ta daftar, 8 ta ruchka
5 ta daftar, 7 ta ruchka
6 ta daftar, 2 ta ruchka
3 ta daftar, 8 ta ruchka
14. Hashoratxonimda 118 ta oyoq bor. Kecha u 26 juft yangi poyabzal sotib oldi. Shunga qaramay, 14 oyog‘i yalangoyoq holda qoldi. U poyabzal sotib olishdan oldin nechta poyabzal kiygan?
26
39
78
52
15. Yulduzcha teng tomonli uchburchak va kvadratdan yasalgan. Kvadratning perimetri 36 sm. Yulduzcha shaklning perimetrini toping (sm)?


108
104
90
72
16. Farg‘ona va Andijon shaharlar orasidagi masofa 380 km. Farg‘onadan soatiga 20 km yuruvchi velosipedchi, 3 soatdan so‘ng Andijondan soatiga 60 km yuradigan mashina yo‘lga chiqdi. Ular Farg‘ona shahridan qancha masofada uchrashadi?
180
140
240
200
17. 210 ning yettidan uch qismini uchdan ikki qismi 60 ga teng songa qo‘shgandan hosil bo‘lgan sonning beshdan ikki qismini toping.
108
72
52
60
18. 2,3,4,5,6,7 raqamlaridan ikkita uch xonali sonlar tuzildi. Ularning yig‘indisi eng ko‘pi bilan nechaga teng bo‘lishi mumkin?
1386
1426
1395
1197
19. Ali, Vali va G‘ani belkurak bilan handak kovlashmoqchi. Agar ularning ixtiyoriy ikkitasi birga ishlasa bu ishni bir yarim soatda bajarishadi. Agar uchalasi birga ishlasa qancha vaqtda handak kovlab bo‘linadi?
30 daqiqa
120 daqiqa
60 daqiqa
75 daqiqa
20. Sinfda 28 ta o‘quvchi bor. Agar sinfdagi qizlar 3 kg dan, o‘g‘il bolalar 5 kg dan makulatura (qog‘oz chiqitlari) yig‘ishsa, sinf bo‘yicha jami 102 kg makulatura yig‘iladi. Sinfdagi qiz bolalar soni o‘g‘il bolalardan nechta ortiq?
13
9
12
10
Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling