moddalar hosil bo‘ladi. - moddalar hosil bo‘ladi.
- M asalan, gazsimon ammiak suyuq azot bilan o'zaro ta’sir
- ettirilganda ammiak dastlab suyuq, so'ngra esa qattiq holatga o'tadi.
- Bu kimyoviy emas, balki fizik hodisadir, chunki moddaning tarkibi
- o ‘zgarmaydi. Yangi moddalar hosil bo‘lishiga olib keladigan ba’zi
- hodisalar fizik hodisalar qatoriga kiradi. M asalan, bir xil elementlarning atomlaridan boshqa xil elementlaming atomlari hosil
- bo‘ladigan yadro reaksiyalari (2.3-§ ga q.) fizik hodisalardir. Bunday hodisalarni yadro fizikasi o ‘rganadi.
- Kimyoviy reaksiyalar kabi fizik hodisalar ham keng tarqalgan: metall o'tkazgichdan (simdan) elektr tokining o'tishi, metallami bolg‘alash va suyuqlantirish, issiqlik chiqishi, suvning muzga
- yoki bug‘ga aylanishi va h.k.
- Kimyoviy hodisalar vaqtida hamma vaqt fizik hodisa ham sodir
- bo‘ladi. Masalan, magniy yonganda issiqlik va yorug‘lik chiqadi, galvanik elementda kimyoviy reaksiyalar natijasida elektr toki vujudga keladi.
- Atom-m olekular ta ’limot va massaning saqlanish qonuniga
- ( 1 .9 -§ ga q.) muvofiq kimyoviy reaksiyalarda qatnashgan moddalarning atom laridan yangi m oddalar (oddiy m oddalar ham,
- murakkab m oddalar ham ) hosil bo iad i, bunda har qaysi element atomlarining umumiy soni doimo o‘zgarmasdan qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |