Savollar:
-
2-jahon urushida Texasda joylashgan kazarmalarning birida : "Agar ko'p gapirsang, bu odam o'lishi mumkin" degan yozuvni ko'rish mumkin edi. Diqqat savol : Bu yozuv yonida qanday predmet(buyum) ni ko'rish mumkin?
Javob: Ko’zgu
-
XIX asrning oxirlarigacha Yevropada saroy bazmlari shunchalik dang'illama hisoblanar ediki, agarda quyidagilar bazm chog‘ida ko'proq bo'lsa:
1) taomlar
2) mehmonlar
3) qimmatbaho oshxona anjomlari
4) ...
To'rtinchisini toping?
Javob: Sham
-
Аsalarichilar bazida quyidagicha fokus koʼrsatishadi: qoʼllariga bir siqim asalarilarni olishadi va ogʼizlariga solib ushlab turishadi, asalarilar ularning ogʼzida gʼoʼngʼillaganini eshitish mumkin. Bundan hech qanday zararlanish koʼrmaydilar, yaʼni asalarilar ularni chaqmaydi. Bunda qanday sir bor?
Javob: Erkak asalarilarda nish bo’lmaydi
-
Bilamizki Beruniy "Mineralogiya" asarida barcha toshlarni oʼrganib, tasvirlab beradilar. Oʼq-yoy bilan jarohatlanganda, UShBU tosh yaxshi yordam berishi mumkinligini aytadilar.
Savol: qaysi tosh?
Javob: Magnit toshi
-
Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida unga shunday ta’rif beradilar: «U gul va boshqa narsalarning ustiga tushadigan, ko‘zga ko‘rinmas shudringdir, u shunday bir bug‘ki, yuqoriga ko‘tarilib, havoda yetiladi va kechasi quyuqlashib pastga tushadi». U nima?
Javob: Asal
-
Agar u tik holda bo'lsa uni hisoblash uchun barmoqlarimiz kifoya qiladi,
agar u yotiq holatda bo'lsa uni hisoblash uchun umrimiz ham yetmaydi.
Uni toping.
Javob: 8
-
Amir Temur " jang paytida ularni urni beqiyos,100 ta mohir jangchi ham ularni urnini bosa olmaydi " deb aytadi. Savol: Sohibqiron kimga bu tarifni berganlar?
Javob: Tabiblar
-
Bu mahsulot tish emalini yedirilishini tezlatadi,
Qomat buzulishiga olib keladi, oshqon faoliyatini buzadi va jig'ildon qaynashiga sabab bo'ladi, buyrakga tosh haydaydi va suyaklarni kuchsizlantirar ekan. Gap qanday mahsulot haqida boryapti?
Javob: semechka (pista)
Do'stlaringiz bilan baham: |